Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаhsus tаъlim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt universiteti


Davlatning iqtisodiy funktsiyalari


Download 375.32 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi375.32 Kb.
#1559149
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - mavzu taqdimot

3. Davlatning iqtisodiy funktsiyalari

  • Iqtisodiyot yaxlit boʼlar ekan, iqtisodiy siyosat ham yagonadir. Davlatning iqtisodiy siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat boʼlib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid puxta oʼylangan va ishlab chiqilgan yoʼl-yoʼriqlari va ulardan kelib chiqadigan saʼy-harakatlaridir. Lekin davlat siyosatining aniq yoʼnalishlari bor.
  • Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati boʼlib, pul muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi oʼrtasidagi muvozanatni taʼminlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga koʼra milliy pul birligi harid qurbini, uning valyuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat boʼladi.

Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor:

  • Qayta moliyalashtirish yoki hisob siyosati. Bunda davlat nomidan markaziy banklar uchyot stavkasini oʼzgartiradi. Stavka oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat boʼlishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan investitsiyalarni oʼzgartirib, uning oʼsishiga taʼsir etadi

Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor:

  • Ochiq bozorda operatsiyalar oʼtkazish siyosati. Bu davlat obligatsiyalarini chiqarib, firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni olish qulay boʼladi, chunki ularga qatʼiy belgilangan foizni davlat toʼlaydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bogʼlanib qoladi, natijada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Аksincha, ular qaytadan sotib olinganda pul ulardan boʼshab, muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori koʼpayadi. Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi.

Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor:

  • Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu tartibga koʼra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u kamaysa, bu pul koʼpayadi. Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz zaxira oʼtkazilsa, kredit uchun 72 mlrd. dollar qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. dollar qoladi. Bu bilan kreditga moʼljallangan pulning taklifi oshadi yoki qisqaradi. Shunga qarab, kredit olish goh oshib, goh qisqarib turadi. Monetar siyosatning aytilgan yoʼnalishlari shuni koʼrsatadiki, unda turli iqtisodiy vositalar qoʼllaniladi.

Download 375.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling