O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir
I.BOB. MARKAZIY AMERIKA XALQLARI VA ILK DAVLAT BIRLASHMALARI
Download 307.5 Kb.
|
asteklar
I.BOB. MARKAZIY AMERIKA XALQLARI VA ILK DAVLAT BIRLASHMALARI
Geografik jihatdan Lotin Amerikasi va Vest-Indiya yaxlit birlikni tashkil etmaydi; bu Janubiy Amerika qit’asi va Markaziy Amerika - qit’alar orasidagi «tor ko‘prik» va Vest-Indiya - Karib dengizi hamda Meksika ko‘rfazidagi ko‘p sonli orollardir. Ayni paytda ulami ko‘p jihatlar birlashtiradi: tarixiy birlik, ushbu hududdagi davlatlaming siyosiy va iqtisodiy holati, ulardagi aholining keng tarqalgan tillari qarindoshligi va boshqalar. So‘nggi til omili bilan Lotin Amerikasi atamasining kelib chiqishi ham bogiiq. Ko‘rilayotgan mintaqa aholisining ko‘pchiligi ispan, portugal va fransuz tilining mahalliy shevalarida so‘zlashadilar. Bu tillar hind-yevropa til oilasining roman guruhiga mansub, ular esa lotin tilidan shakllangan. Vest-Indiya yoki Karib havzasi mamlakatlarida: ingliz, golland tillari ham mavjud. Bu tillar Beliz, Gayana va Surinam kabi davlatlarda tarqalgan3. Lotin Amerikasi 20,5 mln. km2 maydonga ega. Uning g‘arbida shimoldan janubgatomon cho‘zilgan dunyodagi eng uzun tog‘ tizimi - Kordilyera (And), ekvatorial hududning talay qismini yer yuzidagi eng ulkan Amazoniya pasttekisligi egallagan. Iqlimi xilma-xil, shimolda ekvatorial, eng janubida - Olovli Yerda sovuq va qahraton ob-havo mavsumlari mavjud. Eng yirik daryolari - Rio-Grande AQSH va Meksika orasida chegara vazifasini bajaradi, Orinoko, Amazonka, Paranalar suv y o ii sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda arzon elektr quvvati olish manbayidir. Pampaning sero‘t tekisliklari hozirda ekinzorlarga aylantirilmoqda. Janubiy Amerikaning shimolida Amazoniya va boshqa yirik daryolar havzasida dunyodagi nam doimo yashil ekvatorial o‘rmonlar - selva joylashgan bo‘lib, u «Yer sayyorasi o‘pkasi» atmosferaning kislorod muvozanatini saqlashdagi asosiy omildir. Qit’aning qa’rida ko‘plab foydali qazilmalar mavjud. Tuprog‘i tabiiy muhitining boshqa jihatlari singari turli-tuman va aksari unumlidir. Yangi Dunyoning ushbu qismi aholisi murakkab jarayonlar orqali shakllangan. U antropogenez hududga kirmay. olimlaming fikricha, Sharqiy Osiyodan so‘nggi paleolitda o‘tgan odamlar qit’aning eng janubiga qadar tarqalgan. Janubiy amerikalik hinduiaming katta mongoloid irqiga yaqinligi ham bu fikmi tasdiqlaydi. Ibtidoiy odamlar qit’aning quruqlik qismini egallashlari davomida uning xilma-xil tabiiy-iqlim sharoitlariga moslasha boradilar. Lotin Amerikasida 32 ta davlat mavjud. Ular: Argentina (44,5 mln.), Boliviya (11,3 mln.), Braziliya (209 mln.), Venesuela (28,8 mln.), Gaiti (11,1 mln.), Gvatemala (17,2 mln.), Gonduras (9,5 mln.), Dominikan Respublikasi (10,6 mln.), Meksika (126,2 mln.), Nikaragua (6,4 mln.), Panama (4,1 mln.), Paragvay (4,6 mln.), Peru (31,9 mln.), Chili (18,7 mln.), Salvador (6,4 mln.), Urugvay (3,4 mln.), Ekvador (17,0 mln.), Yamayka (3 mln.) va yana qator mayda davlat)ar va hududlar mavjud. Umumiy aholisi 500 mln. kishidan ortiq. Yuqorida aytilganidek, hozirda ko‘pchilik mamlakatlarda ispan tilida (Meksika, Kuba, Dominikan Respublikasi, Markaziy va Janubiy Amerikaning ko‘pchilik davlatlari aholisi), Braziliyada -- portugal tilida, Gaitida - fransuz tilida so‘zlashadilar. Qator mamlakatlarda ingliz tili keng tarqalgan (Gayana, Beliz, Yamayka va boshqalar), niderlandtili Surinam va’Niderlandiya Antil oroilarida tarqalgan. «Ikki tilli» davlatlar ham bo‘lib, ularning aholisi vevropa va mahalliy tilda so‘zlashadilar. Bunday davlatlardan biri Puerto-Riko boiib, unda ispan tilidan tashqari ingliz tili ham isblatiladi. Qolaversa, mintaqaning talay aholisi mahalliy hindu tillaridan foydalanishda davom etmoqda. XVI asr boshlaridan ispanlar (konkista) istilosi, so‘ng porttigaliar. ulardan keyin boshqa Yevropa davlatlari Amerikani istilo qiladi. Ayni paytda qit’adagi hindu xalqlari ibtidoiy urug‘chilik jamoasining turli bosqichlarida edilar. Hindular o‘zlashtirish xo‘jaligi - ovchilik, termachilik, yana dehqonchilik ishlab chiqarish xo‘jaligiga muhim qadam qo‘ygan edilar. Faqat ayrim jamiyatlar nisbatan yuqori darajaga o‘z davlatlari sivilizatsiyalarini (mayyalar, asteklar, inklar va chibchalar) yaratgan edilar. Amazoniya selvasida olimlar hali hanuz ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanadigan unchalik yirik bo‘lmagan qabilalarni uchratadilar. Xristofor Kolumb va uning davomchilari Amerikaning birinchi kashfiyotchilari bo‘lmagan. Ulardan ancha oldin Amerikaga skandinaviyalik vikinglar, ehtimol xitoy va arab dengizchilari va savdogarlar ham kelganlar. Lekin aynan Xristofor Kolumb Yangi Dunyoni Yevropa va qolgan dunyo uchun ochib, ular orasidagi doimiy aloqani o‘rnatadi. Yangi kashf etilgan yerlarni egallash ancha shafqatsiz usulda olib borilgan. Ushbu voqealar zamondoshi Bartolome De las Kasas (rohib va missioner) hindularning shafqatsiz qirg‘in qilingani, ularni maxsus o‘rgatilgan itlar bilan qiynatilgani, hindulaming qullarga aylantirilganini yozgan asari mavjud4. Konkistadorlar, ruhoniylar hech bir asossiz hindularni odam desa bo‘ladimi, degan masalani muhokama etganlar. Faqat Papa Pavel III 1537-yili rasman hindularni haqqoniy odamlar deb e’lon qilganidan so‘ng ularni «qalbsiz jonzot» deb atash to‘xtatildi. Hindular yerlarini tortib olish, ularni ayovsiz ishlatishda dunyoviy va diniy hokimiyat o‘zaro raqobat qilgan. Bu borada iyezuitlar ayniqsa jonbozlik ko‘rsatadilar. Lotin Amerikasi davlatlaridan biri - hozirgi Paragvayda iyezuitlar o‘zlarining teokratik (sof cherkov) davlatlarini tuzganlar. Unda hindulami ishlatishning o‘ziga xos usullarini qo‘llaganlar. Bu ishlar keng jamoatchilikning g‘azabini qo‘zg‘agani uchun 1767-yili ispan qiroli Karlos III iyezuitlami Ispaniyaning barcha mustamlakalaridan haydash haqida dekret chiqaradi. Shafqatsiz munosabatga qaramasdan, Lotin Amerikasidagi hindu elatlari va qabilalari saqlanih qoladi. Buni mazkur hududdagi xalqlaming ishlab chiqarish xo‘jaligi, dehqonchilikni bilganlari, ma’lum darajada og‘ir mehnatga ko‘nikmalari bo‘lganligi bilan ham izohlash mumkin. Shunga qaramasdan latifundiyalarga afrikalik qullami keltirib ishlatishga intilganlar. Qolaversa, istilochilar fikricha, hindular og‘ir ishlar: konlarda yoki plantatsiyalarda ishlashga yaroqsiz hisoblanganlar. Shuning uchun yevropalik mustamlakachilar issiq iqlimli, hindu aholi kam bo‘lgan hududlarga afrikalik qullami keltirib, tropik ekinlar - shakarqamish, o‘sha joyning o‘zida qanddan rom ishlab chiqaradigan primitiv zavodchalar qurib, ulaming barchasida qullami ishlatganlar. Shu tariqa asta-sekin Lotin Amerikasining uch irqi shakllana boradi. Ispan va portugal mustamlakachilarini Amerikada katta hajmdagi oltinni egallash jalb qilgan. Hindularga bu ma’dan yaxshi tanish bo‘]gan, ular oltindan turli zeb-ziynatlar tayyorlaganlar. Afsonalardan birida chibcha qabilasi boshlig‘i (hozirgi Kolumbiya) zamonaviy poytaxt Bogota shahridan 50 km naridagi Guatavita ko‘liga, badaniga oltin kukunlarini yopishtirib marosimiy cho‘milgan. Marosimda ishtirok etgan hindular ko‘lga oltindan taqinchoqlarni, qimmatbaho toshlarni tashlaganlar. Ispanlar bu marosimni eldorado (ispancha el ombre dorido - «oltin kishi», «oltin odam») deb atashgan. Natijada afsonaviy boyliklar mamlakati eldorado haqidagi mish-mishlar konkistadorlaming orzusidagi mamlakatga aylanadi. Tabiiy eldorado topilmagan, lekin oltin, kumush va qimmatbaho toshlarni qazib olish yo‘lga qo‘yilib, Ispaniya qiroli xazinasiga katta daromad keltira boshlaydi. Lekin asosiy boyliklar qishloq xo‘jalik ekinlari plantatsiyalari (shakarqamish, paxta. kofe, tamaki)dan olingan. Keyinchalik chorvachilik, g‘alla yetishtirish, qayta ishlash va tog‘-kon sanoatlari yoiga qo‘yiladi5. Olimlaming taxminiy hisoblari bo‘yicha yevropaliklar kelmasidan Amerikadan 12 mln.ga yaqin hindular yashagan. Mustamlaka siyosati, majburlab ishlatish, yangi dinga o‘tkazish, turli yuqumli kasal liklaming tarqalishi Amerika tub aholisining kamayishiga olib keldi. XVIII asrdan aholining kamayishi to‘xtab, ma’lum muddatdan so‘ng o‘sish boshlanadi. Hozirgi kunda hindular soni 40 mln. dan kam emas. Hindu qabilalarining Yangi Dunyoning ulkan hududlarida joylashishi ko‘p sonli va xilma-xil tillar, madaniyatlar va etnoslaming shakllanishiga olib keladi. Tadqiqotchilaming hisoblashicha, Lotin Amerikasida 2 mingga yaqin tillar va shevalar mavjud. Quyida nisbatan yirik til oilalari va tillariga, unda so‘zlashadigan xalqlarga to‘xtalamiz: 1. Markaziy - amerind til oilasiga yorqin sivilizatsiya yaratgan asteklar hamda Janubiy Meksikaning qator qabilalari va elatlari kiradi. Ular qatoriga Yukatan yarimorolida yashovchi mayyalar ham kiradi. Mayyalar yana Janubiy Meksika, Gvatemala, Beliz, qisman Gonduras va Salvadorda ham istiqomat qiladilar. Ushbu til oilasiga olimlar tomonidan yaxshi o‘rganilgan mishtek, sapotek va otomilar ham kiradi. 2. Chibcha-muiskalar yana bir yuksak hindu sivilizatsiyasini yaratgan xalqlardir. 3. Eng yirik hindu til oilalaridan biri - and. Ushbu til oilasiga mansub tillardan guarani Paragvay davlatidagi rasmiy tillardan biridir; kechua tili (unda qadimgi inklar so‘zlashganlar) rasman Peru, Boliviya va Ekvadorda tan olingan. 4. Ekvatorial-tunaon til oilasi. Undagi yirik tillardan biri aymara Peru va Boliviyada keng tarqalgan. Argentinaning tub xalqlari - dan mapuchelar ham shu til oilasiga mansub, bu tilga jasur araukanlar (Amerika xalqlaridan o‘z mustaqilligi uchun eng uzoq kurashgan) kiradi. V. Yana bir yirik til oilasi je-pano-karib. Bu tillarda Janubiy Amerikaning ko‘plab xalqlari so‘zlashadi. Yana ko‘plab til oilalari va ularda gaplashadigan xalqlar hamda qabilalar mavjud, ulaming soni nihoyatda kо’p. Markaziy Meksikadan to Gvatemala va Nikaraguagacha hududlarda Amerikadagi eng qadimgi sivilizatsiyalar yaratilgan. Meksika ko‘rfaziga yaqin hududlarda ko‘plab arxelogik madaniyatlar, jumladan, mil. avv. Ill—I mingyilliklarga oid olmek madaniyati yodgorliklari tOpib o‘rgariilgan. Ushbu yuksak rivojlangan jamiyatlar uchun xo‘jalik asosi qo‘l - so‘qa (motiga) dehqonchiligi bo‘lgan. Qadimgi mayyalar tarixi milodiy I mingyillikning katta qismini va II mingyillikning dastlabki asrlarini o‘z ichiga oladi. Mayyalar yuzdan ortiq shahar-davlatlar asoschilari boiib, eng mashhurlari Palenke, Chichen-Itsa hozirgi Meksikada, Takal hozirgi Gvatemalada, Kopan Gondurasda vujudga kelib, bizga qadar ularning xarobalari saqlangan. Tadqiqotchilaming fikricha, bu shaharlar milodiy IX-X asrlarda toltek qabilalari hujumiga uchrab vayron boigan. Yukatan yarimorolida Mayya-Toltek davlati tuzilib, u XV asr o‘rtalarida parchalangan. Bu holat ispan konkistadorfarining oikani bosib olishini yengillashtiradi. Arxeologiar mayyalaming qadimgi shaharlari xarobalarini: monumental inshootlar, saroylar, ibodatxonalar va boshqalarni topib o‘rganishda davom etmoqdalar. Shaharlami hokimlar va kohinlar boshqarganlar, ular savdogarlar, hunarmandlarni bo‘ysundirib hamda ko‘p sonli qullarga ega boiishgan. Mayyalar madaniyatining muhim yutuqlaridan biri o‘z davrining eng aniq taqvimlaridan birini (365 kunli) yaratishlari boigan. Mayyalar original iyeroglif yozt.ivini kashf etishgan6. Janubiy Amerikaning g‘arbida yevropaliklar kelmasidan avval qadimgi Amerikaning yirik davlati - Inklar imperiyasi Tavantinsuyu (kechua tilida «Dunyoning to‘rt tomonini birlashtirgan) tuzilgan. Bu davlat And tog‘larining shimoliy va markaziy qismidagi keng hududlami, shuningdek unga tutash tekisliklami egallagan. Inklar davlati markazlashgan monarxiya shaklida bo‘lgan. Uning hukmdori oliy inka (kechua tilida Sapa inka) edi. Davlat tili kechua hukmdor toifa tili bo‘lib, mahalliy aholi turli tillardagi qabilalardan iborat edi. Inklar istilo qilgan aholini assimilatsiyalash siyosatini olib borganlar. Imperiya poytaxti Kusko shahri 1100-yillarda kechua qabilalari markazi, yuqori madaniyat, yana ham qadimiy shaharsozlik an’analariga tayangan rayonda bunyod etilgan. Inklar jamiyatining xo‘jalik asosini dehqonchilik tashkil etib, uning terrasa usuli va sug‘orishga asoslangan turi bo‘lgan. Uning o‘ziga xos jihati kartoshka yetishtirish edi. Inklar butun Amerikada yagona lama va alpakalami boqish chorvachiligiga asos solganlar. Inklarda rnato to‘qish, metallar (oltin, kumush, mis, rux)dan zargarlik buyumlari yasash, jezdan mehnat va jang qurollari yasash yo‘lga qo‘yilgan. Qurilishda yirik toshlardan ularni bog‘lovchi vositasiz foydalanganlar. Savdoni davlat qo‘llamagan, oziqlar va boshqa narsalar zaruratga qarab taqsimlangan, mamlakatdagi ko‘plab tosh yo‘llar a’lo darajada saqlanilishiga erishilgan. Mahalliy jamoalar (zodagonlar, amaldorlar va jangchilardan tashqari) davlatga natural soliq to‘laganlar, mehnat majburiyati o‘taganlar, ko‘priklar, yo‘llar, uylarni qurish va ta’mirlashda qatnashganlar. Eng huquqsiz va ishlashga mahkumlar yanakunalar bo‘lib, ulaming hayoti qullamikidan deyarli farq qilmagan. Inklar haqiqiy yozuvni bilmaganlar. Ulardagi «kipu» - «tugunli xat»dan turli ma’lumotlami bir joydan ikkinchi joyga yetkazishda foydalanganlar. Tugunli xat aksari soliq yig‘ishda qo‘llanilgan. Muisklar sivilizatsiyasi yagona davlat shaklida birlashmasdan, tarqoq shahar-davlatlar ko‘rinishida bo‘lib, ularga alohida qabila guruhlari bo‘ysungan. Hududi Sharqiy Andning vohalari, hozirgi Kolumbiya yerlari. Bu hududdagi shaharlardan Bogota nisbatan kuchlisi bo‘lib, 20 ga yaqin ittifoqchi va bo‘ysundirilgan qabilalami boshqargan. Uning asosiy raqibi Tunxa davlati bo‘lgan. Muisklar davlatlarida hokimiyat urug" zodagonlari, harbiy a’yonlar va kohinlarga tegishli edi. Ularning har birini oliy hukmdor boshqargan. Muisk davlatlari orasidagi dushmanlik ispanlar istilosini yengillashtiradi. Lotin Amerikasini ispan va portugallar egallashlari davomida hindu qabilalari tomonidan qattiq qarshilikka uchraydilar. Shulardan inklar togiarda qarshilik markazlari yaratib kurashni davom ettirganlar. Peruda Xose Gabriyel Kondorkanki - hindu kechua boshchiligida 1780—1781-yillari qo‘zg‘olon boigan. Uni Inktupak Amaru deb atashgan. Hozirgi Chili hududida yashagan hindu-araukanlar ispanlarga qarshi 1536-1882-yillari kurashni to‘xtatmaganlar. Bu urushlar tarixga Araukan urushlari nomi bilan kirgan. Vaqt o‘tishi bilan kurash usullari o‘zgardi. Hindularning ayrim vakillari maiumotli boiib, jamiyatda yuqori mavqelarga erishadilar. Ulardan biri - astek qabilalaridan biriga mansub Benito Xuares, 1858-1872-yillari Meksika prezidenti lavozimida boiib, qator demokratik islohotlar o‘tkazishga erishib, mamlakatda hindular ahvolini birmuncha yengillashtirishga erishadi7. Mustamlakachilikka qarshi kurashda qochoq qora tanli qullar ham ishtirok etganlar. Lotin Amerikasining turli mamlakatlarida ularni marunami, simarronami, mambi deb atashgan. Qochoq qullar birlashib, oiish murakkab boigan joylarda o‘z manzilgohlarini qurib, mahalliy hindular bilan do‘stona munosabatda boiishgan. Har bir manzilgohni (kilombo yoki makambo) saylangan yoiboshchi, sardor boshqargan. Bu manzilgohlar birgalikda Palmaris Respublikasini tashkil etib, u 70 yil hukm surgan. Isyonchilar ispanlarning 25 ta hujumini qaytarganlar, lekin 1696-yil qo‘zg‘olon bostiriladi. Download 307.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling