Balans passivining “O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limidagi «Sotib olingan xususiy aksiyalar» (440-satr) moddasi bo‘yicha korxonada bo‘lgan, ularni keyinchalik tarqatish yoki yo‘q qilish (bekor qilish) uchun sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylarining qiymati ko‘rsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylari sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlarida (8600) hisobga olinadi.
Taqsimlanmagan foyda. Taqsimlanmagan foyda jamg‘arilgan (korxonaning butun faoliyati davomida) sof foydasidan dividendlar va zahiralarga ajratmalarning ayirmasini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda dividendlarni to‘lashga qaratilgan summaga (cheklanmagan taqsimlanmagan foyda) va ma’muriyat yoki qonunchilik talablariga ko‘ra cheklanishi mumkin bo‘lgan (cheklangan taqsimlanmagan foyda) summaga bo‘linishi mumkin.
Balans passivining “O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limidagi «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» (450-satr) moddasida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlarida (8700) yuritiladigan hisobot yilining sof foydasi (zarari) va o‘tgan yillarning jamg‘arilgan foydasi (zarari) aks ettiriladi. Agar korxona zarar olgan bo‘lsa, hisobot davrining oxirida ushbu zarar ushbu modda bo‘yicha «minus» belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Mazkur bo‘limdagi «Maqsadli tushumlar» (460-satr) moddasida maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlarida (8800) hisobga olingan, olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari summalari va maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa maqsadli tushumlar aks ettiriladi.
Shunindek, mazkur bo‘limda «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar» (470-satr) moddasida korxona tomonidan kelgusi xarajatlar va to‘lovlar uchun xarajatlarda bir tekisda taqsimlash maqsadida zaxira qilingan mablag‘lar ko‘rsatiladi.
Balans passivining 480 moddasida “O‘z mablag‘lari manbalari” bo‘limi bo‘yicha jami (satr. 410 + 420 + 430 – 440 + 450 + 460 + 470) summasi aks ettiriladi.
Majburiyat —xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi. Majburiyatlar olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki holisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kiradi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |