O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Download 65.14 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi65.14 Kb.
#1493490
1   2   3
Bog'liq
28.11.2020. ochiq dars ishlanmasi (1)

Sakrab to’pni otish. Harakatlanayotib o’yinchi to’pni va to’pni otayotganda qo’l yelkasini orqaga oladi. Tepaga depsinib o’yinchi to’pni otish bajaradi, bunda son va gavda faol qatnashadi.
Barcha tayyorgarlik harakatlari yugurish paytida bajariladi. Sakraganda faqat zarba harakatlari bajariladi.
Erga depsingan oyoq bilan tushiladi.


Yiqilib va og’ib to’pni otish. Himoyachidan qutulishga intilib, Hujumchi yiqilishi va og’ishi bilan zarba beradi, bu harakatlar xisobiga himoyachidan ildaamlab va qochib ketadi. Qochishlar oldinga va yonga bajariladi. Oldinga harakatlanish xisobiga hujumchi himoyachini quvib o’tadi va yiqilayotib to’pni otiladi. To’pni otishi to’p ikki qo’lda tutiladi, siltash va to’pni otish tayanchi, xolatda, hujumchi himoyachidan xalos bo’lgan xolda bajariladi. Zarbadan keyin o’yinchi ikkala qo’li bilan yerga tushadi yoki to’pni otayotgan qo’l yelkasi orqali umbaloq oshadi. Bu otish odatda chiziqdan yerga tushishi bilan darvozabon maydonchasiga bajaradi. Gavda polga paralel egiladi, qo’l xam og’ish tomonga olinadi. Harakat son va gavda aylanishi bilan boshlanadi. Otish yiqilish va yelka osha umbaloq oshish bilan ta’minlanadi

Darvozabon maydoni ustidan to’pni otish. To’p darvozadan qaytgan yoki darvoza maydoniga uzatilgandan keyin to’pni otish tayanchsiz xolatdan ikkala yoki bitta qo’llab bajariladi. Ikki qo’llab otishni o’yinchi to’pni sakrab ilib olgandan keyin bajariladi. To’pni ilib olgach uni bitta qo’lga olish va kaftni qisqa harakati bilan to’pni otish mumkin. To’pni ilib olish imkoni bo’lmasa, u ikki qo’llab darvozaga turtiladi. To’pni o’nglash uchun vaqt kam bo’lsa yoki himoyachi qarshilik qilsa, zarba bir qo’llab qisqa turtish bilan ham bajarilishi mumkin. Otgandan keyin o’yinchi darvozabon maydonchasida yiqiladi. Barcha otishlar va ularning turlari maydondan sakratib bajarilishi mumkin (to’p maydonga uriladi), bu darvozabonga to’p yo’nalishini topishda qiyinchilik tug’diradi.
Yetti metrlik jarima otish tayanch oyoqning to’pni qo’ldan chiqarishi vaziyatigacha yerdan uzmay bajariladi. Otish texnikasi qo’lni faol siltash va gavda aylanishi bilan ajralib turadi, to’pga kerakli zarba beradi. Yakunlovchi otish harakat zarbaga kerakli yo’nalish beradi. Otish maydonchadan sakratib bajarilishi mumkin.
Ven Diagramasi asosida gandbol va futbol tushunchalari umumiy hamda farqlovchi mazmunini qiyosiy tahlil qiling?



Futbol


Gandbol



Download 65.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling