O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH” fanidan
Turon FA akademigi R.Ahmedov
NAMANGAN – 2022
REJA: - Davlatning iqtisodiy siyosati kursining dolzarbligi, maqsadi.
- Davlatning iqtisodiy siyosati taʼriflari va koʼnikmalari.
- Davlatning iqtisodiy funktsiyalari.
Iqtisodiy siyosat - Iqtisodiy siyosat — iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsadlari, vazifalari, manfaatlariga muvofiq holda iqtisodiy jarayonlarga muayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani sohalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi.
1. Davlatning iqtisodiy siyosati kursining dolzarbligi, maqsadi Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va bular iqtisodiyotga taʼsir etmay qolmaydi Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot subʼektlarining oʼz faoliyatiga oid yoʼl-yoʼriqlari va saʼy-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yoʼq, oʼz manfaatlari bor. Bu manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi Davlatning iqtisodiy siyosati kursining dolzarbligi, maqsadi Xonadonning maqsadi - oʼz isteʼmolini maksimumlashtirish va kelajakni taʼminlash uchun jamgʼarma hosil etishdir. Firmaning maqsadi - esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini taʼminlashdir. Davlatning maqsadi - esa, milliy iqtisodiyotning barqaror oʼsishini va shu asosda xalq farovonligini taʼminlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |