O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


Download 205.84 Kb.
bet1/5
Sana14.03.2023
Hajmi205.84 Kb.
#1268576
  1   2   3   4   5
Bog'liq
abbos I


O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI

JAHON TARIXI KAFEDRASI

5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi


20.89-guruh talabasi J.Topvoldiyevning
JAHON TARIXI
FANIDAN
Safaviylar davlati Abbos I davrida
mavzusidagi
KURS ISHI


Ilmiy rahbar: E.Mahmudov

Fаrg‘оnа shahri 2022 – 2023 o‘quv yili




MUNDARIJA:
KIRISH........................................................................................................ 3-5
I BOB. ERONDA SAFAVIYLAR HUKMRONLIGINING O‘RNATILISHI…………………………………………………..……….. 6-14
II BOB. SAFAVIYLAR DAVLATIDA ABBOS I HUKMRONLIGIING O‘RNATILISHI..…………..…………………………………………….… 15-20
III BOB. ABBOS I DAVRIDA ERONDA IQTISODIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR. MADANIY HAYOT …………….……………… 21-27
XULOSA....................................................................................................... 28-29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.RO‘YXATI. ............................ 30
KIRISH
O‘zbekiston hozirgi kunda bir qator obro‘li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o‘nlab davlatlari bilan do‘stona aloqalarini bog‘lagan, yirik bank va moliyaviy tashkilotlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan. Hozirgi kundan O‘zbekistonning amaldagi tashqi siyosati jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy aloqalar yuksak darajada olib borilmoqda. Shu jumladan O‘zbekiston va Eron munosabatlarilari ham, O‘zbekiston va Eron munosabatlari uzoq tarixga ega. O‘zbekiston va Eron munosabatlarilari “Sovetlar davrida rahbarlar islomiy inqilob O‘rta Osiyoga tarqaladi deb nihoyatda qo‘rqar edi shu sababdan O‘zbekiston va Eron munosabatlariga qarishlik uchrab turardi.. Bu yo‘nalishda choralar ko‘rar edi. Shimoliy Xuroson provinsiyasi tadbirkorlarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 28 fevral kuni "Markaziy" mehmonxonasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Eron biznes-seminarini tashkil etdi. Ma’lumki, oxirgi yillarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida iqtisodiy aloqalar ancha yaxshi rivojlanib bormoqda. Ushbu munosabatlar mahsuliga e’tibor qaratsak, u holda 2006 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etganini ko‘rish mumkin. Boz ustiga O‘zbekiston 582,7 mln. AQSH dollari miqdorida ijobiy saldoga ega (O‘zbekiston eksporti – $620,6 mln. va importi – $37,9 mln.). O‘zbekistonda 89 ta qo‘shma korxona faoliyat olib boradi. Ulardan 23 tasi 100 foizlik Eron kapitaliga ega bo‘lib, xalq iste’mol mollari, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, gilam ishlab chiqarish bilan band. Shuni ta’kidlash zarurki, Eron tovarlarimizni xorijga eksport qilishda asosiy hamkorimiz sanaladi, chunki O‘zbekistonning barcha tovarlari Eron bandargohlari orqali jahon bozorlariga chiqadi.
Shimoliy Xuroson provinsiyasi O‘zbekistonga eng yaqin mintaqa sanaladi. Kooperatsion birja natijasidan biz ko‘p narsalarni kutib qolamiz, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama eta oladi degan umiddamiz.
Shuningdek biznes-seminarda Eron Respublikasining mamlakatingizdagi elchisi janob I.Ilohiy ham so‘zga chiqdi. U mazkur tadbir tashkilotchilariga, ayniqsa Savdo-sanoat palatasiga minnatdorchilik bildirdi. "Kooperatsion birjada elchixonamizning asosiy vazifasi O‘zbekiston biznesmenlari va tadbirkorlariga imkoniyat yaratib berishdir, – deydi janob I. Ilohiy. Mamlakatlarimiz ham iqtisodiy va ham geografik nuqtai nazardan kelishuvga erishgan ekan, biz shunchaki ikki tomonlama munosabatlarni o„rnatishimiz va rivojlantirishimiz zarur. Demak, biz munosabatlar rivojiga turtki berishimiz lozim va bu bizning asosiy maqsadimizdir. Janob N.Qosimov ta’kidlaganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, va yaqin vaqt ichida biz bu ko„rsatkichni 1 mlrd. AQSH dollariga yetkazni mo„ljallayapmiz. To‘qimachilik sanoati, neylon va neyloks, gilam, kir yuvish va dezinfeksiya vositalari, motor moylari, turli qurilish materiallari, farmatsevtika va tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish, choy va quruq meva savdosi bilan mashg‘ul bo‘lgan taxminan 40 ta yirik kompaniya, shuningdek transport va savdo kompaniyalari rahbarlari va vakillari delagatsiya tarkibidan joy olgan. Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2008-yil 30 iyul kuni Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining to‘qqizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatning savdo, iqtisodiyot, yoqilg‘i-energetika, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, qurilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, sayyohlik kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Download 205.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling