O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir
Download 205.84 Kb.
|
abbos I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti va obyekti.
- Kurs ishining tuzilishi.
Mavzuning dolzarbligi. Yangi davr tarixini yoritib berish, va tarixiy voqeeliklar bilan boyitib berish hozirgi kunda har bir tarixchi olimlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shuni ayta olamanki ilk o‘rta asrlarning nafaqat vatanimiz tarixiga oid qismi, balki jahon tarixi ham yangidan yangi tadqiqot va izlanishlarga muhtoj. Chunki biz tarixni o‘rganar ekanmiz o‘rganish davomida bir davrdan boshqa davrga o‘tish uchun mazkur davrga oid bilim va ko‘nikmalar bizga poydevor vazifasini o‘taydi. Xronologik jahatdan olib qaraydigan bo‘lsak ham o‘rganish jarayonida o‘rtada uzilish yoki kamchilik holati yuz bersa albatta kerakli natijaga erishilmaydi.
O‘rganilayotgan mavzu doirasida ko‘plab tarixchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda ilmiy yangiliklar va xulosalardan kelib chiqib, mavzuga doir o‘z xulosamizni kurs ishida keltirib o‘tdik. Kurs ishining predmeti va obyekti. Mazkur kurs ishi nazariy asosini rivojlangan o‘rta asrlar va o‘rta asrlarga oid tarixiy manbalar, hamda keyingi davrlarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar, mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. ERONDA SAFAVIYLAR HUKMRONLIGINING O‘RNATILISHI XV asrning boshlariga kelib Eron o‘z davlatchiligiga ega bo‘lmagan va Amir Temur davlati tarkibida bo‘lgan. Temur vafotidan keyin uning avlodlari Eron va O‘rta Osiyoda hokimiyat uchun kurashni boshlaganlar (1405-1409); feodal parchalanishi, ayirmachilik va fuqarolar urushi kuchayib, xalq qo‘zg‘oloni to‘lqini ko‘tarilgan. Bunday vaziyatda, Temurning oldingi mulklarining shimoli-g‘arbiy qismida, ko‘chmanchi turkman qabilalarining Qora-quyunlu («qora qo‘ylilar») feodal zodagonlarining ahamiyati kuchaygan va 1410-yilda dastlab Temuriylarga bo‘ysunuvchi Qora-quyunlu davlati paydo bo‘lgan. Tcmuriylar mulki hisobiga boshqa mustaqil davlatlar ham tashkil topgan. Eronda feodallarga qarshi xalq harakatlari avj olgan. Bu avvalgi harakatlar singari, diniy niqob ostida rivojlangan, lekin asosan shia mazhablari yetakchilik qilgan. Shialikning VII—XI asrlardagi taraqqiyoti xudo, dunyo va insoniyat taraqqiyoti to‘g‘risida o‘ziga xos diniy va falsafiy ta’ limotlarni yaratgan bir necha shunday mazhablarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Mutaassib shialar sunniylarning ko‘plab qoida va marosimlarini inkor etgan. Agar mo‘tadil shia-imomlar, sunniylar singari qat’ iy yakka dinni qabul qilsalarda, Mutaassiblar xudoning takroriy tug‘ilishiga ishonishgan (ular Muso. Iso, Muhammad, Ali va boshqalar singari). Xudo to‘g‘risidagi «mutaassiblar» tushunchalarida panteizmga nisbatan og‘ishganlik. imomlarnikiga qaraganda ko‘proq aniqlangan va oliy xudoning antropomorfizmini inkor etishgan. Favlasuf va yozuvchi Fazlulloh Xurufiyning qatl etilishi temuriylarga nisbatan nafratning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan1. Forsda (Eronda) joylashgan Safaviylar imperiyasi 1501 yildan 1736 yilgacha Osiyoning janubi-g‘arbiy qismida hukmronlik qilgan. Safaviylar sulolasi a’zolari, ehtimol, fors millatidan kelib chiqqan kurdlardan bo‘lgan va "Safaviyiya" deb nomlangan so‘fiylar shia islomining noyob tartibiga mansub. Aslida aynan Safaviylar imperiyasining asoschisi Shoh Ismoil I Eronni zo‘rlik bilan sunniylikdan shia islomiga aylantirgan va shiizmni davlat dini sifatida o‘rnatgan. Safaviylar sulolasi eng yuqori cho‘qqisida nafaqat hozirgi Eron, Armaniston va Ozarbayjonning butun hududini, balki Afg‘oniston, Iroq, Gruziya va Kavkazning aksariyat qismini hamda Turkiya, Turkmaniston, Pokiston va Tojikistonning bir qismini nazorat qilar edi. Zamonaviy qudratli "porox imperiyalaridan" biri sifatida Safaviylar Forsning sharq va g‘arbiy olamlarning chorrahasida iqtisodiyot va geosiyosatning muhim ishtirokchisi sifatida o‘rnini qayta tikladilar. U kech ipak yo‘lining g‘arbiy qismida hukmronlik qildi, garchi quruqlikdagi savdo yo‘llari tezda okeanga olib boradigan savdo kemalari tomonidan almashtirildi. Safaviylar davlati Ardabil hukmdori Ismoil oq qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hozirgi Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti bilan) va boshqa hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. XVI asrgacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-yil Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh TahmosbI davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-yil Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun Usmonlilar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. Bundan foydalangan Usmonlilar Safaviylar davlatining shim. qismini, oʻzbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1597-yil Xuroson oʻzbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan2. Poytaxt Isfahonga koʻchirilib, unda va boshqa shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603—1607-yillar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Usmonlilardan qaytarib olingan. 1623-yil Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozga uchray boshlagan. 18-asr boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-yil uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini birlashtirgan. Safaviylarning afgʻonlar va usmonlilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodirshoh safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi bilan Safaviylar davlati barham topgan. Ardabilda Safeviya tariqatining asoschisi shayx Safiyuddin Ardabiliy nomi bilan atalgan Safaviy davlati XVI asrning boshlarida Rumli, Damashq, Takalu, Ustachalu, Dulqadirli, Afsar, Hajar, Bayburtlu va Varsak kabi turkiy qabilalarining ko‘magi bilan ularning aksariyati Anatoliya(Kichik osiyo)dan Eronga borgan. Ismoil Safaviy tomonidan asos solingan(1501 y). 1587-1629 yillarda hukmronlik qilgan Safaviylar davlati shoh Abbos davrida o‘zining qudrat cho‘qqisiga va uning sharqida Temuriy Bobur davlati bilan chegaradosh bo‘lgan, g‘arbda Usmonlilar davlat yerlari hisobiga kengayib borgan. Garchi Safaviylar davlati shoh Abbos qurgan mustahkam poydevorda bir muncha vaqt saqlanib qolgan bo‘lsada, afg‘on bosqini natijasida jaiflashgan Safaviylar davlati 1736 yilda Mug‘an shahrida Xurosondagi asharlarning Qirqlu qabilasiga mansub Tahmasipquluxon laqabli Nodirbey, "Shoh" unvoni bilan taxtga o‘tirdi3. Safaviylar foydalangan bayroq bugungi kunga kelib bizning qo‘limizda mavjud emas. Safaviy umumiy davlat arxivi bo‘lmaganligi sababli, Safaviylar davridagi narsalar ham turli mamlakatlarning xususiy yoki davlat muzeylarida to‘plangan. Buguni kunga kelib, Safaviylar davlati bayrog‘i bilan bog‘liq material ko‘zga tashlanmaydi. Agar shunday bo‘lsa, tarixchilar uchun echim Safaviylar yilnomalaridagi tavsiflar, farmonlardagi ramzlar7, Safaviylar davriga oid sayohatnomalar hamda g‘arb sayohatchilari tomonidan yaratilgan sayohat kitoblari va gravyuralarida yashiringan. Hozircha fors solnomalarda bunday tasvir uchramaydi. Ehtimol, kelajakda batafsil tadqiqotlar o‘tkazilasa bu haqida ma’lumotlarni qo‘lga kiritish mumkin. Eronlik tadqiqotchi Prof. Xanbaba Bayoni g‘arb yozuvchilari va sayohatchilariga asoslanib Safaviylar qo‘shinida ishlatilgan bayroqlarni tasvirlagan. Turkiy davlatlarda har bir davrda hukmdorlar, sarkardalar va qo‘shinning turli qismlari uchun turli xil ranglar va naqshlar bilan bezatilgan turli xil bayroqlardan foydalangan8. Bu har xil bayroqdagi kalimai shahodat, Qur’on oyatlari, Hz. Alining qilichi zulfikor va sher-quyosh razmlari, astrologik ramzlar mavjud edi. Urush paytidagi bayroqni, "bosh alamdor" deb nomlangan odamlar tomonidan hukmdor oldida ko‘tarib yurishgan. Golshteyn gersogi tomonidan yuborilgan elchilar hayati tarkibida kotib bo‘lgan va 1637 yilda Shoh Safi (1629-1642 yy) davrida Eronga kelgan Adam Olerius o‘zining sayohat kitobida Safaviylar qo‘shinida quyosh sherdan foydalangan haqida ma’lumot beradi: ”Ilgarilari hilol(oy) forslarniki quyosh ramzi esa yunonlarniki edi. Hozir esa turklar(usmoniylar) oy ramzini eron(safaviylari) esa yelkasida quyosh bo‘lgan arslon ramzini o‘zlari uchun bir simvol sifatida oldilar. XVII asrning ikkinchi yarmida bir necha bor Eronga kelgan frantsuz sayyohi ser Jon Shardin(1643-1713 yy), o‘zing sayohat nomasida Safaviylar tangalariga haqida shunday dedi: “mis tangalarning bir yuzida, arslon va uning orqasida quyosh ramzi tasvirlangan Eron iyeroglifi mavjud”. XVII asrda Eronga bir necha bor sayohat qilgan frantsuz sayyohi Tavernier ham sher-quyosh naqshli tangalar o‘ymakorlig mavjudligi haqida ma’lumot bermoqda11. Safaviylar hukmdori Sulaymon I(1666-1694) davrida Nyukasl gersogi nomidan Eronga kelgan Jon Frayer shaxsan Safaviylar armiyasi va bayrog‘ini ko‘rgan. Buyuk Safaviy hukmdori Shoh Abbos I (1587 - 1629 y.) Bo‘lib, u Fors harbiylarini zamonaviylashtirgan, mushketyorlar va artilleriya odamlarini qo‘shgan; poytaxtni Fors yuragiga chuqurroq ko‘chirdi; va imperiyadagi nasroniylarga nisbatan bag‘rikenglik siyosatini o‘rnatdi. Biroq, Shoh Abbos suiqasd haqida paranoyadan qo‘rqib, barcha o‘g‘illarini uning o‘rnini bosishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qatl qildi yoki ko‘r qildi. Natijada, imperiya 1629 yilda vafot etganidan keyin uzoq vaqt asta-sekin sirg‘anishga boshladi. Fryer o‘zining sayohat kitobida ko‘rgan bayroqni quyidagicha tasvirlaydi: “Hukmdor (Sulaymon I), uning dushmanlariga qarshi jang qilish o‘rniga u o‘z saroyida oq mato ustiga ikki uchi qilich tasviri tushirilgan bayroq ostida yashashni afzal ko‘rar edi.”. Bu yerda tasvirlangan naqsh Zulfikor deb nomlangan qilich "ular buni Ali sharafiga ko‘taradilar".Safaviylar tomonidan ishlatilgan va keyinchalik Xojarlarga ham quyosh-sher o‘tgan naqshli bayroqqa kelsak, quyosh ramzi Eronning afsonaviy hukmdorlaridan biri Jamshidni tasvirlaydi. Arslon ramzi shialar dunyosi uchun ham muhimdir shu bilan birga hazrat Ali r.a ni tamsil etmoqda edi. Shunday qilib, Safaviy Shohlar o‘z tanalarida ikkita muhim o‘ziga xoslikni birlashtirdilar. Arslon ramzining Sosoniylar davri materiallarida ko‘rinishini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bundan tashqari, u Anadolu saljuqiylarida ramz sifatida ishlatilgan. Aslida ushbu ramzlar kuch va qudratni anglatadi. Shu bois tarixdagi ko‘plab tarixiy shaxslar va joylar uchun ism yoki unvon sifatida ishlatilgan. Islomdan oldin va keyin arab, fors va turkiy madaniyatlarida kuch va qudratga ega bo‘lgan Arslon bu jasoratning asosiy ramzi edi. Marhum Farux Sumer Arslon so‘zini ism yoki unvon sifatida (Oq Arslon, Qora Arslon, Qizil Arslan, Ko‘k Arslan, Arslan Bug‘a, Arslan tosh, Arslan shoh va boshqalar) turkey xalqlar tomonidan ishlatilganligini ta’kidlaydilar. Saadettin Go‘mech G‘arbiy turkey xalqlarning ramzi Arslon ekanligini, boshqa tomondan Arslon so‘zi turk dostonlarida keng tarqalgan motiv ekanligini ta’kidlaydi4. Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan tarixini yoritgan mashhur tarixchilaridan Bahoyiddin O‘gil ma’lumotlariga ko‘ra turkey xalqlarning islomni qabul qilishi va Uyg‘urlarning imperatorlik barpo etishi bilan arslon motivi ham namoyon bo‘la boshlagan va Misirdagi mamluk afsonalarida bo‘lgani kabi turkiy xalqlarning ajdodlari arslonlar bilan birga yashagan16. Shuningdek Bahoyiddin O‘gil Oltoy Hun davriga oid mozor qo‘rg‘anlardan arslon ramzlarining topilganligi, G‘arbiy Turkxoqonligi xoni Istemining taxti to‘rt arslon ustida o‘tirganligini yozadi. Uyg‘ur xonlarining taxtlarida ham shu kabi ko‘rinishli arslon ramzlari bo‘lgan. Turfan uyg‘ur xonlari ham uzoq vaqt "Arslonxon" taxallusini saqlab qolishgan. Arslon so‘zi turkey xalqlarda davlat tashkilotida ishlatilgan atama bo‘lgan. Qoraxoniylar davlatidagi tashkilotning yuqori darajalarida "xoqon" o‘rniga "Arslonxon" unvoni foydalanishgan. Demak, turk xalqlarda arslon motivi, islomgacha bo‘lgan davrda ham islom davrida ham G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Mamluklar, Safaviylar, Boburlar va nihoyat Xojarlar davlati bayroqlarda ham, ismlarda ham, unvonlarda ham ko‘rish mumkin. Quyosh arslon ramzilarini birgalikda foydalanish Eron sulolalarida islomga qadar bo‘lgan, islomdan keyingi Saljuqiylar, Safaviylar, Bobur va Xojarlar davlati ramzlarida ham ko‘rilmoqdadir. A. Shapur Shaxbazi,1423 yilga oid va Milliy Bibliotekda joylashgan Shemsettin Koshoniyga oid Shohnomada quyosh arslon ramzi tushirilgan bayroq haqidagi ma’lumotlarda Kastilya qirolining elchisi Klavixo Kesh yaqinida Amir Temur tomonidan yangi qurilayotgan saroyi haqida shunday ma’lumot beradi: Kirish eshigidagi muhtasham eshikda quyosh arslonlarining suratlari ko‘rinadi. Ushbu rasmlar har bir kamarlarda mavjudligni ham yozib qoldirgan. Berilgan malomatlarga ko‘ra quyosh arslon ramzi Amir Temur Samarqand hokimligi vazifasidan ozod qilgan shahzodaning gerbi ekanligini bayon qilmoqda. Bu erdan ma’lumki, bayroqdagi quyosh arslon tasviridan foydalanish Safaviylarga qadar ham urf bo‘lgan5. Harbiy islohotlar o‘tkazib yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandan so‘ng, 1602 yili Abbos I Turkiyaga qarshi urush boshladi. Urush davom etgan o‘n yil ichida u Ozarbayjon, Luriston, Kurdistonning bir qismi, Sharqiy Armaniston va Sharqiy Gruziyani usmoniylardan qaytarib olishga erishdi. Bu urush kavkaz xalqlariga juda katta kulfatlar keltirdi. Safaviylar tashqi siyosatdagi singari ichki siyosatda ham juda shafqatsiz edilar. Masalan, Abbos I yaxshi jang qilmaganligi uchun o‘g‘illaridan bittasini o‘ldirishni, ikkitasini esa ko‘zlarini ko‘r qilishni buyurgan. Abbos I davrida butun davlatni boshqarish ishlari Shoh saroyida to‘plangan edi. Saroyda «ulug‘lar majlisi» deb ataluvchi O‘ziga xos davlat kengashi ham faoliyat yuritardi. Shohning hokimiyati cheklanmagan bo‘lsa-da, muhim masalalarni hal qilishda Shoh va «ulug‘lar majlisi» shariat qoidalariga amal qilishlari va musulmon ruhoniylarning fikrlari bilan hisoblashishlari lozim edi. Abbos I davlat daromadlarining asosini tashkil qiluvchi soliqlar yig‘ishda ham ehtiyotkor siyosat olib bordi. U o‘z hokimiyati uchun xavfli hisoblangan hududlardan olinadigan qo‘shimcha va favqulodda soliqlarni qisqartirdi, markaziy tumanlarni esa bunday soliqlardan butunlay ozod qildi. Ammo qolgan yerlarning dehqonlari davlat va armiya uchun juda ko‘p sonli soliqlar to‘lar edi, Shuningdek, sug‘orish inshootlari, ko‘priklar, saroylar qurish kabi majburiyatlarni bajarar edi. Vaqti-vaqti bilan Shohning maxsus farmoniga ko‘ra aholidan o‘smirlar va qizlar saralab olinardi. Yigitlar ko‘proq Kavkazortidagi xristianlardan olinib, muntazam g‘ulomlar korpusiga yoki saroy soqchilari safiga qo‘shilardi. Qizlar esa Shoh haramiga olinar yoki boshqa amaldorlarga cho‘ri qilib berilardi6. XVI asrning oxiri — XVII asrning boshlari Eronning iqtisodiy jihatdan yuksalgan davri bo‘lgan. Safaviylarning muayyan vaqt davomida mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta’minlaganligi ijobiy oqibatlarga olib kelgan. Eron Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlar: Portugaliya, Gollandiya, Angliya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Hindi-Xitoy bilan keng ko‘lamda tashqi savdo aloqalari o ‘rnatgan. Abbos I savdo aloqalarni kengaytirish maqsadida Rossiya, Gollandiya, Ispaniya, German imperatori va Rim papasi huzuriga ko‘plab elchilarni yuborib turgan. Isfaxonning O‘zida Yevropa va Osiyoning turli mamlakatlaridan kelgan elchilar qabul qilingan. Shohning O‘zi tashqi savdoda faol qatnashib, ipak, sovun, gilam , tuz kabi mahsulotlarni O‘z monopoliyasi deb e ‘lon qilgan. Abbos 1 davrida ichki savdoni ham kengaytirish yuzasidan tadbirlar ko‘rilgan. Shohning farmoyishiga binoan, eski karvon yo‘llari ta’mirlanib, yangilari ochilgan, karvonsaroylar qurilgan, sayyohlarni suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilgan. Yo‘llar qaroqchilar va ko‘chmanchi qabilalarning hujumlaridan qo‘riqlab turilgan. Isfaxonning O‘zi Abbos I davrida 500 ming aholi yashaydigan juda katta shaharga aylangan. Shoh poytaxtini bir qancha muhtasham saroylar, masjidlar, g‘isht ko‘priklar kabi yirik inshootlar bezab turgan7. Isfaxon, Tabriz va boshqa shaharlarning minglab hunarmandlari tashqi va ichki bozorda sotiladigan yuqori sifatli hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘plab ishlab chiqarganlar. Eron ustalari tomonidan tayyorlagan ipak, jun va ip gazlamalar, gilam, charm va kulolchilik va metall buyumlar o‘sha davrda Erondan tashqarida ayniqsa mashhur bo‘lib ketgan. Hunarmandlar alohida sexlarga uyushib, ularni saylab qo‘yilgan oqsoqollar boshqargan. Shohga tegishli maxsus yirik ustaxonalar («korxonalar») bo‘lib, ularda 150 va undan ko‘proq hunarmand ishchilar mehnat qilishgan. Bular qisman bo‘sh va qisman band bo‘lgan mehnatdan qo‘shib foydalaniladigan manufaktura ko‘rinishidagi o‘ziga xos yirik korxonalar bo‘lgan. Abbos I davriga kelib safaviylar Eronning o‘z feodallari va Eron savdogarlari bilan juda yaqinlashib ketganlar. Bu narsa poytaxtning shimoldan janubga Tabrizdan Isfaxon shahriga ko‘chirilishida o‘z ifodasini topgan. Abbos I harbiy ishga katta e’tibor bergan. U Turkiya bilan hal qiluvchi urushga tayyorgarlik ko‘rib, 12 ming kishilik piyoda va g‘ulom lar deb ataluvchi 10 ming kishilik otliqlardan iborat muntazam armiya barpo etgan. G‘ulomlar o‘z tuzilishlari jihatdan turk yanicharlariga o‘xshagan. Chunki, ular ham xristian aholidan, asosan Kavkazortining gruzin va arman aholisidan zo‘rlik bilan tortib olingan bolalardan tashkil topgan edi. Ushbu bolalar musulmonga aylantirilar va Eronda o‘ta mutaassib ruhda tarbiyalanganlar. Turklar tomonidan bo‘ysundirilgan Bolqon xalqlari turklar zulmiga indamasdan bo‘ysunavermaganlar. XV—XVI asr boshlarida Bolqon yarim orolidagi mamlakatlarning turklar tomonidan zabt etilgan davrdan boshlab keyingi asrlar mobaynida Bolqon yarim orolidagi mazlum millatlarning kurashi ularning butun tarixi davomida to‘xtovsiz davom etgan. Juda katta armiya, ko‘pdan-ko‘p amaldorlar, turk istilochi feodallarining zulmini ag‘darib tashlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tobe aholi partizanlar urushini olib borgan. Ushbu urush aslida XV1-XVII asrlarda va undan keyingi davrlarda ham mustaqil davom etgan. Partizanlar mahalliy joylar sharoitidan foydalanib va dehqon jamoalari madadiga tayanib, yarim orolda turk hukmronligining asoslariga putur yetkazganlar. Istilochi turklar obro‘sini tushirib, turk ma’muriyati va turk mahalliy feodallariga qarshi kurashganlar. Partizanlar — bolgar va serblarda «gayduklar», yunonlarda «kleftlar», Dalmatsiyada «uskaklar» deb atalganlar. Partizanlarning qahramonona kurashi Bolqondagi barcha xalqlarning turklar hukmronligi davridagi xalq qo‘shiqlarida yaqqol aks etgan. Ammo partizanlik tarqoq va parokanda bo‘lgan. Turkiya ma’murlari partizanlarning chiqishlariga qarshi kurashning o‘zlariga xos terroristik usullarini qidirganlar. Har holda partizanlar Bolqon yarim orolidagi turklar hokimiyatini o‘z kuchlari bilan tugata olmaganlar. Turklar zulmiga qarshi mazlum xalqlar tomonidan olib borilgan kurashning yana bir ko‘rinishi ayrim joylarda, ko‘pincha yirik shaharlarda tez-tez fitna va qO‘zg‘olon ko‘tarishga urinishlardan iborat bo‘lgan. Odatda bu fitnalar va qO‘zg‘olonlar Chetdan bo‘ladigan madadga, ya’ni Yevropadagi biror davlatning madadiga bog‘liq bo‘lgan. Avstriya qo‘shinlarining madadidan umidvor bo‘lgan 1594-yilgi Banata serblarining qo‘zg‘oloni ana Shunday eng dastlabki qo‘zg‘olon-fitnalardan biri edi. 1598-yilda Ikkinchi Bolqon saltanatining poytaxti Tirnovoda turklarga qarshi katta qO‘zg‘olon bo‘lgan. Bu qo‘zg‘olonga Tirnovo mitropoliti Dionisiy va boshqa ayrim mashhur bolgar boyarlari boshchilik qilganlar. Qo‘zg‘olon qo‘shni Transilvaniya va Valaxiya feodallari tomonidan madad olishni m o‘ljallab ko‘tarilgan. Am m o 1594-yilgi Banata qo‘zg‘oloni ham, 1598-yilgi Tirnovo qo‘zg‘oloni ham yetarli darajada tayyorlanmagan bo‘lib, m uvaffaqiyatsizlikka uchragan. XVII asrning boshlarida ayrim turk qo‘shinlariga talafot yetkazgan serblar va chernogoriyaliklar (1603-yildagi Kris shahri tumanidagi serblar qo‘zg‘oloni, 1604-yilgi chernogoriyaliklar harakati) bir qator muvaffaqiyatlarni ham qo‘lga kiritishgan. Turklarga qarshi kurash jarayonida slavyan davlati, kuchayib borayotgan Rossiya o ‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda yordam berishi mumkin edi. Download 205.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling