O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi
- Muddati uzaytirilgan xarajatlarda
Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar» (090-satr) moddasida 0710 «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy» va 0720 «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy» schyotlarida yuritiladigan o‘rnatiladigan asbob-uskunalar haqiqiy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi «Kapital qo‘yilmalar» (100-satr) moddasida kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarida (0800) yuritiladigan xo‘jalik va pudrat usulida amalga oshiriladigan tugallanmagan qurilish qiymati, foydalanishga topshirilmagan xarid qilingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, asosiy podani shakllantirish xarajatlari, shuningdek yerni, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga va boshqa vositalarga qo‘yilmalar summalari aks ettiriladi. Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi «Uzoq muddatli debitorlik qarzlari» (110-satr) moddasida 0910 «Olingan veksellar», 0920 «Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar», 0930 «Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari», 0940 «Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar» schyotlarida yuritiladigan olingan veksellarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar uchun olinadigan to‘lovlar qoldig‘i, xodimlarning uzoq muddatli qarzi va boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari aks ettiriladi. Balansning uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi «Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» (120-satr) moddasida 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i», 0960 «Diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar», 0990 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyotlarida yuritiladigan vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i, diskont (chegirma)lar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar va boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Muddati uzaytirilgan xarajatlarda, odatda, kelgusi hisobot davriga qarashli uzoq muddatli xarajatlarning oldindan to‘lovi natijalari hisoblanadi. Bunga asos tegishli hisobot davrida xara-jat bo‘lib yozilmaguncha, ular aktivlar bo‘lib hisoblanadi. Joriy aktivlar, deb tavsiflangan oldindan to‘langan xarajatlar va mud-dati uzaytirilgan xarajatlar orasidagi farq ularni hisobdan chiqarish muddati bo‘lib hisoblanadi. Muddati uzaytirilgan xara-jatlar deganda bo‘nak tariqasida to‘langan xarajatlar, xizmatlar tushuniladi. Balansning «I bo‘lim bo‘yicha jami» (130-satr) moddasi bo‘yicha 012, 022, 030, 090, 100, 110, 120-satrlar bo‘yicha summa ko‘rsatiladi. Joriy aktivlar Joriy aktivlar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt operatsion faoliyatining bir qismi bo‘lib, operatsiya sikli me’yorida o‘tayotgan paytda uni olish yoki iste’mol qilish kutilayotgan bo‘lsa joriy aktiv sifatida tasniflanadi. Mazkur aktivlar asosan qayta takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan bo‘lsa va undan hisobot vaqtidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan bo‘lsa, bunday hollarda u joriy aktiv sifatida tasnif va tan olinadi. Joriy aktivlar o‘z ichiga (1) pul mablag‘lari va (2) korxonaning normal ish sikli yoki buxgalteriya balansi sanasidan 1 yil davomida (qaysi biri uzunroq bo‘lishiga bog‘liq holda) pul mablag‘lariga aylantirilishi, sotilishi yoki sarflanishi kutiladigan boshqa aktivlarni oladi. Korxonaning normal ish sikli - tovar va xizmatlar uchun pul xarajatlari (yoki to‘lanadigan schyotlarni tuzish) bilan pul mablag‘lariga aylantirilgan tovar va xizmatlar sanasining o‘rtacha vaqt muddatidir. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning operatsion sikli - bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Uzoq muddatli va joriy operatsion aktivlarni tasnif etish maqsadida ayni shu tarmoq yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa. bir yil operatsion sikli hisoblanadi. Joriy aktivlarni turkumlash nisbatan yengil, le-kin bu yerda ham muammolar kelib chiqishi mumkin, sababi normal ish sikli va pul mablag‘lariga aylantirish uchun oqilona kutiladigan davr kabi iboralar har xil mulohazalar keltirib chiqaradi. Joriy aktivlarning ikki turi mavjud. Birinchi turi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma mablagining bir qismi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning me’yoriy operatsion sikli davomida olingan yoki iste’mol qilingan. Ikkinchi turi operatsiya aktivlari bo‘lmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot vaqtidan keyingi 12 oy davomida sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Hisobot sanasidan keyingi 12 oy davomida olinadigan yoki iste’mol qilinadigan zahiralar va debitorlik qarzlari joriy aktivlarga kiritiladi. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling