O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Yaqin Shаrq vа Mаrkаziy Оsiyodаgi geosiyosiy mаnfааtlаr


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168
Yaqin Shаrq vа Mаrkаziy Оsiyodаgi geosiyosiy mаnfааtlаr. AQShning 
mintaqadagi eng asosiy manfaati sifatida xavfsizlikni ko‗rsatish mumkin. Yaqin 
Sharqda yuritilayotgan tashqi siyosatda milliy xavfsizlikni ta‘minlash tamoyili 
birinchi o‗rinda turadi. 2010 yildagi AQSh Milliy Xavfsizlik Strategiyasida 
belgilanganidek ―ushbu ma‘muriyatning Amerika fuqarolarining xavfsizligini 
ta‘minlashdan kattaroq mas‘uliyati yo‗q. Va Amerika fuqarolariga ommaviy 
qirg‗in qurollaridanda xavfliroq tahdid yo‗q, ayniqsa, ommaviy qirg‗in qurollarini 
qo‗lga kiritishga urinayotgan ekstremist kuchlar va ularning firqalaridan xavfliroq 
dushman mavjud emas.‖
Yaqin Sharq terroristlar va ekstremistlar yig‗ilgan joy sifatida AQSh milliy 
xavfsizlik 
strategiyasining 
muhim 
qismiga 
aylandi. 
Milliy 
Xavfsizlik 
Strategiyasida ―biz al-Qoida va uning firqalarini parchalaymiz, yo‗q qilamiz. 
Shuningdek, yadro va biologik qurollar tarqalishining oldini olamiz hamda 


207 
yadroviy materiallar xavfsizligini ta‘minlaymiz,‖ deb belgilab qo‗yilgan. Bularning 
hayotdagi in‘ikosi sifatida, Obama ma‘muriyati Afg‗onistondagi urushga katta 
e‘tibor qarata boshladi, Eronning yadro dasturi va Suriyadagi kimyoviy 
qurollardan foydalanish holati bo‗yicha keng ko‗lamli diplomatik amallar olib 
bordi. Xavfsizlikni ta‘minlash manfaatidan kelib chiqib, AQSh Fors ko‗rfazi 
monarxiyalarini qo‗llab keldi, terrorizmga kurashish doirasida yordamga muhtoj 
bo‗lgan Obama hukumati Eron va Suriya rejimlari bilan turli darajada bevosita 
hamda bilvosita aloqalarni kuchaytirib bordi. Suriyadagi vaziyat yanada 
murakkablashib ketishini istamagan Obama Bashar al-Assadning hokimiyatda 
qolishiga bayonotlarida qarshilik qilishda davom etsada, amalda buni to‗xtatdi. 
Xulosa qilib aytganda, milliy xavfsizlikni ta‘minlash Obama birinchi 
ma‘muriyatining Yaqin Sharq siyosatida eng yuqori darajali manfaati bo‗ldi. 
Neft resurslarini qo‗lga kiritish imkoniyatini nazorat qilish AQSh Yaqin 
Sharq siyosatidagi navbatdagi manfaatdir. AQSh prezidenti Duayt Eyzenhover 
dunyodagi neft zahiralarining yarmidan ko‗pi joylashgan Yaqin Sharqni ―biz 
uchun strategik jihatdan eng muhim mintaqa‖, deb ta‘riflagan edi. 2010 yildagi 
statistik ma‘lumotlarga qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlari kuniga 30 million 
barrel neft qazib olgan va kunlik 86 million barrel bo‗lgan global neft ehtiyojining 
uchdan bir qismini qondirgan. Uch mamlakat: Saudiya Arabistoni (kunlik 10 mln 
barrel), Eron (kunlik 4 mln barrel) va BAA (kunlik 2,8 mln barrel) hisobiga Yaqin 
Sharqdagi neft qazib chiqarishning 57 foizi to‗g‗ri kelgan. 21 asr boshlariga qadar 
neft AQShning Yaqin Sharqdagi asosiy manfaati bo‗lib kelgan. Biroq ichki neft va 
tabiiy gaz ishlab chiqarish miqdorining o‗sishi ortidan import qilinadigan neftga 
bo‗lgan ehtiyoj 2008 yildagi 57 foizdan 2011 yilga kelib 45 foizga tushdi. Shunday 
bo‗lsada, xorijiy neft hanuz Amerika uchun muhim energetika manbasi bo‗lib 
qolmoqda. Neftga qiymatining xalqaro munosabatlarga ta‘sir o‗tkazishi omili esa 
ushbu tabiiy resurs AQSh uchun hali yana uzoq vaqt asosiy manfaatlardan biri 
bo‗lib qolishini anglatadi. Mobodo Yaqin Sharqdagi kunlik neft ishlab qazib olish 
ma‘lum miqdorga kamaysa, jahondagi kunlik ehtiyojning 30 foizga yaqinini 
ta‘minlash uchun O‗rmuz bo‗g‗ozidan o‗tuvchi neftning narxi keskin oshib ketadi. 
Shu sababli AQSh jahondagi siyosiy hamda iqtisodiy tartibotni nazorat qilib turish 
uchun Yaqin Sarqdagi energetika resurslarini muhofaza qilish, ularga erishish 
imkoniyatlarini saqlab qolish va energetika mahsulotlari o‗tuvchi koridorlar 
(masalan, O‗rmuz bo‗g‗ozi)larni doimiy o‗z ta‘sir doirasida tutib turish uchun 
harakat qiladi. 
AQShning Isroil bilan o‗ziga xos ittifoqchiligining bir qancha sabablar bilan 
izohlash mumkin: 


208 

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling