O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir
Download 307.5 Kb.
|
asteklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asteklar davlatchiligi tarixi mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: E.Mahmudov Fаrg‘оnа shahri 2022 – 2023 o‘quv yili MUNDARIJA
- II.BOB. ASTEKLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISH TARIXI. DAVLATCHILIK AN’ANALARINING SHAKLLANISHI…….. 14-21
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………… 32 KIRISH
O‘ZBЕКISТОN RЕSPUBLIКАSI ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI JAHON TARIXI KAFEDRASI 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 20.85 guruh talabasi A.Egamberdiyevning JAHON TARIXI FANIDAN Asteklar davlatchiligi tarixi mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: E.Mahmudov Fаrg‘оnа shahri 2022 – 2023 o‘quv yili MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………….. 3-5 I.BOB. MARKAZIY AMERIKA XALQLARI VA ILK DAVLAT BIRLASHMALARI ………………………………………..………… 6-13 II.BOB. ASTEKLAR DAVLATINING VUJUDGA KELISH TARIXI. DAVLATCHILIK AN’ANALARINING SHAKLLANISHI…….. 14-21 III.BOB. ASTEKLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT VA IQTISODIY JARAYONLAR………………………………………………………….. 22-29 XULOSA…………………………………………………………………. 30-31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………… 32 KIRISH Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz”1. Masalan, Arab mamlakatlarini olaylik. Ular nimaning evaziga uzoq davr mobaynida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli yo‘q. Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar, xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin arab xalqi asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun Arab mamlakatlari haqida gap ketganda,taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda arab xarakteri, arablar tabiati degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan. Bunday xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur arab davlatlari, balki boshqa mamlakat va xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan”2. O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Vatanimiz tarixiga milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga oshirilmoqda.Hozirgi kunda mamlakatimiz olimlari tomonidan qadimgi dunyo tarixidan boshlab, to hozirgi kungacha bo‘lgan davr tarixi qaytadan o‘rganib chiqilib, unga xolisan yondashish natijasida ko‘plab yangi tarixiy faktlar yaratilmoqda. Buning zamirida albatta hukumatimiz tomonidan tarixga qaratilayotgan e’tibor ayniqsa yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Nafaqat tarixchi olimlar balki ilm-fan sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan barcha soha hodimlariga hukumatimiz tomonidan kata e’tibor hamda iqtisodiy tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda. Download 307.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling