O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
XXI аsr bоshidа Mаrkаziy Оsiyodаgi yangi gеоsiyosiy burilish
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
XXI аsr bоshidа Mаrkаziy Оsiyodаgi yangi gеоsiyosiy burilish.
O„zbekiston jahon siyosati va xalqaro munosabatlarning faol ishtirokchisi. Bugungi kundа Mаrkаziy Оsiyo mаmlаkаtlаri mustаqil dаvlаtlаr sifаtidа qаrоr tоpdilаr dеb kоmil ishоnch bilаn аytish mumkin. Bоz ustigа, ulаr Mаrkаziy Оsiyo tеvаrаgidаgi gеоsiyosiy rаqоbаt jаrаyonining оddiy kuzаtuvchisi bo‗lib qоlmаyaptilаr, bаlki mintаqа vа undаn tаshqаridаgi xаlqаrо hаyot jаrаyonlаrigа fаоl tа‘sir ko‗rsаtish qоbiliyatini nаmоyish etmоqdаlаr. Bu XXI аsr bo‗sајаsidа Mаrkаziy Оsiyodа ro‗y byergаn eng muhim gеоstrаtеgik burilishdir. Mintаqаning dеmоkrаtik, dunyoviy yo‗ldаn rivоjlаnishi bаrqаrоr xususiyat kаsb etаdimi? Uning jаhоn miqyosidаgi аlоqаlаr tizimigа mustаqil sub‘еkt sifаtidа qo‗shilish jаrаyoni chuqurlаshib bоrаdimi? Bu sаvоllаrgа jаvоblаr Mаrkаziy Оsiyo jаmiyatlаri glоbаlizаsiya tаlаblаrigа qаndаy jаvоb byerishigа, mintаqаviy hаmkоrlik vа intеgrаsiyaning yuqоri dаrаjаsigа ko‗tаrilishgа qоdir yo qоdir emаsligigа ko‗p jihаtdаn bојliqdir. Xalqaro siyosat va munosabatlar ikki yoki undan ortiq mamlakatlar turli xil siyosiy va nodavlat tashkilotlar bilan bog‗liq bo‗lgan munosabatlarni, aloqalarni ifoda etadi. Uning jamiyat xalqlarining talab, ehtiyojlari, davlat manfaatlari xalqaro normalar va qadriyatlari bilan bog‗liq. Xalqaro munosabatlar raqobat yoki o‗zaro hamkorlik asosida qurilishi mumkin. Bugun xalqaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar bu munosabatlarni belgilab beruvchi asosiy mezonga aylanib 191 borayotganligi ko‗zga tashlanmoqda. Chunki siyosat tarixi va uning o‗ziga xos oqibatlari davlatlar munosabatlarini tartibga solish, bunda ularning manfaatlariga mos tushuvchi tamoyillarga asoslanish zarurligini taqoza etmoqda. Shuningdek yadroviy va kimyoviy qurollarning mavjudligi, ularni ishlab chiqarishga qaratgan harakatlarining davom etayotganligi hamda xalqaro munosabatlarda ayrim davlat raxbarlari, siyosiy partiyalar va shaxslarning bir tamonlama qarashlarining hamon saqlanib qolayotganligi, xalqaro siyosatda davlatlarga nisbatan munosabatda ―Zo‗ravonlik‖, ―kuchga tayanish‖, tazyiq ko‗rsatishning turli usullaridan foydalanish, ―xalqaro terrorizm‖ va boshqa holatlar xalqaro siyosatda o‗zaro marifatli hamkorlikni rivojlantirishni, ixtiloflar paydo bo‗lgan taqdirda esa ularni ma'rifiy yo‗llar bilan yechish zarurligini kun tartibiga ko‗chmoqda . XX asr oxiri XXI asr boshlarida xalqaro siyosat va xalqaro munosabatlarda muhum o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Agar 1990 yillarga qadar ikki qutub SSR va AQSh jahondagi siyosiy iqlimni belgilab berishgan bo‗lishsa, bugungi kunda dunyo ko‗p qutublilik asosida rivojlanmoqda. Sovetlardan keyingi makonda vujudga kelgan mustaqil davlatdar esa dunyo hamjamiyatining teng huquqli a'zolari maqomiga erishdilar. Markaziy Osiyoga nisbatan asr chaqiriqlari mavjud – bu Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyatga ta'sir qiluvchi va XXI asrning birinchi o‗n yilligining oxirida beqarorlashtiruvchi potentsialga ega bo‗lgan hodisalarni to‗rt guruhga bo‗lish mumkin: - ekstremizm, terrorizm, separatizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‗liq muammolar; - xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy qarama-qarshiliklar bilan bog‗liq muammolar; - mintaqaning geosiyosiy mavqei, uning tabiiy resurslari, etno-hududiy muammolari bilan belgilanadigan muammolar; - hayot darajasi pastligi va mintaqadagi texnologiyalarning rivojlanishi, migratsiya, demografik va ekologik muammolar bilan bog‗liq muammolar. O‗zbekiston 1992 yildan buyon BMTning a'zosi sifatada faoliyat yuritmoqda. BMTning Bosh vazifalaridan biri – butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan a'zo mamlakatlar o‗zlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yo‗l bilan hal etadi, Qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qo‗llamaydilar, ularga tahdid solmaydilar.BMT o‗zining tinchlik o‗rnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda to‗qnashib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. BMT Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi o‗z say-xarakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik o‗rnatish uni, masalan muzokoralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yo‗llarini tavsiya qilishi mumkin. 192 O‗zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, qo‗shni Afg‗oniston birodarchilik urishini to‗xtatish, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan ozod zo‗naga aylantirish, narka biznesga qarshi kurashda barcha davlatlar xatti-harakatini muvofiqlashtirish. Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirish maqsadida foydalanmoqda. BMT bilan hamkorlik doirasida O‗zbekiston Respublikasi raxbariyati tomonidan 3 ta asosiy vazifa belgilangan: BMTni isloh qilish bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining nuqtai nazarini ilgari surish; Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud yaratishni nixoyasiga yetkazish; BMTning giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‗yicha mintaqaviy markazini barpo etish haqidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusini amalga oshirish. Bugungi kunga kelib, BMT faoliyatida ko‗p tomonlama xalqaro munosabatlarda o‗z aksini topgan tizim inqirozini kuzatish mumkin. Jahon sahnasida xalqaro xavfsizligiga tahdid soluvchi kichik raxbariy to‗qnashuvlar, narkotik va qurol aylanmasining o‗sishi, terrorizmning tarqalishi kabi noan'anaviy xavf va tahdidlar Toshkentning mavjud tuzilmalarini isloh kilish va faoliyatini ko‗rib chiqishni taqoza etadi. Shuningdek, ayrim davlatlarning o‗z siyosatini o‗tkazish minbariga aylanib qolmasdan voz kechish, xizmatchilar o‗rtasida tarqalgan karrupsiyaga barxam berish lozim. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda Yevropa sezilarli ro‗l o‗ynaydi. O‗zbekiston tashqi siyosatidagi bu yo‗nalish qat'iyatlik bilan rivojlanib bormoqda. Birinchi Prezident Islom Karnimovning Finlandiyaga tashrifi davomida (1997 y 25 fevral) Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelsinki yakunlovchi Aktning imzolanishi mamlakatimizning yuqori sur'atda rivojlanishiga keng yo‗l ochib berdi . Yevropa Ittifoqining maqsad va vazifalari quyidagilardir: 1) Yevropa xalqlarining yaqin ittifoqini tashkil etish, muvozanatlashgan va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga ko‗maklashish, bunda, ayniqsa. Quyidagilardan foydalanish: Ichki chegaralari bo‗lmagan makonni yaratish; iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish; yagona valyutani joriy etish; 2) Xalqaro sohada, ayniqsa, tashki siyosatni va xavfsizlik sohasidagi siyosatni, kelajakda esa mudofaa siyosatini birgalikda yurutish orqali o‗z mohiyatini tasdiqlash; 3) Adliya va Ichki ishlar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish. 193 Keyingi 50 yil davomida beshinchi marta o‗z safiga yangi a'zolarni qabul qilgan bu tashkilot siyosy, iqtisodiy, madaniy, harbiy-texnik, ilmiy-texnologik hamkorlikning sifat jihatdan eng zamonaviy ko‗rinishi bo‗lib, hozirgi kunda 25 davlat uning a'zosidir. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning jon boshiga 22 ming dollardan ortiq qiymatni tashkil etayotganligi, shubhasiz, bu hamkorlikning samarasidir. Hududi 4,2 million kv.km. ni, aholisi esa 455 milliondan ortiq kishini tashkil etgan bu hududda Buyuk Britaniya, Daniya va Shvesiyani hisobga olmaganda 2002 yilning 1 yanvardan buyon yagona pul birligi - yevro amal qilmoqda . Yevropa Havfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti(EXHT) 1975 yilda tashkil topgan xalqaro siyosiy tashkilotlardan biridir. 1992 yil 26 fevralda O‗zbekiston Respublikasi uning a'zoligiga qabul qilindi. Shu bois 1994 yildan O‗zbekistonning YeHHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa YeXHT ning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari bo‗yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT). Bugungi kunda izchil faoliyat ko‗rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar haqida so‗z yuritilganda, shubxasiz, birinchi navbatda ShHT tilga olinmoqda. Dastlab ―Shanxay beshligi‖ deb nomlangan bu tashkilotga 2001 yil O‗zbekiston Respublikasi a'zo bo‗lib qo‗shilgach ShHT deb ataladigan bo‗ldi. Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‗zbekiston, Qozog‗iston, Tojikiston va Qirg‗iziston Respublikalari rasman a'zodirlar. (Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega.) Havfsizlikni ta'minlash, mintaqaviy barqarorlikni mustaxkamlash, ekologiya muommolarini birgalikda hal qilish, savdo-sotiq aloqalarini chuqurlashtirish, Ilmiy-texnikaviy, Madaniy-ma'rifiy sohalardagi munosabatlarni kengaytirish va boshqa hayotiy muhim yo‗nalishlar bo‗yicha muammolarni hal etish ShHT ning asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Tashkilotning Kotibiyati Pekinda joylashgan. Shuningdek ShHT faoliyatida ―uch yovuz kuch‖, ya'ni terrorchilik, ayirmachilik(separatizm) va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‗rin tutadi. 2004 yildan boshlab Toshkentda ShHT ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005 yilning o‗zida sodir etilishi mumkin bo‗lgan terrorchilik harakatlarining oldini olinganligi ma'lum. 2005 yilning iyul' oyida tashkilotning Shanhay shaxrida bo‗lib o‗tgan samitida unga a'zo davlatlar rahbarlari tamonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xususan, xalqaro Axborot xavfsizligi to‗g‗risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‗icha 2007-2009 yillarga mo‗ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlar hududida qo‗shma aksilterror mashqlarni o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi bitim, a'zo davlatlar hududidagi terrorchilik, ayrmachilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar 194 kirib kelishini aniqlash va bunday yo‗llarni to‗sib qo‗yish borasidagi hamkorlik to‗g‗risidagi bitim. Bundan tashqari, ShHT doirasida 2020 yilgacha bo‗lgan davrda savdo iqtisodiy hamkorlikni ko‗zda tutuvchi dastur qabul qilindi. Shuningdek, ShHT a'zo mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan, ichki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm va eksterizmga, giyoxvandlikka va og‗ufrushlikka qarshi birgalikda xarakat qilishi. Bu borada o‗zaro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda. Umuman, ―Bugungi kunda ShHT xalqaro hamkorlikning qudratli institutiga, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashning, xalqaro terrorchilik, separatizm va ekstremizm, narqotik moddalar ishlab chiqarish va tashish kabi zamonning eng qaltis tahlika va tahdidlarga qarshi kurashning kuchli omiliga aylanmoqda‖ . Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati (EvrAzES). Ma'lumki Markaziy Osiyo Hamkorligi Qozog‗iston, O‗zbekiston, Qirg‗iziston) tashkilotining 2005 yil 6-7 oktyabr' kunlari Sankt-Peterburg shaxrida bo‗lib o‗tgan sammitda MOHT bilan Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatini birlashtirishga kelishib olingan edi. Mazkur ikki tashkilotning maqsad va vazifalari ko‗p jihatdan o‗xshash hamda bir-biriga yaqin bo‗lganligi O‗zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyati safidan joy olishiga olib keldi. 1995 yilda Bojhona ittifoqi negizida tuzilgan bu tashkilotning strategig maqsadi a'zo davlatlar o‗rtasida integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan. YevrAzESning 2005 yili noyabirda Sankt-Peterburgda bo‗lib o‗tgan sammitda O‗zbekiston bu tashkilotga qo‗shilgach, Hamjamiyat a'zolari 6 taga yetdi (Rossiya, Belorusiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston, O‗zbekiston). Bu Hamjamiyatga a'zolik O‗zbekiston uchun katta siyosiy ahamiyatga ega. Chunki yirik davlatlarning geosiyosiy manfaatlari kesishgan mintakada joylashgan mamlakatimiz uchun. YevrAzESga a'zolik turli ta'sir taziyiqlardan himoyalanish kafolatini beradi. Xuddi shunday, yangi jahon tartibotini shakillantirishda O‗zbekistonning ham alohida o‗rni, siyosiy manfaatlari bor. Shuning uchun mustaqillikning daslabki kunlaridanoq O‗zbekiston respublikasi o‗z milliy manfaatlarini xisobga olgan holda tashqi siyosatining maqsadi va vazifalarini aniq belgilab oldi. Uning dunyo hamjamiyatida, xalqaro tashkilotlar, davlatlar, MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borayotgan tashqi siyosati borasidagi sa'y-harakatlari fikrimiz dalilidir. O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati amaldagi Konstitusiya va 1996 yil 26 dekabrda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston tashqi siyosatining asosiy prissiplari to‗g‗risida‖gi qonun talablaridan kelib chiqilgan holda amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasininng 17-moddasida ―O‗zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‗la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 195 qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aradashmaslik qoidalarigi va halqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, halqning oliy manfaatlari, faravonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‗stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan chiqishi mumkin‖ deyiladi. ― O‗zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsplari to‗g‗risida‖ gi qonun ham tashqi siyosatimizning umuminsoniy tamoyillari va manfaatlari bilan to‗la muvofiq ekanligini ko‗rsatadi. Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy kurashlardan qat'y nazar , tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinspi O‗zbekistonga qisqa muddat ichida ikki taraflama keng tashqi aloqalar o‗rnatish imkonini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‗prigining barpo etilganligi, ShHT doirasidagi hamkorlikning kengayib borayotganligshi respublika tashqi siyosatining strategig istiqbolidir. Dunyoning 170 dan ortiq mamlakat tamonidan tan olingan, 120 davlat bilan diplamatik aloqalar o‗rnatgan O‗zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‗l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xaqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling