O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak


Download 0.82 Mb.
bet62/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Birinchi travmatologik yordamni tashkil qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
1) shikasttlangan kishiga iloji boricha zudlik bilan yordam berish zarur.
2) birinchi malakali yordam tezroq ko'rsatilishi uchun avvalo oddiy tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng, bemor darhol maxsus davolash muassasasiga olib borilishi zarur.
3. keyingi bosqichda yordam beruvchi travmatologiva hodimlariga har bir qilingan davolash
yo’llarini keng va batafsil bayon qilish, birlamchi xirurgik ishlov berish, qoqsholga qarshi zardob yuborish va boshqalar.
4) har bir kishi shikasttlanish yuz berganda qaerga, qachon murojaat qilishni bilisli kerak.
5) shikasttlangan kishini to'g’ri evakusiya qilish travmatologiya yordamining asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi.
Jarohat infeksiyalari tushunchasi kasallik qo'zg'atuvchi aerob va anaerob infeksiyaning spesifik hamda nospesifik turlari keltirib chiqaradigan xirurgik kasalliklarni o'z ichiga oladi.Kasallikning avj olishida kasallik qo’zg’atadigan mikroblar katta rol uynaydi. Xirurgik infeksiyani qo'zg'atuvchi mikroblar atrof- muhitda ham, inson badani sirtida ham shuningdek, nafas olish yo’llari va ichaklar bo'shlig'ining shilliq pardasida ham mavjud. Ular organizmga kirish darvozasi deb ataluvchi teri va shilliq pardalarining shikasttlanishi tufayli yoki nafas olish, me’da - ichak va tanosil yo’llari orqali tushadi.
Mikroorganizmlar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar orqali tushadi. Ekzogen yo'llarga tashqi muhitdan tushadigan infeksiyalar ya'ni jarohatni kir qo'llar bilan tozalaganda, nostril matolar bilan yarani bog'laganda, jarohatni noto'g'ri tozalaganda, bog'lamni noto'g'ri bog'lashda ro'y beradi.
Endogen yo’llarga infeksiya tananing boshqa qismidagi yiringli ichakdan,qon tomirlar bo'ylab tushishi mumkin (surunkali tonzillit, yumshoq to'qimalarning yiringli yallig'lanishi, furunkulyoz, gaymorit va boshqalar).
XIX asrning 40 yillarida N. I. Pirogov jarohatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jarohat infeksiyasiga qarshi kurashishni ko'p marta ta’kidlagan. D. Lister operasiyadan keyingi infeksiyani sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan bog'lam orqali tushadi degan xulosaga kelgan. Strelizasiya usullarini ishlab chiqishda bakleriologiyaning ahamiyati katta bo'ldi. Aseptika va antiseptika vrachlarda katta qiziqish uyg'otdi. Xirurgiya sohasida bu usullarni nemis xirurglari Trendelenburg, Bergman, Shimmelbush, Esmarx va Neyberg rivojlantirdilar.
Paster va Koxning izlanishlari aseptikani yaratdi. Ya'ni amaliyotda kimyoviy antiseptika, fizikaviy antiseptika bilan almashtirildi. Bu qaynatish ,yuqori harorat va bug' bilan amalga oshirildi.
Antiseptika deganda esa jarohat sohasida va organizmdagi mikroblarni yo'qotish yoki miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar tushuniladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling