Manzarali qovoq (ssp. polymorpha). Yovvoyi va madaniy shakllarni duragaylash natijasida kelib chiqqan. Mevalari mayda (50-300 g), juda xilma-xil shaklda, eb bo‘lmaydi, po‘sti yog‘och-langan. Mevalari turlicha notayin shaklda bo‘lgani uchun bu qovoqni tur-xillarini faqat taxminiy qilib ajratish mumkin;
Yovvoyi holda o‘suvchi qovoq (ssp. texana). YOvvoyi holda o‘suvchi shakllari teksana, egachi, birodar degan uchta tur-xilini birlashtiradi.
Yirik mevali qovoq (Cucurbita maxima Duch.) to‘rtta kenja turga bo‘linadi:
Eski dunyo qovog‘i (ssp. maxima). O‘zbekistonda keng ekiladigan, mevasi yassi, dumaloq, tuxumsimon va cho‘zinchoq shaklda bo‘ladi. 8 ta tur-xilga bo‘linadi: qishki qovoq (Ispan 73 navi), oq mevali, tuxumsimon, kulrang mevali
qovoqlar, mamont qovog‘i, golland qovog‘i, kitsimon, mayda mevali qovoqlar shular jumlasidandir;
Amerika qovog‘i (ssp. americana). Bir muncha kechpishar, palagi uzun, juda qattiq tuklar bilan qoplangan. 7 ta tur-xilga bo‘linadi: pildiroqsimon qovoq, chili, boliviya, peru, braziliya qovoqlari, banansimon qovoq va tupli qovoq shular jumlasi-dandir;
Xitoy qovog‘i (ssp. turbankurbus). Kuchsiz o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, mevasi mayda va o‘rtacha kattalikda, sallasimon shaklda. 4 ta tur-xilga bo‘linadi: yirik sallasimon, o‘rta sallasimon, mayda sallasimon qizil qovoq va mayda mevali yashil qovoq;
Yovvoyi holda o‘suvchi qovoq (ssp. andreana). Mevalari juda may-da (100-200
g) va achchiq bo‘ladigan o‘simliklardir.
Muskat qovoq (Cucurbita moschata Duch.). Uzun palakli shakllarni birlashtiradi, meva bandi qirrali bo‘lib, mevasi tomon kengayib boradi. Mevalari katta-kichikligi, rangi va shakli jihatdan har xil, eti qattiq, hidli va olovrang tusda bo‘lib, o‘z ichiga 6 ta kenja turni birlashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |