2. Davlatning iqtisodiy siyosati taʼriflari va koʼnikmalari Iqtisodiy siyosat uch darajada boʼladi, ular: mikro, makro va meta (xalqaro) siyosatdir.
MIKRO SIYOSAT
MAKRO SIYOSAT
META (XALQARO) SIYOSAT
IQTISODIY SIYOSAT
Davlatning siyosati — bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga taalluqli yol-yo`riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y- harakatlaridan iboratdir. - Davlatning siyosati har doim milliy boʼladi, mamlakat rivojining ichki va tashqi sharoitini hisobga oladi.
- Siyosatda eng avval mamlakat iqtisodiyotining holati, xalqaro iqtisodiy konʼyunkturaning milliy iqtisodiyotga nechogʼlik taʼsir etishi, unda kutilayotgan oʼzgarishlar mamlakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatning qandayligi, mamlakat iqtisodiyotining resurslar bilan taʼminlanish darajasidan kelib chiqadi, ilgari amalga oshirilgan chora-tadbirlar bergan natija ham hisobga olinadi. Davlat siyosati davlat rahbarlarining irodasi va qatʼiyatligiga va yetilgan iqtisodiy muammolarni naqadar idrok etishlariga ham bogʼliq boʼladi.
Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda maʼlum maqsadlarni koʼzlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar - Barqaror iqtisodiy oʼsishni taʼminlash. Bu yalpi ichki mahsulotning bir maromda va yetarli surʼatlar bilan oʼsishiga sharoit hozirlashni bildiradi, chunki YaIM qanchalik tez oʼssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik oshadi.
- Milliy iqtisodiyotning mustaqilligini taʼminlash, uning chet elga qaram boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik. Iqtisodiyot qanchalik mustaqil boʼlsa, shunchalik milliy manfaatlarga koʼproq xizmat qiladi.
- Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash. Bu iqtisodiy aylanmaning uzluksizligini, yaʼni takror ishlab chiqarishning toʼxtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yoʼl qoʼyilmasligini bildiradi.
Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda maʼlum maqsadlarni koʼzlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar - Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini taʼminlash – mamlakatdagi pul muomalasining meʼyorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam ishlab turuvchi vositasiga aylantirish.
- Аholi turmush farovonligini mustaqil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini toʼlaroq yuzaga chiqarishga koʼmaklashish.
- Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va globalizatsiyada faol ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda oʼz oʼrnini topishi, baynalminal iqtisodiy munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |