O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.3-rasm. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni turkumlanishi
20.3. Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar.
1998 yil 14 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 475 son ro‘yxatga olingan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” deb nomlangan BHMS moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga alohida e’tibor berilgan. Moliyaviy hisobotdan axborotidan foydalanuvchilar quyidagilardir: 20.3-rasm. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni turkumlanishi. Moliyaviy hisobot quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak: investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; rahbar organlarning ishiga baho berish. Moliyaviy hisobot axborotiga bo‘lgan talab quyidagilarda vujudga keladi: Investorlarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish maqsadida foydalaniladi. Aksiyadorlar ham axborotlardan xo‘jalik sub’ektining dividendlarni to‘lash qobiliyatini baholashga imkon yaratadi hamda aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakligini aniqlashga yordam beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi. Kreditorlarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari kredit va uning foizlari o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Mol(tovar) yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari mahsulot yetkazib berishda va boshqa savdo qarizdordiklari summasini o‘z vaqtida to‘lanishini aniqlashga imkon beradigan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Xaridorlar va buyuritmachilarga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishga, ayniqsa ular uzoq muddatli shartnomalarga ega bo‘lsalar yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lgan axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Korxona xodimlari, ishchilariga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlari, ularning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektga yollash bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborot axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to‘g‘risidagi axborotdan foydalanadi; Hukumat vakolatli organlari va davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati, nazorat idoralari, statistika organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobot axborotlaridan resurslarning taqsimlanishi, ularga ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini tartibga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash, davlat tomonidan moliyaviy yordamlar miqdorini va xo‘jalik yurituvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lgan milliy daromadni hisoblash hamda boshqa statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotlarni olishda manfaatdor bo‘ladi; Jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mahalliy iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. Korxonalarning hisobotini quyidagi alomatlarga ko‘ra, ya’ni turlari, tuzishning davriyligi, maqsadi, hajmi va shu kabilarga qarab tasnif etish mumkin. Moliyaviy hisobot ma’lum bir vaqt oralig‘i (hisobot davri)da tayyorlanadi va quyidagi axborotlarni aks ettiradi: moliyaviy hisobotda hisobot davridagi aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish; moliyaviy hisobotda hisobot davridagi daromad va xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish; moliyaviy hisobotda hisobot davridagi pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotlarni aks ettirish. Iqtisodchi olim Z.Mamatov yillik moliyaviy hisoboti to‘g‘risida ishonchli axborot olishdan kim ko‘proq manfaatdorligi nuqtai nazaridan ularni ichki va tashqi manfaatdor tomonlarga ajratib ko‘rsatgan Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling