O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Balans aktivining II. Bo‘limi “Joriy aktivlar” deb nomlanib, unda quyidagi balans satrlari ko‘rsatiladi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
Balans aktivining II. Bo‘limi “Joriy aktivlar” deb nomlanib, unda quyidagi balans satrlari ko‘rsatiladi:
Tovar-moddiy zaxiralari, jami (satr. 150 + 160 + 170 + 180), moddalarida TMZlvrning qiymatlari yuritiladi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi yoki sof sotish qiymatidan eng kam qiymati bo‘yicha baholanadi. Tannarxni belgilashda ishlab chiqarish firmasi tugallanish bosqichlarini ko‘rsatishi lozim (xom ashyo materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot-lar). Balansning «Tovar-moddiy zaxiralari, jami» (140-satr) moddasi bo‘yicha 150, 160, 170, 180-satrlarda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish zaxiralarining qoldiqlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar summasi ko‘rsatiladi. Balansning «Tovar-moddiy zaxiralari, jami» moddasi tarkibida bo‘lgan «Ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr)moddasida materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda (1000) hisobga olinadigan xom-ashyo zaxiralari, sotibolingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘ilar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, idish va idishbob materiallari, inventar va xo‘jalik jihozlari, qaytariladigan chiqindilar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Shuningdek, (150-satr) moddala o‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlarda (1100) hisobga olinadigan yosh hayvonlar; bo‘rdoqiga yaylovda boqilayotgan katta yoshdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilasi; sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan (bo‘rdoqiga boqish uchun qo‘yilmagan) katta yoshdagi chorva mollar; aholidan sotish uchun qabul qilingan chorva mollarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi hisoblar (1500) va materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlardan (1600) foydalanilganda ushbu hisoblarda ko‘rsatilgan qimmatliklar «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo‘yicha aks ettiriladi. Balansning «Tugallanmagan ishlab chiqarish» (160-satr) moddasida asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000), o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar (2100), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300), xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarni hisobga oluvchi schyolarda (2700) amalga oshiriladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi. Balansning «Tayyor mahsulot» (170-satr) moddasida ishlab chiqarishi tugallangan, sinov va qabul qilishdan o‘tgan, buyurtmachilar bilan shartnoma shartlariga ko‘ra barcha qismlar bilan butlangan va texnik shartlar hamda standartlarga muvofiq bo‘lgan buyumlar qoldig‘i, ko‘rgazmada bo‘lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan, tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) hisobga olinadigan tayyor mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar va topshirilmagan ishlar tugallanmagan deb hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida aks ettiriladi. Balansning TMZlar tarkibida bo‘lgan «Tovarlar» (180-satr) moddasida bo‘yicha omborlardagi tovarlar qoldiqlari qiymati, chakana savdodagi tovarlar qiymati, ko‘rgazmada bo‘lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan tovarlar qiymati, prokatdagi buyumlari, tovar bilan band bo‘lgan va bo‘sh idishlar qiymati, yo‘ldagi tovarlar, savdo ustamasini chegirgan holda savdo yoki umumiy ovqatlanishda o‘z faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar xarid qilgan hisobga olinadigan boshqa tovarlar qiymati ko‘rsatiladi va ularning hisobi tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarida (2900) yuritiladi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling