O`zbekiston respublikasi oliy va oliy ta`lim va innovatsiyalar vazirligi
Uzoq vaqt ichida sodir bo`lib davom etadigan muammolar
Download 54.97 Kb.
|
kurs ishi 0404
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoda koplab global iqtisodiy muammolar va qiyinchiliklar mavjud. Ulardan bazilari
- Endi manashu muammolarni kengroq o`rganib chiqadigan bo`lsak
Uzoq vaqt ichida sodir bo`lib davom etadigan muammolar.Boshqa global muammolar uzoq muddatli bo'lib, echimlarni topishda strategik yondashuvni talab qilishi mumkin. Ushbu muammolarga global tengsizlik va teng bo'lmagan iqtisodiy rivojlanish, global qashshoqlik, qayta tiklanmaydigan resurslarning kamayib ketishi va yo’qolishi, atrof-muhitning zararlanishi va global isish va moliyaviy bozorlarning etarli darajada tartibga solinmasligi bilan bog'liq tizimli muammolar kiradi. Dunyoda ko'plab global iqtisodiy muammolar va qiyinchiliklar mavjud. Ulardan ba'zilari: 1. Savdo urushlari: Ba'zi mamlakatlar o'rtasida savdo urushlarining kuchayishi global savdoning o'sishini cheklaydi. 2. Past global o'sish: Jahon iqtisodiyotidagi past o'sish ishsizlik darajasining oshishiga olib kelishi va mamlakatlarning iqtisodiy o'sish maqsadlariga erishishini qiyinlashtirishi mumkin. 3. Qashshoqlik: Dunyo aholisining katta qismi qashshoqlikda yashaydi. Qashshoqlik sog'liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, uy-joy, ta'lim va ishsizlik bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi. 4. Daromadlar tengsizligi: Daromadlar tengsizligi jamiyatda kamsitishlarni keltirib chiqaradi va iqtisodiy o'sishga zarar etkazishi mumkin. 5. Iqlim o'zgarishi: Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari va og'ir ob-havo sharoiti kabi ko'plab omillar bilan birgalikda global iqlim o'zgarishi butun dunyoda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Endi manashu muammolarni kengroq o`rganib chiqadigan bo`lsak: Turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Iqtisodiy o`sishning ilmiy- texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi ro`l o`ynaydi. XX asrning ikkinchi yarimiga kelib yangi texnika va texnalogiyalarga ,, sakrab “ orilishi o`ziga xos “ tutash zanjir “ hosil qildi. Global miqyosida axbotlashtirish naijasida turli mamlakatlarning texnalogik jihatdan baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to`ntarish yer sharining barcha mintaqalarida ITI yutuqlarini tezlik bilan o`zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnalogiyalar, sun`iy to`siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo`yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq, XX asrning oxiriga kelib, jahon xo`jaligiadgi iqtisodiy o`sish sur`atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko`payish tezligi juda o`sib ketdi. Aholi jon boshiga YaIMo`sish tendensiyasiga ega bo`lgan mamlakatlar soni ko`paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur`atlaridagi tafovutlar natijasida g`arb mamlakatlari iqtisodit qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdaginisbatan pasayish tendensitasi kuzatilmoqda. Ba`zi mamlakatlar o`zlarining iqtisodiy o`sish sur`atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980- yillarda yangi industrial mamlakatlarning “ dastlabki avlodi”- Koreya Republiksi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur`atlarda rivojlandi. 1990- yilarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlarning “ ikkinchi avlodi” – Indoneziya, Filippin, Malaziya,Tailand jadal sur`atlarda taraqqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an`anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari , jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo`yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq, hali jahon xo`jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo`lmagan ko`plab mamlakatlar ham mavjud. Boy va qashshoq mamlakatlar o`rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o`rtasidagi taqsimoti o`ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YaIMning o`rtacha jon boshiga 6 baravar o`sishiga erishgab bo`lsa, eng kambag`al chorak qismi esa bu ko`rsatkichning 3 baravar o`sishiga erishgan xolos. BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga yetadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to`yib ovqatlanmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o`limga mahkumdirlar. Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo`jalik faoliyatining tabiatga ta`siri u qadar ahamiyatli bo`lmay, tabiat o`zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo`lib kelgan. Biroq, hozirga kelib, atrof-muhitga ko`rsatilayotgan ta`sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o`zini-o`zi qayta tiklash qobiliyatini yo`qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko`ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzida 900 mingga yaqin turdagi o`simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Ishlab chiqarishning tabiiy muhiga salbiy ta`sirining oldini olish maqsadida tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo`yilmalar talab etiladi. Bu muammolar xalqaro tashkilotlar, hukumatlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan hal qilinmoqda. Global iqtisodiy muammolarni hal qilishda hamkorlik va xalqaro muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Download 54.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling