Buxgalteriya balansining maqsadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks ettirishi kerak.
Buxgalteriya balansining 3-ustunda hisobot davri boshiga ma’lumotlar, ya’ni oldingi hisobot davri uchun balansning 4-ustuni ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar uzoq muddatli aktivlar bo‘lib, undan ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadda foydalaniladi yoki ijaraga beriladi, ammo qayta sotish uchun mo‘ljallanmagan. Asosiy vositalar balansda «Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati» (010-satr) moddasi bo‘yicha o‘z asosiy vositalari (ishlab turgan hamda konservatsiyada bo‘lgan) va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi va ularning hisobi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0100) va 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» hisobida amalga oshiriladi.
Balansda asosiy vositalar «Eskirish summasi» alohida (011-satr) moddasi bo‘yicha tashkilot tomonidan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisoblarda (0100) va 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»hisobida hisobga olingan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi va ularning hisobi asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda(0200) yuritiladi. «Qoldiq (balans) qiymati» (012-satr) moddasi bo‘yicha 010 «Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati» va 011 «Eskirish summasi» satrlari farqi aks ettiriladi.
Asosiy vositalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) amortizatsiya qilinishga tegishli bo‘lgan aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebel, qurilma-lar, foydali qazilmalar, o‘rmon boyliklari; (2) amortizatsiyaga te-gishli bo‘lmagan aktivlar, masalan - yer. Yer uchastkalari qiymati alo-hida ko‘rsatilishi lozim. Asosiy vositalar balansda jamg‘arilgan eskirish yoki tabiiy resurslar bo‘yicha yemirilish summasi chiqarib tashlangan dastlabki qiymati (sotib olish bahosi)da ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |