O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Yopiq shikasttanishlarga to'qimalarning lat yeyishi, cho’zilishi, uzilishi, chayqalisli, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarning yopiq sinishi kiradi


Download 0.82 Mb.
bet80/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Yopiq shikasttanishlarga to'qimalarning lat yeyishi, cho’zilishi, uzilishi, chayqalisli, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarning yopiq sinishi kiradi.
Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror tumtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tckkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi.
Klinikasi. Lat yeganda shish, qon quyilishi og'riq va organ funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq tuqimalarning zaralanishi yuzaga keladi. Lat yegan joy bir oz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikasttdan keyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda. lat egan sohada og'riq kuchayadi tinch turganda kamayadi.
Qontalashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'isb rangga kiradi.Teri ostiga qo'yilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat ko'tarilishi va umumiy holatning buzilishi qayd qilinadi.
Lat yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish Shikasttlngan kishiga avvalo tinch sharoit yaralish kerak. Qontalashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam quyiladi. Og'riqni kamaytirisli uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan kcyin issiq kompress, vanna,UVCH va massaj qilinadi.
Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi. Paylar cho’zilganda bo’g'im soxosida og'riq ,oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib,ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi.
Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling