О‘zbekistоn respublikаsi оliy vа о‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi qаrshi muhаndislik


Download 0.52 Mb.
bet7/7
Sana28.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1302290
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi sanjar

Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligini va shu kabi bir qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi. Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to’xtovsiz rivojlanish holatida bo’ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida , bozor konyukturasi, bozor sub’yektlari daromadlari va talabi tarkibida o’zgarishlar ro’y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg’un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi. Shunday qilib maddo darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo’jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o’zaro bog’liq va bir’birini taqozo qiladigan muvozanatliklar tizimini o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usulda foydalaniladi :
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Iqtisodiy yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM) iqtsiodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+In) olinadi . Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi –bu ishlab chiqarishning hsunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajminio sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda , sof milliy mahsulot muvozanatlar darajada ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+In) teng bo’ladi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi. Umumiy muvozanatlik - bu jamiyatning barcha ehtiyojlari (aholi, davlat, korxona) va milliy ishlab chiqarish real hajmining o’zaro mos kelishlik darajasini bildiradi.
Xususiy muvozanatlik – bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishidir. Xususiy muvozanatlik ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovarlar taklifi byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanatliklar ko’rilgandagina yuzaga chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy muvozanatlik o’zining barcha shakllari bilan birgalikda inqirozsiz va ijtimoiy iqtisodiy larzalarsiz rivojlanishni xarakterlaydigan iqtisodiy idealdir. Real iqtisodiy hayotda makroiqtisodiy muvozanatlik talablari turli tuman beqarorliklar ta’sirida buzilib turadi, biroq iqtisodiy muvozanatlik nazariy modelini bilish, real jarayonlarning ularning ideal andozasidan farq qilinishini keltirib chiqaradigan aniq omillarni aniqlash, iqtisodiyotning optimal holatida faol hal qilinishini ta’minlash yo’llarini topish imkonini beradi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan foydalaniladi:
1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli.
2. Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko’rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (S+Ip) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun etarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Ip) teng bo’ladi.
To’liq bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik retsession yoki inflyatsion farqda ifodalanadi. Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo’lgan miqdori retsession, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori inflyatsion farq deyiladi.
Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’arishga qo’yish mumkin. Jamg’arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi.
Investitsion sarflarning ko’payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator samarasi- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o’zgarishga nisbati. Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir sub’ekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinad

Хulоsа
Shunday qilib, tadqiqot shuni ko'rsatdiki, makroiqtisodiy siyosat mamlakatda muhim rol o'ynaydi iqtisodiyot. O'zbekiston Respublikasining 2019 yildagi makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilingan– 2023 yil va iqtisodiyotni raqamlashtirishning davlatning makroiqtisodiy siyosatiga ta'siri umuman olganda, O'zbekistonning makroiqtisodiy siyosati inqirozgacha bo'lgan dinamikaga qaytishga faol intilmoqda. YAIM 3 yilning dastlabki uch oyida 2021 foizga oshdi. Multiplikator samarasi ikkita holatga asoslanadi.

  • Birinchidan , iqtsodiyotda bir sub’yekt tomonidan qilingan sarf boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi.

  • Ikkinchidan , daromaddagi har qanday o’zgarish iste’mol va jamg’arishda xuddi shunday yo’nalishda o’zgarish bo’lishiga olib keladi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans ususlidan va “xarajat va natija” larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans ususlida tarmoqlararo balans , moddiy , moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
“Xarajat va natija” larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi tahlil qilinadi.
O'zbekistonning kelgusi yillarda rivojlanishi, chunki mamlakatimiz kelajagi uzviy bog'liq raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va ulardan foydalanish bilan. Shuningdek, tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasi hukumati pandemiya davrida quyidagi muammolarni maqbul hal qiladi makroiqtisodiy siyosat davlatning favqulodda vaziyatlarga qanday tayyorlanganligini ko'rsatdi. Umuman olganda, O'zbekistonning makroiqtisodiy siyosati inqirozgacha qaytishga faol intilmoqda dinamikasi. YAIM 3 yilning dastlabki uch oyida 2021 foizga oshdi. Inflyatsiyaning asosiy elementi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o'sishi bo'lib qolmoqda-ular 3,1 dekabrga qadar 2020 foizga oshdi. O'sish nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining 1,7% darajasida qoldi, lekin xizmatlar uchun narxlar tezroq o'sdi o'tgan yilning shu davriga nisbatan sur'at joriy yilning dastlabki uch oyida 2.7% ga nisbatan 1.5% o'tgan yilning shu davri. Birinchi chorak natijalariga ko'ra, iqtisodiy rivojlanish O'zbekiston global inqirozdan ta'sirlanishda davom etdi, bu esa o'sishning sekinlashuvidan darak beradi;

  • YAIM, trillion so'm; 2019; 510,1

  • YAIM, trillion so'm; 2020; 580,2

  • YAIM, trillion so'm; 2021 (bashorat); 688,9

  • YAIM, trillion so'm; 2022 (bashorat); 843,2

  • YAIM, trillion so'm; 2023 (bashorat); 985,4

  • YaIMning o'sishi, yilda %; 2019; 5,8 YAIM o'sishi, % da; 2020; 1,6 YaIMning o'sishi, yilda


Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr.

  1. B.T. SАLIMОV, M.T. АSQАRОVА, I.А. YАKUBОV, M.S. YUSUPОV, G’.T. YULDАSHEV, H.А. HАKIMОV MIKRОIQTISОDIYОT. MАKRОIQTISОDIYОT Dаrslik .

  2. THE SLОPE ОF THE PHILLIPS CURVE: EVIDENCE FRОM U.S. STАTES Jоnаthоn Hаzell Juаn Herreñо Emi Nаkаmurа Jón Steinssоn Wоrking Pаper 28005 http://www.nber.оrg/pаpers/w28005 NАTIОNАL BUREАU ОF ECОNОMIC RESEАRCH 1050 Mаssаchusetts Аvenue Cаmbridge, MА 02138 Оctоber 2020, Revised Mаy 2021

  3. АDVАNCED MАCRОECОNОMICS Fоurth Editiоn – DАVID RОMER.

  4. Jоurnаl оf Ecоnоmic Perspectives—Vоlume 14, Number 2—Spring 2000—Pаges 149–169 Keynesiаn Mаcrоecоnоmics withоut the LM Curve Dаvid Rоmer.

  5. NBER WОRKING PАPER SERIES Jоnаthоn Hаzell Juаn Herreñо Emi Nаkаmurа Jón Steinssоn Wоrking Pаper 28005 http://www.nber.оrg/pаpers/w28005 NАTIОNАL BUREАU ОF ECОNОMIC RESEАRCH 1050 Mаssаchusetts Аvenue Cаmbridge, MА 02138 Оctоber 2020, Revised Mаy 2021.

Internit sаytlаri.



  1. https://www.ecоnоmist.cоm/free-eхchаnge/2012/02/20/life-оn-the-phillips-curve

  2. https://www.scirp.оrg/jоurnаl/pаperinfоrmаtiоn.аspх?pаperid=36795

  3. https://uz.unisticа.cоm/inflyаtsiyа-nimа-bu-bilаn-kurаshishning-sаbаblаri-vа-usullаri/

  4. http://el.tfi.uz/images/iqtisodiyotnazariyasi_uzl_1d55d.pdf

  5. https://www.coursehero.com/file/62400925/yalpi-talab-va-taklif-nisbatlarimakroiqtisodiy-muvozanatpdf/

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5621-son



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling