O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti
Download 1.11 Mb.
|
AmalMAshg\'TArqatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi.
- NAV BELGILARI NAVLAR
Nav xususiyatlari: respublikamiz hududida qovunning 500 dan ortiq navi ma’lum bo‘lib, ulardan 160 ga yaqini ekib kelinadi. Ekib kelinadigan qovun navlarining 36 tasi (2006 y.) rayonlashtirilgan. Qovun navlari o‘zaro bir qancha morfologik va xo‘jalik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi:
palagining uzunligi: uzun (asosiy palagi 1,5 m dan uzun), kalta (0,4-1,0 m), tik o‘suvchi (0,4 m dan kalta) bo‘ladi; barg plastinkasining o‘lchami (bandsiz): yirik (18 sm dan uzun), o‘rta-cha (14- 18 sm), mayda (14 sm dan kichik) bo‘ladi; barg plastinkasining shakli: buyraksimon (bo‘yi eniga teng yoki bir oz kalta, yuqorigi cheti yumaloq – yassi), yuraksimon (bo‘yi eniga teng, yuqo-rigi cheti uzun), uchburchak, besh burchakli bo‘ladi; barglarining qirqilganligi: qirqilmagan, kam qirqilgan, juda ko‘p qirqilgan yoki parrakli (qirqim barg plastinkasi radiusining yarmiga teng) bo‘ladi; barg bandining uzunligi: uzun (20 sm dan ortiq), o‘rtacha (12-20 sm) va kalta (12 sm dan kam) bo‘ladi; mevasining o‘lchami: yumaloq yoki yassi shakllarida – yirik (22 sm va undan ortiq), o‘rtacha (15-22 sm), mayda (15 sm gacha); cho‘zinchoq shakllarda – yirik (30 sm va undan ortiq), o‘rtacha (25-30 sm), mayda (25 sm gacha) bo‘ladi; mevasining shakli: mevalarning shakli indeks 1 raqamiga ko‘ra aniqlanadi (masalan, qovunning mevasining uzunligi 30 sm, aylanasi uzunligi 15 sm, shunda indeksi 30:15=2 ga teng). Yalpoq (1 dan kam), dumaloq yoki sharsimon (1 ga teng), kalta ovalsimon (1,0 yoki 1,25), ovalsimon (1,3 yoki 1,5 ga teng), urchuqsimon (ikkala uch tomoni ingichkalashib ketgan), tuxumsimon, tsilindrsimon (1,5 dan yuqori) bo‘ladi; mevasining yuzasi (qo‘l bilan paypaslab aniqlanadi): silliq, notekis, segmentli, burishgan, chuqur segmentlangan; to‘rlash xili: mayda yoriqlar, yirik yoriqlar, yulduzsimon yoriqlar, kam bog‘langan to‘rlar, bir-biriga bog‘langan siyrak to‘rlar, bog‘langan to‘r-lar (siyrak, dag‘al siyrak), bog‘langan qalin to‘rlar, dag‘al to‘r; po‘stining rangi: oq, malla rang, zarg‘aldoq, jigarrang, och jigarrang, sariq- yashil, to‘q yashil, ko‘k-yashil, yashil; po‘chog‘ining qattiqligi: yumshoq (barmoq bilan bosilsa, chuqurcha bo‘lib qoladi), qattiq (ezilmaydi), o‘rtacha; etining qalinligi: qalin (mevasi bir tomoni etining qalinligi urug‘ uyasining radiusidan ortiq), o‘rtacha qalin (urug‘ uyasining radiusiga teng), yupqa (urug‘ uyasining radiusidan kichik); etining rangi: sarg‘ish qizil, oq yashil, yashil, oq. Bu ranglar ham quyuq, ham nimtatir bo‘lishi mumkin. Agar qovunning eti po‘stiga yoki urug‘ uyasiga yaqin joyda boshqa rangda bo‘lsa, uni alohida belgi sifatida yozib qo‘yish kerak; etining konsistentsiyasi: kartoshkasimon, qarsillagan, mo‘rt, og‘izda eruvchan, ko‘p tomirli, o‘rta va kam tomirli bo‘ladi; etining shirinligi: juda shirin, shirin va bemaza bo‘ladi; xushbo‘yligi: kuchli, o‘rtacha va hidsiz bo‘ladi; urug‘ bo‘laklarining (platsentasi) xili va holati: yarim yoyilib ketadigan, yoyilib ketadigan, qo‘shilib o‘smagan quruq, qo‘shilib o‘sgan quruq, quruq ichki tomoni ochiq; urug‘ bo‘laklarining soni: uzun mevali qovun navlarida 2-3 ta, yumaloq shakldagi qovunlarda 3 ta, yapaloq shakldagi qovun navlarida esa 1 dan 5 gacha bo‘ladi; urug‘ bo‘laklarining xarakterli joylashishi: urug‘lar usti yupqa parda bilan qoplangan, urug‘lar xo‘l, urug‘lar ochiq holatda, urug‘ bo‘laklari juftlashib o‘sib ketgan bo‘ladi; urug‘ bo‘shlig‘ining to‘laligi: urug‘ bo‘shlig‘ini to‘latadi, yarmini to‘latadi, yarmidan kamini to‘latadi; mevasining yorilib ketishi: yuqori – 4 dan ko‘p bo‘lsa, o‘rta – 1 va umuman yorilmaydi; o‘suv davri (kun): ertapishar (maysalari unib chiqqandan keyin 55-80 kunda pishadi), o‘rtapishar (81-110 kun) va kechpishar (110 kundan uzoq) bo‘ladi; iste’mol qilish vaqti: yozgi (yozda iste’mol qilinadi), kuzgi (yoz-kuzda iste’mol qilinadi) va qishki (qishda saqlanib iste’mol qilinadi) xillariga bo‘linadi; hosil berish davri: qisqa vaqt (10-20 kun), o‘rtacha uzoq (20-40 kun) va uzoq vaqt (40 kundan ortiq) hosil tugadi; saqlanuvchanligi: uzoq (3 oydan ortiq), qisqa (5-20 kun) va juda qisqa vaqt (5 kungacha) saqlanadigan bo‘ladi. Ishni bajarish tartibi. O‘qivchilar O‘zbekistonda ekiladigan qovunning madaniy 4 turining botanik tasnifi bilan tanishgandan keyin rayonlashtirilgan navlarini ta’riflashga kirishadilar (1-jadval). Buning uchun ular yangi uzilgan ekinlardan, gerbariy va mevalardan foydalanadilar. Shuningdek, qovun navlari tasvirini chizadilar. 1-jadval. Qovun navlarini ta’rifi
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling