O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Birinchisi, muhim geostrategik ahamiyatga ega bo‗lgan Isroilning geografik
joylashuvi AQShga mintaqadagi ta‘sir doirasini saqlab turish uchun geosiyosiy platform vazifasini o‗taydi. Ikkinchisi, harbiy jihatdan qudratli Isroil AQShni mintaqadagi manfaatlari xavfsizligini ta‘minlashi mumkin. Harbiy qudrati ta‘minlangan Isroil mintaqadagi AQSh manfaatlariga zid bo‗lgan kuchlar, masalan, terroristik va ekstremistik kuchlarni tiyib turishga qodir bo‗ladi. Uchinchisi, Isroilni qo‗llab-quvvatlash va ta‘minlashning AQSh milliy manfaati darajasiga ko‗tarilgani mintaqadagi boshqa iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan davlatlarni amerikaparast siyosat yuritishiga undashi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida Amerika ta‘siri ostida Misrning Arab davlatlari ichida Isroilga ma‘lum darajada yon bosgan yagona mamlakat bo‗lganligi bundan dalolat beradi. Shu sababli Isroilni dastaklash AQShning mintaqadagi eng uzoq davrdan beri davom etib kelayotgan hayotiy muhim manfaatlaridan biri hisoblanadi. Bunday strategiya doirasida AQSh Turkiya va Eronning mintaqadagi kuchlari muvozanatini kafolatlash, o‗zaro teng raqobatini shakllantirish uchun harakat qilmoqda. Buning ikki muhim sababi mavjud: 1) Turkiya o‗zaro manfaatlar sababli AQShga qarshi siyosat yuritmaydi, rasmiy Vashingtonning raqibiga aylanmaydi 2) Turkiya va Eronning manfaatlari xech qachon bir joydan kesishmagan. Iroq-Eron raqobatidan so‗ng mintaqada Turkiya-Eron ziddiyati avj ola boshladi. Ushbu ikki davlatning mintaqaviy ittifoq tuzish ehtimoli deyarli nolga teng. Shu sababli ular o‗rtasida o‗zaro teng kuchlar muvozanatini shakllantirish orqali AQSh mintaqani biror bir mahalliy davlatning mutlaq ta‘siriga tushib qolishidan saqlashi mumkin. Bundan tashqari Turkiya va Eronning o‗zaro raqobat doirasida qo‗llashi mumkin bo‗lgan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy resurslar bo‗yicha salohiyati o‗zaro muvozanatda. Obama hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Eron sanksiyalar tufayli ancha ojizlanib qolgan edi. Kuchlar muvozanati strategiyasi doirasida Obama ma‘muriyati Eronning qudratini Turkiyaniki bilan tenglashtirishdan manfaatdor edi. Turkiya mintaqada dominantlik qilish ambitsiyalariga ega davlat bo‗lib, Eron qudratining ortishiga toqat qila olmaydi va shu bilan birga Eronga nisbatan uzoq vaqt davomida raqiblik qilish salohiyatiga ega. Shuningdek, Turkiya Rossiyadan import qilinuvchi energetika resurslariga nisbatan qaramlikni kamaytirish maqsadida Yaqin Sharqdagi neftini qo‗lga kiritish uchun harakat qilmoqda. Turkiyaning mintaqada qanday manfaati mavjud bo‗lmasin, bu manfaatlar deyarli doimo Eronniki bilan qarama-qarshi chiqadi, shuning uchun turklar Arab Yarimoroli va arab mamlakatlaridagi Eronning ta‘sirini susaytirish orqali mintaqa janubidagi neft resurslariga erishishni o‗zlarining bosh maqsadlaridan biri deb hisoblaydilar. Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridagi davlat institutlari 209 faoliyati izdan chiqar ekan, qudratli Turkiya va Eron navbatdagi mintaqaviy kuchlar muvozanatining asosiy ishtirokchilari bo‗lib qolaveradilar. Natijada xaos va anarxiyaga botgan Yaqin Sharqdan ko‗ra, ikki qutbli kuch markaziga ega nisbatan barqaror yangi tartibot paydo bo‗ladi. AQSh tashqi siyosatidagi Yaqin Sharq vektori turli manfaatdor tomonlar, murakkab siyosiy tizim, ommaning siyosatga ta‘siri, alohida guruhlar, ayniqsa, isroilparast lobbichilar, harbiy-sanoat komplekslari, shuningdek, doimo prezident vakolatlarini cheklashga urinadigan Kongress kabi ishtirokchilarning ta‘siri ostida shakllangan. Oldingi prezidentlar kabi Obama ham bunday murakkab vaziyatda, manfaatdor va qudratli kuchlar o‗rtasidagi muvozanatni saqlagan holda Yaqin Sharqqa nisbatan siyosat yuritishga majbur bo‗ldi. O‗z Yaqin Sharq siyosatini shakllantirishda turli ta‘sir o‗tkazuvchi kuchlar, manfaatdor tomonlar talablarini hisobga olishiga to‗g‗ri keldi. Natijada birinchi ma‘muriyat tomonidan mintaqaga nisbatan olib borilgan siyosatda turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Shuningdek, Obama uch tomondan ichki bosimga uchradi: ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, manfaatdor guruhlar va saylov. Iqtisodiy-ijtimoiy muammolar ichki bosimning eng birinchisi bo‗ldi. Obama 2009 yilda prezident sifatida qasamyod keltirgandan so‗ng moliyaviy inqiroz ortidan yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va iqtisodiyotni qayta tiklash yangi ma‘muriyat zimmasidagi eng birinchi vazifalardan biri edi. Obama o‗z oldiga iqtisodiyotni rivojlantirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, sog‗liqni saqlash sohasida islohotlar o‗tkazish va muqobil energiya olish imkoniyatlarini kengaytirishni o‗zi uchun asosiy maqsad qilib qo‗ydi. Iroq va Afg‗oniston urushlariga sarflanayotgan katta miqdordagi mablag‗lar Obamaning sanab o‗tilgan maqsadlariga erishish yo‗lidagi imkoniyatlarini keskin kamaytirdi. Obama Iroqdan AQSh harbiylarini olib chiqdi va birinchi prezidentlik muddati davomida mavjud 1,3 trillionga teng moliyaviy kamomadni ikki barobarga qisqartirishni rejalashtirdi. Moliyaviy inqiroz oqibatida ishsizlik darajasining 10 foizdan oshib ketgani ijtimoiy beqarorlik keltirib chiqarayotgan edi. 2011 yil sentyabridagi iqtisodiy- ijtimoiy qiyinchiliklarga qarshi boshlangan ―Occupy Wall Street‖ (Uoll Stritni egalla) harakati mazkur beqarorlikning yuqori cho‗qqisi bo‗ldi. Obama global terrorizmga qarshi kurash siyosatiga resurslar ajratishni keskin kamaytirib, asosiy e‘tiborni ichki barqarorlikni ta‘minlash uchun xalqaro iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni mustahkamlashga qarata boshladi. Obama uchun ikkinchi ichki bosim manfaatdor guruhlar tomonidan keldi. Bunday guruhlar hukumat yuritayotgan tashqi siyosatga ta‘sir o‗tkazish va manipulyatsiya qilish orqali o‗z manfaatlarini amalga oshirib olishga harakat qiladilar. Yaqin Sharq siyosati misolida manfaatdor guruhlar sifatida isroilparast lobbichilar va harbiy-sanoat komplekslarini misol keltirish mumkin. Amerika- 210 Isroil Ijtimoiy Ishlar Qo‗mitasi (AIPAC), Amerika Yahudiylari koalitsiyasi kabi guruhlar Yaqin Sharqda AQShning Isroil manfaatlarini ko‗zlab siyosat yuritishiga katta ta‘sir ko‗rsatadilar. Isroilga ko‗rsatilayotgan katta miqdordagi moliyaviy va harbiy ko‗makdan tashqari isroilparast lobbichi guruhlar Vashingtonni Isroil- Falastin mojarosi, Iroq Urushi va Eron yuzasidan o‗z manfaatlariga mos siyosat yurishitishi uchun undashga urindilar. Bunday guruhlarning ta‘sir o‗tkazish yo‗llari turlicha, masalan, saylov kampaniyalariga homiylik qilish, ovoz berish jarayonlarida to‗siqlar yuzaga keltirish, Kongress faoliyatiga lobbichilik orqali aralashish va h.k. Yaqin Sharq masalasida Kongress faoliyatiga isroilparast lobbichilar aralashgan vaqtda prezidentning mustaqil tashqi siyosat yuritish imkoniyatlari keskin cheklanadi. AQSH MО dаvlаtlаri bilаn turli хil kеlishuvlаrgа erishdi. O‗zbеkistоn jаnubidа Qаrshi-Хоnоbоd hаrbiy bаzаsi, Qirg‗istоndа esа Mаnаs аviаbаzаsini ijаrаgа оldi. Qоzоg‗istоndаn dаvlаt ustidаn uchib o‗tish huquqini оldi, Tоjikistоndаn аerоpоrtni vаqtinchаlik ishlаtish uchun ruхsаt оldi. ХХI аsrdаgi AQSHning glоbаl еtаkchilikа оchiqdаn-оchiq dаvоgаrlik qilаyotgаnligi vа shu sаbаbdаn hаm Mаrkаziy Оsiyo, Kаspiy dеngizi mintаqаdа tа‘sir dоrаsini kеngаytirishgа intilishi аjаblаnаrli hоl emаs. Sоbiq Pеtаgоn rаhbаri Pаul Vоlfvits o‗zining YAngi Аmеrikа аsri lоyihаsidа tа‘kidlаgаnidеk: AQSH nаfаqаt YAngi kаttа o‗yindа, bаlki butun ―Jаhоn оrоli‖dа gеgеmоnlikni qo‗lgа kiritishdаgi kurаshdа hеch qаysi millаtgа zаrrаchа imkоniyat qоldirmаsligimiz kеrаk. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling