O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir
III BOB. ABBOS I DAVRIDA ERONDA IQTISODIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR. MADANIY HAYOT
Download 205.84 Kb.
|
abbos I
III BOB. ABBOS I DAVRIDA ERONDA IQTISODIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR. MADANIY HAYOT
Eron shaharlari o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga ega emasdi. Ammo savdogarlarning uyushmalari va hunarmandlarning esnaf (tsex)lari ichki avtonomiyaga ega edi. Esnaflar ustalarning malakasini belgilar, ishlab chiqarishning yo‘nalishi va miqdorini o‘rnatardi. Yakka tartibdagi hunarmandlar ham mavjud bo‘lsa-da, hunarmandlar asosan korxonalarga birikkan bo‘lib, ularda 70 tadan 80 tagacha ishchi ishlardi. Hunarmandchilikning mutaxassislashgan 32 ta tarmog‘i mavjud edi. Abbos I davrida joriy qilingan yangi pul birligi «abbosiy» bir misqol (4,6 gramm) kumushdan tayyorlanib, iqtisodning rivojlanishida ijobiy rolь o‘ynadi. Tashqi savdoda sezilarli o‘sish bevosita qishloq xo‘jaligidagi O‘zgarishlar bilan bog‘liq. Ipak savdosi va boshqa ayrim tovarlar ustidan Shoh monopoliyasining o‘rnatilganligi xazinaga juda katta foyda keltirdi. Ayniqsa Eron tomonidan Kavkazortidagi ipakchilik tumanlari bosib olinganidan so‘ng tashqi savdodan keladigan foyda davlat daromadining asosiy qismini tashkil qila boshladi. Savdo kompaniyalari orasida Shoh nomidan tashqi savdoda ishtirok etadigan armanlarning «Yangi Julfa» kompaniyasi alohida ajralib turardi. Eron savdogarlari Osiyodagi boshqa mamlakatlarga va Yevropaga mahsulot olib borishardi. Ayrim kompaniyalar hatto Shvetsiya va Xitoyda ham o‘z vakillik idoralariga ega edilar. Savdogarlar katta huquqlarga ega bo‘lib, hukmdorlar tomonidan himoya qilinar, feodallar qatlami bilan qattiq bog‘langan edi. Safaviylar Chet elsavdo kompaniyalariga turli yengilliklar berib, ular bilan savdoni rivojlantirishdan ham juda katta manfaat ko‘rardi12. Bu davrda Rossiya va Yevropaning boshqa davlatlari turklarga qarshi ittifoq tuzishdan manfaatdor bo‘lganliklari uchun ham bir necha marotaba Eronga o‘z elchilarini jo‘natdilar, Shuningdek, Safaviylar ham Yevropa davlatlari bilan turklarga qarshi birgalikda kurash olib borishga harakat qilardi. Abbos I Germaniya imperatori, Ispaniya va Portugaliya qirollari, Rim papasi va Frantsiya, Gollandiya, Rossiya hukumatlari bilan o‘zaro elchilar almashdi. Odatda, elchilar o‘zlari bilan juda ko‘p qimmatbaho sovg‘alar keltirishardi, bu ham o‘ziga xos tashqi savdoning bir ko‘rinishi edi. Ichki bozorning kengayishi, tashqi savdo aloqalarining mustahkamlanishi natijasida dehqon xo‘jaliklarining tovar-pul munosabatlariga tortilishi ularning sudxo‘rlarga qaramligini oshirdi va qishloqda mulkiy tengsizlikning kuchayishiga olib keldi. Shariat bo‘yicha bir musulmon ikkinchisiga tobe emasdi, Shuning uchun barcha dehqonlar rasman ozod hisoblanardi. Safaviylar davlatida dehqonlarning qaramlik darajasini har bir viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib baholash mumkin edi. Abbos I davrida o‘tkazilgan ma’muriy islohotlar jarayonida davlat poytaxti 1598 yili Qazvindan Isfahonga ko‘chirildi. Shoh yangi poytaxtni yuksaltirish uchun hamma imkoniyatlarini ishga soldi. Isfahon ajoyib saroylar majmuidan iborat qilib qayta qurildi. Shoh saroyi va Shoh machiti ayniqsa mahobatli va serhasham qilib qurilgan edi. Poytaxtda hunarmandchilik va savdoni jonlantirish maqsadida Shoh Julfa shahridan mashhur savdogar va hunarmand arman oilalarini bu yerga ko‘chirishni buyuradi. Julfadan ko‘chirilgan 15 ming oiladan Isfahonga faqat 3 mingi yetib keladi, xolos, qolganlari yo‘lda vafot etadi. Shu tariqa Isfahonning yonginasida Yangi Julfa deb ataluvchi savdo markazi paydo bo‘ladi. Umuman Isfahonda oltita yirik savdo-hunarmandchilik markazlari vujudga keladi. SHahar aholisi tez suratlar bilan o‘sib, XVI asr boshlarida 500–600 ming kishiga yetadi. Shu paytda Isfahonda 162 ta machit, 49 ta madrasa, 1802 ta karvonsaroylar, markaziy yopiq bozor va 273 ta hammom mavjud edi. O‘z davrining mashhur ustahunarmandlari, mohir rassomlari shu yerda to‘planishgan edi13. Safaviylar davrida Moskva Rusi bilan doimiy aloqalar o‘rnatildi. O‘zaro elchilar almaShuv XV asrdayoq boshlangan edi. XVI asrning 50-yillarida Povolьje va Kaspiy bo‘ylarini egallab olganidan so‘ng Rus davlatining Eron va boshqa Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari sezilarli ravishda kengaydi. 1588 yildan 1676 yilga qadar 20 ta rus elchisi Eronga jo‘natilgan bo‘lsa, Erondan Rossiyaga 15 ta elchi jo‘natilgan. Eron savdogarlari Astraxanga kelib doimiy savdo qiladigan bo‘lishdi. Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurashdagi umumiy siyosiy manfaatdorlik ikkala davlat o‘rtasida savdo-diplomatik aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Fors ko‘rfazini egallab olish uchun dastlabki harakatni XVI asrda portugallar boshlab berishdi. 1507 yili ular Ormuz orolini va undagi yirik savdo portini egallab olishdi, lekin aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib ularni bu yerdan haydab yubordi. Oradan bir necha yil o‘tgach, portugallar O‘zlarining dengizdagi harbiy ustunligidan foydalanib yana Ormuzni egallashdi. Bu yerda garnizon joylashtirilib, savdo faktoriyasi tashkil etildi. Portugallar Fors ko‘rfazida hukmron bo‘lib olganlaridan so‘ng ingliz savdogarlari Eron va Hindiston bilan savdoni shimoliy yo‘l, ya’ni Volga-Kaspiy yo‘li orqali rivojlantirishga harakat qilib ko‘rishdi. XVI asr 60-yillarida inglizlarning Moskva kompaniyasi (Jenkinson missiyasi va boshqalar) juda katta qiyinchiliklar bilan Shirvon chegaralarida erkin savdo qilish huquqini qo‘lga kiritdilar va SHemaxada savdo faktoriyasini ochdilar. Sal keyinroq ular boj va yo‘l soliqlarini to‘lashdan ozod qilindi. Ular Eron hududida ko‘chmas mulk sotib olishlari mumkin edi. Eron hukumati esa ularning mahsulotlarini ortish-tushirishda yordam berish va qaroqchilardan himoya qilish majburiyatini oldi. Bu savdo shartnomasi bir necha bor yangilandi. Inglizlarning SHirvon bilan savdo aloqasi turklarning bosqini tufayli to‘xtab qoldi. Rossiya hukumati o‘z hududidan ingliz tovarlarini o‘tkazishga ruxsat bermaganligi sababli bu savdo yo‘li rivojlanmadi14. XVII asr boshlarida Eronga inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasi o‘z vakillarini jo‘natdi. 1616 yili Shoh Abbos I ingliz savdogarlari bilan yaxshi muomalada bo‘lish, o‘z portlarida ingliz savdo kemalarini qabul qilish to‘g‘risida buyruq berdi. Bir yildan so‘ng kompaniya vakillari juda ko‘p tovarlar bilan kelganida Abbos I SHeroz va Isfahonda ingliz faktoriyalarini ochishga ruxsat berdi. Inglizlar shoh saroyida o‘z vakiliga ega bo‘lish, butun mamlakat bo‘ylab erkin savdo qilish, o‘zi bilan qurol olib yurish va zarur hollarda uni qo‘llash va diniy e’tiqod erkinligi kabi huquqlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ularni mahalliy qonunlar bilan sud qilish mumkin emasdi. Fors ko‘rfazi orqali Eron ipagi bilan savdo qilish foydali bo‘lib chiqdi. Chunki Erondan ipak sotib olish Turkiyadagi markaziy ipak bozori Halab (Aleppo)dagidan 50 foiz arzonga tushardi. Inglizlar butun Erondagi ipak savdosi ustidan to‘la monopoliya o‘rnatishga harakat qilishdi. Buning evaziga ular Abbos I ga portugallarga qarshi urushda Ost-Indiya kompaniyasining harbiy qismlaridan foydalanishni taklif qilishdi. 1623 yili Safaviylarning qo‘shini ko‘magida Ormuzni egallashga va portugallarni quvib chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning qurilmalari buzib tashlandi, port esa materikka (Gombrun)ga ko‘chirildi va BenderAbbos (Abbos bo‘g‘ozi) deb qayta nomlandi. Shu vaqtdan boshlab inglizlar Eronda yangi huquqlarni olishdi. Ulardan asosiylari Bender-Abbos portida tushadigan bojlarning yarmini olish, bu yerda o‘z faktoriyasiga ega bo‘lish, ipak olib chiqish va Shu kabilar edi. Bu huquqlar avval inglizlarga berilgan bo‘lsa, keyin gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasiga ham berildi15. XVII asr o‘rtalariga kelib gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi inglizlar bilan raqobatda muvaffaqiyatga erishib ularni ortda qoldirdi. Chet el kompaniyalari tovar olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq uni Eronga olib kirishni ma’qul ko‘rishardi. Eron iqtisodiyoti uchun xavfli bo‘lgan holatlardan biri, kumush tangalarning, Shuningdek, oltin va kumush buyumlarning ko‘plab olib chiqib ketilayotganligi edi. XVII asrda Eronga G‘arbiy Yevropa tovarlarining ko‘plab keltirilishi mahalliy hunarmandchilik sanoati bilan kuchli raqobatni keltirib chiqardi. Safaviylar tomonidan savdo sohasida chet elliklarga berilayotgan yengilliklar nafaqat tashqi savdoni kengaytirish uchun, balki siyosiy manfaatlarni ham ko‘zlab qilinayotgan edi. Biroq bu yengilliklardan Yevropa savdo kompaniyalarining agentlari shu qadar jadal foydalandiki, natijada Eron Yevropa davlatlari uchun daromad manbaiga aylanib qoldi. Natijada XVII asr ikkinchi yarmidan Eron iqtisodiy va siyosiy tushkunlikni boshidan kechirdi, xalqning ahvoli og‘irlashdi. XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida turli viloyatlar dehqonlarining qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi. Safaviylar tomonidan zabt etilgan hududlarda bunday qo‘zg‘olonlar milliy-ozodlik ko‘rinishini oldi. Shunday qO‘zg‘olonlar: 1711 va 1719 yillari Kavkazda lezginlar qo‘zg‘oloni, 1715 yili – kurdlar, 1716, 1727–1722 yillari Afg‘onlar, 1743–1747 yillari Kavkazda NodirShohga qarshi bo‘lib o‘tdi. Afg‘onlarning qo‘zg‘oloni va ularning 1722 yili Eronga kirib kelishi Safaviylar hokimiyatini ag‘darib tashladi. 1726–1730 yillari hokimiyatda turgan Afg‘onlarga qarshi, 1730–1736 yillari esa Eron hududini turk bosqinchilaridan tozalash uchun harakatga boshchilik qilgan Nodirxon Ashraf 1736 yili Shohlik taxtini egalladi. 1747 yili fitnachilar tomonidan NodirShoh o‘ldirilgandan so‘ng to XVIII asr oxirigacha mamlakatda boshboshdoqlik va o‘zaro urushlar hukm surdi. Orada 1760–1779 yillari Karimxon Zend hukmronligi davridagina nisbatan osoyishtalik o‘rnatildi. 1779 yili Karimxon vafot etgandan so‘ng boshlangan taxt uchun kurashda Kojarlar sulolasidan bo‘lgan Og‘a Muhammadxon g‘olib chiqdi. U 15 yil Karimxon saroyida garovda ushlangan bo‘lib, Shoh o‘limidan sal oldin SHerozdan Astrobodga qochadi. U 1783 yili Mozandaron va G‘ilonda, 1785 yili Tehronda, Kum, Kashon va Isfahonda, 1791 yili Ozarboyjonda o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Og‘a Muhammadxon 1795 yili Kavkaz ortiga bostirib kirdi, avval Qorabog‘ni, keyin gruzin qo‘shinlarining qarshiligini yengib, Tbilisini egalladi, shaharni vayron qilib, unga o‘t qo‘ydi. Keyin 22 ming tbilisilikni O‘zi bilan olib qaytdi. 1785 yili poytaxt deb e’lon qilingan Tehron shahrigakelib, 1796 yili rasman taxtga o‘tirib, Shoh bo‘ldi. Biroq 1797 yili Og‘a Muhammadxon saroy fitnasi natijasida o‘ldirildi, taxtga uning jiyani Fotix Ali Shoh (1797–1834) keldi. Kojar xonlari sulolasi to 1925 yilgacha Eronda hukmronlik qildi. Tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida mamlakat ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz tutdi. Bu esa mamlakatga chet el, birinchi navbatda Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi uchun keng yo‘l ochdi. Kuchsizlanib qolgan Eron Yevropa davlatlari, birinchi o‘rinda Angliya va Frantsiya hamda chor Rossiyasining mustamlakachilik ob’ektiga aylandi. Natijada Eron yuqoridagi davlatlar bilan bir nechta teng bo‘lmagan shartnomalarni imzolab, ularning iqtisodiy va siyosiy ekspansiyasiga keng yo‘l ochib berdi. XVI–XVII asrlarda Eronning qadimiy madaniy an’analari davom ettirildi. Ayniqsa shaharsozlik, amaliy san’at va she’riyatda an’analar davomiyligi saqlanib qolindi. Bu davrda shoirlar Hatoiy (Shoh Ismoil), Sodiqbek Afshar, Soib Tabriziy, kurd mumtoz adabiyotning yorqin namoyandasi Ahmad Hasaniy, kurd shoiri Mirza SHafiq va boshqalar unumli ijod qildilar. 1596 yili SHarafxon Bidlisiy mashhur «SHarafnoma» asarini yozib tugatdi. XVI asr ikkinchi yarmida Ahmad Roziy «Etti iqlim» deb ataluvchi geografik she’riy asarga yakun yasadi. XVII asrda (1641 y.) Yangi Julfada arman alifbosi asosida bosmaxona ishga tushirilib, bu yozma adabiyotning keng omma orasida tarqalishida katta rolь o‘ynadi. «Sharafnoma»dan tashqari Shayx Haziniy, Muhammad Kozim, Abdurazzoq Jumbuliy kabi tarixchilarning ham she’riy-tarixiy asarlari yaratildi. Biroq bu davrdagi Eron she’riyati oldingi davrlardagi (X–XV) yuksalish darajasiga ko‘tarila olmadi. Falsafada hurfikrlilik oqimining vakili Sadr Sheroziy (1640 yilda vafot etgan) qarashlari alohida e’tiborga loyiq. Keyinchalik, 1771 yili «Avesto» tarjimasining birinchi nashri amalga oshirilib, bu ham falsafiy hayotda katta voqea bo‘ldi. Bu davrda saroy voqeanavisligi va geografiya ancha yuqori rivojlanadi. Bu yo‘nalish Iskandarbek Munshi, Arakel Tavrizskiy (arman tarixchisi), Ahmad Roziy kabilarning asarlarida namoyon bo‘ladi16. Tasviriy san’at va me’morchilik o‘zining yuqori darajasiga ko‘tarildi. Ajoyib saroylar, madrasa va machitlar qurildi. Bular qatorida Isfahonda bunyod etilgan Shoh machiti, Shayx Lutfulla machiti, Ali Kapa va Chexel Sotun saroy ansambllari O‘zining nafisligi va mahobati bilan ajralib turadi. Ularning devorlari o‘ymakorlik va naqqoshlik san’ati bilan bezatilgan bo‘lib, bu san’atning yuqori darajasidan dalolat beradi. XVI–XVII asrlardagi Eron miniatyurasi jahon mumtoz badiiy san’atining eng yuksak namunalaridan hisoblanadi. XVI asr oxiridan boshlab Isfahon bu san’at turining markaziga aylanadi. Mashhadlik hattot Sulton Ali, hirotlik Mir Ali va tabrizlik Sulton Mahmudlar o‘z davrining mashhur miniatyura ustalari hisoblangan. Miniatyura san’atining rivojlanishiga Hirotdagi Behzod maktabi katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu davrda Tabriz miniatyura maktabi ham yuqori cho‘qqiga ko‘tariladi. XVIII asrda ham madaniy an’analar davom ettirildi. Ammo mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik va siyosiy parokandalik adabiyot va san’atda ham o‘z aksini topdi. Bundan tashqari yevropaliklarning kirib kela boshlashi ham azaliy an’analarga ta’sir etmasdan qolmadi. Bozor talabidan kelib chiqib, gilam va boshqa amaliy san’at buyumlarini ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi. Bu esa Eron iqtisodiyoti va madaniyatining keyingi asrlardagi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab berdi. XULOSA O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng jamiyat ijtimoiy siyosiy hayotining barcha jabhalarida keng o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu jarayon intelektual sohada ham o‘z aksini topdi. Eng asosiy ijtimoiy gumanitar fan hisoblangan tarix fani oldiga hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Oqibatda sovet tarixshunosligi nuqtai nazaridan o‘rganilgan mavzular qaytadan ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganila boshlandi. Buning isboti sifatida birinchi prezidentimiz, “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvaffaqiyat, yo‘qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi”17, deb aytgan fikrlari nihoyatda o‘rinlidir. Bundan tashqari tarixning “oq dog‘lari” sifatida o‘rganilmagan mavzularni tadqiq qilish imkoniyatiqo‘lga kiritildi. “Dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi, ularhozirgi til bilan aytganda sotsialistik o‘tmishga ega bo‘lgan o‘z siyosiy mustaqilligini tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash yo‘liga qadam qo‘ydi. Ular dunyodagi boshqa mamalakatlar orasida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda”. Xulosa qilib kurs ishimizning so‘ngida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston va Eron davlatlari qadr-qimmati, urf-odatlari, an’analari,madaniyati,dini va e’tiqodi bilan hamohang yaqindir,ayniqsa dini, o‘zbek va fors erkaklarining kuchli g‘ururi, ota-onalarning bolalariga bo‘lgan munosabatlari, akalarning singillarini himoya qilishi, iffati, sha’ni, shuningdek, ikki davlatning tarixga boy ko‘pgina shaharlari, chet ellik mehmonlarni e’zozlashi va ko‘pgina sifatlari bilan chambarchas o‘xshashlikni ko‘rishimiz mumkin. Nafaqat bular, balki ikki davlat o‘rtasidagi bardavom tarixlar osha davom etib kelayotgan o‘zaro hamkorliklar, madaniy rishtalar va barcha-barchasini alohida ta-kidlab o‘tish zarur. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, O‘zbekiston va Eron og‘a-inidek qardosh xalqlardir! Kurs ishi mavzusi doirasida o‘rganilgan mavzu ya’ni, X-XIII asrlarda Eron sulolalari mavzusiga oid ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishib chiqdik. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda Osiyoda yangi davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur kurs ishida bayon qilib o‘tdik. Xulosa qilib aytganda dunyo tarixini o‘rganishda (rivojlangan o‘rta asrlar va o‘rta asrlar tarixini) rus va fransuz tarixchi olimlarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki aynan ular tomonidan yozib qoldirilgan adabiyotlar orqali biz ma’lum bir davr to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Ushbu adabiyotlarni tahlil qilish orqali biz o‘z tariximizga xolisona baho berish imkoniga ega bo‘lamiz. Eron mustaqil O‘zbekistonning hozirgi kundagi madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu kurs ishi ma’lumotlaridan o‘rta ta’lim maktablari va oily ta’lim muassasalarida tarix fani mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin Download 205.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling