O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti
Download 1.11 Mb.
|
AmalMAshg\'TArqatma
Nav xususiyatlari: Respublikamizda tarvuzning 17 ta nav va duragaylari rayonlashtirilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi istiqbollidir. Tarvuz nav va duragaylari o‘zaro bir qancha morfologik va xo‘jalik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi:
palagining uzunligi: uzun (asosiy palagi 2 m dan uzun), o‘rtacha (1,2-2 m), kalta (1,2 m dan kalta) bo‘ladi; bargining o‘lchami (barg bandi o‘lchamidan tashqari): yirik (18 sm dan ortiq), o‘rtacha (13-18 sm), mayda (13 sm dan kichik) bo‘ladi; bargining tuzilishi: juda ingichka (barg bo‘laklari orasiga shunday bo‘laklardan yana ikkitasi joylashishi mumkin), ingichka (bitta bo‘lakcha sig‘adi), o‘rtacha (bir-biriga zo‘rg‘a tegib turadi), barg plastinkasi qirqilmagan; mevasining kattaligi: yumaloq va ellipssimon navlarda – yirik (mevasi 22 sm dan uzun), o‘rta (18-22 sm), mayda (18 sm dan kichik); tsilindrsimon navlarda – yirik (35 sm dan uzun), o‘rta (30-35 sm), mayda (30 sm dan kichik) bo‘ladi; mevasining shakli: yapaloq – indeks 1 dan kichik; yumaloq – indeks 1; to‘mtoq-ellipssimon – indeks 1,1-1,25; tuxumsimon (mevaning uchi to-moni ozgina cho‘zilgan, meva band tomoni to‘mtoq), noksimon (mevaning uchi to‘mtoq, meva band tomoniga ozgina cho‘zilgan), tsilindrsimon (bir oz cho‘zinchoq) – indeksi 1,3 dan yuqori. Yapaloq, tuxumsimon va noksimon shakldagi mevalar kam uchraydi; mevasining shakli: silliq, oz segmentlangan (meva uzunasi bo‘ylab tilim-tilim), notekis, bir oz g‘adir-budir, tomirsimon bo‘rtgan bo‘ladi; meva po‘stining rangi: oq, och yashil, sariq yashil, zarg‘aldoq, to‘q yashil;mevasi yuzasidagi rasmi: yo‘l-yo‘l, yo‘llari to‘rsimon, tikansimon, yirik mozaikali, mayda mozaikali, dog‘li; mevasi rasmining rangi: och yashil, ko‘kish yashil va qora yashil;po‘stining qalinligi (etiga rang kirguncha): qalin (1,5 sm dan qalin); o‘rtacha (1-1,5 sm), ingichka (1 sm dan kam) bo‘ladi; etining rangi: pushti, to‘q pushti, qizil, sarg‘ish-qizil, to‘q qizil, malina rang, oq, och sariq, apelsin rang sariq, ikki xil rangli (etining har xil joyi turlicha rangda) bo‘ladi; etining konsistentsiyasi: tomirlashgan, qumoq-qumoq va og‘izda eruvchanbo‘ladi; etining ta’mi: juda shirin, shirin, bemaza;etining suvliligi: yuqori, o‘rta, kam; etining tiniqligi: tiniq (0,5-1 sm chuqurlikdagi urug‘lar yoki tomirlar ko‘rinadi), tiniq emas (hech narsa ko‘rinmaydi); mevasining yorilib ketishi: yorilmaydi (polizdagi tarvuzlar yoki uzoq masofaga olib borilganda 2% dan kami yorilsa) va yoriluvchan (2% dan ko‘pi yorilsa); o‘suv davri: ertagi (maysa chiqargandan birinchi mevasi uzilguncha 85 kun o‘tadi); o‘rtagi (85-110 kun) va kechki (110 kundan uzoq) bo‘ladi; hosil tugish davri (birinchidan oxirgi uzishgacha): qisqa (20 kun), o‘rtacha uzoq (20-40 kun) va uzoq (40 kundan uzoq) bo‘ladi; saqlanuvchanligi: uzoq (2 oydan ortiq), o‘rtacha (1-2 oy) va qisqa vaqt (1 oydan kam) saqlanadigan xillarga bo‘linadi. Ishni bajarish tartibi. O‘qivchilar yangi uzilgan o‘simliklardan yoki gerbariy va mevalardan foydalanib, tarvuzning morfologik belgilari bilan tanishadilar. Rayonlashtirilgan navlarining ayrim xususiyatlarini tasvirini chizadilar va ta’riflaydilar (1-jadval). 1-jadval. Tarvuz navlarini ta’rifi
Material va jihozlar. 1. Rayonlashtirilgan 5-6 ta navning 2-4 tadan mevasi, o‘simlik tupi yoki gerbariysi. 2. Plakat va nav rasmlaridan – 2 ta. 3. Rang aniqlovchi rasmli shkala – 2 ta. 4. Rayonlashtirilgan navlar katalogi. 5. Pichoq va lagan – 7-8 ta. 6. Chizg‘ich va shtangentsirkul – 7-8 ta. 17-Amaliy mashg’ulot. Qovoq sabzavot ekinlari navlari bilan tanishish - 4soat O‘zbekistonda rayonlashtirilgan qovoq navlari tasnifi Topshiriqdan maqsad. Qovoqning rayonlashtirilgan navlarini er ustki qismi va mevasining morfologik belgilarini o‘rganish. Uslubiy ko‘rsatma. Qovoq A. I. Filov (1982) klassifikatsiyasi bo‘yicha 21 turni o‘z ichiga olgan Cucurbita L. Turkumiga mansub bo‘lib, shulardan 5 tasi madaniy hisoblanadi. Mamlakatimizda ekiladigan navlari asosan quyidagi uchta turga kiradi: qattiq po‘stli (oddiy) qovoq, yirik mevali qovoq va muskat qovoq. Qattiq po‘stli yoki oddiy qovoq (Cucurbita pepo L.). Mevalarining shakli va rangi jihatidan juda xilma-xil bo‘lib o‘z ichiga 4 ta kenja turni birlashtiradi: Uzun palakli qovoq (ssp. pepo). Uzun palakli qovoq navlari bilan uzun palakli qovoqcha navlarini birlashtiradi. 7 ta tur-xilga: tuxumsimon qovoq, ochiq urug‘li qovoq, sabzavot qovoq, tsilindrsimon qovoq, dumaloq qovoq, yassi mevali qovoq va segmentlangan qovoqlarga bo‘linadi; Tupli qovoq (ssp. brevicaulis). Mevalari etilmagan holda ovqatga ishlatiladigan kalta palakli formalarni birlashtiradi. 5 ta tur-xilga: qovoqcha, patisson, qiyshiqbo‘yin (kruknek), yirik mevali qovoq, Fordchul qovoqlariga bo‘linadi; Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling