15-Amaliy mashg’ulot. Qovun sabzavot ekinlari navlari bilan tanishish - 4soat
Topshiriqdan maqsad. Qovunning rayonlashtirilgan navlarini er ustki qismi va
mevasining morfologik belgilarini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatma. Qovunlar turkumiga 15 tur o‘simliklar kiradi. Ularning 13 tasi madaniy o‘simliklardir. Shulardan 4 tur vakillari – Melo chandalak, Melo ameri, Melo zard va Melo cassaba O‘zbekistonda keng ekiladi. Begona o‘simlik sifatida uchraydigan Melo agrestis – it qovun ham keng tarqalgan.
Qovunlar chiqib kelishi va tarqalishiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi: O‘rta Osiyo, Kichik Osiyo va Evropa.
O‘rta Osiyo qovunlari boshqa qovun guruhlaridan shirinligi bilan farq qiladi. Palagi uzun, dag‘al tuk bilan qoplangan. Yirik-maydaligi, etining xarakteriga ko‘ra mazkur guruhga uchta tur qovunlar kiradi: handalaklar (Melo chandalak var. chandalak), eti yumshoq qovunlar (Melo chandalak var. bucharica), yozgi amiri qovunlar (Melo ameri), kuzgi va qishki zard qovunlari (Melo zard).
Kichik Osiyo qovunlari ikkinchi o‘rinda turadi. Bu qovunlarning shirasi 12% ga etadi. O‘simligi o‘rtacha, poyasi ingichka, mayin tukli. Barglari yuza o‘yilgan, o‘rtacha, bandi ancha katta bo‘ladi. Mevasi yumaloq yoki ovalsimon, ko‘pincha mevabandi tomonida o‘sig‘i bor. Eti tig‘iz, lekin sersuv, saqlanganda ta’mi yaxshilanadi. Mevasi ichida urug‘xonasi bo‘lmaydi, butunlay platsenta va urug‘ bilan to‘la bo‘ladi. Mazkur kenja tur uchta tur xiliga bo‘linadi: yozgi kassobi (Melo cassaba var. zagara), kuzgi-qishki kassobi (Melo cassaba var. hassanbey), gurbek (Melo cassaba var. gurbek).
Evropa qovunlari bargi o‘yiqli, o‘rtacha, kalta, ko‘pincha yerga yotgan mevabandli bo‘ladi. Mevasining shakli va yirik-maydaligi juda xilma-xil. Eti kamsuv, pishganda kartoshka tugunagi etiga o‘xshab qoladi. O‘rtacha shirin (shirasi 4,5-8%). Mazkur kenja turga beshta tur xili kiradi: rus ertapishar (Melo adana var. praecox), yozgi (Melo adana var. duripulposus), qishki (Melo adana var. hiymalis), kan-talupalar (Melo cantalupa var. cantalupa) va amerika (Melo cantalupa var. rakkiford).
Do'stlaringiz bilan baham: |