O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqsimlanmagan (ortiqcha o’tkazilgan) ustama sarflarni hisobdan chiqarish.
- Oraliq foydani hisoblash- Tugallanmagan loyiha bo’yicha foydani hisoblash besh qadamdan iborat
27.3. Haqiqiy va me’yoriy kalkulyatsiyalash usullaridagi farqlar
Haqiqiy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnat va ishlab chiqarish ustama sarflaridan foydalaniladi. Me’yoriy kalkulyatsiyalashda haqiqiy xarajatlar: bevosita materiallar, bevosita mehnatdan foydalaniladi, ishlab chiqarish ustama sarflari esa ustama sarflar baza mezonining haqiqiy miqdoriga ko’paytirilib, ustama sarflarni taqsimlashning reja stavkasidan foydalanib, buyurtmalarga o’tkaziladi.49
Kompaniya normal kalkulyatsiyalashdan foydalanadi va ustama sarflarning rejadagi 0,5 sh.b./mehn-soat stavkasidan foydalanishdi. Jami 21 000 mehn-soat ishlangan. Jami 10 500 sh.b. (21 000 x 0,5) taqsimlangan.
Taqsimlanmagan (ortiqcha o’tkazilgan) ustama sarflarni hisobdan chiqarish.
Kompaniya taqsimlanmagan (ortiqchasi bilan o’tkazilgan) ustama sarflarni sotilgan mahsulot tannarxiga kiritadi.
27.4. Tugallanmagan kontraktlar bo’yicha foydani aniqlash . Uzoq muddatli kontrakt-odatda muddati bir yildan ortiq kontraktdir. Kontraktlar bo’yicha jurnal pravodkalari. Kontrakt tannarxini kalkulyatsiya qilish jarayonida har bir kontrakt kalkulyatsiya qilinayotgan mahsulotning alohida birligi hisoblanadi va shuning uchun har bir kontrakt bo’yicha harajatlar buxgalteriya bosh daftarida alohida schyotda to’planadi. Xarajatlarning turli elementlari quyidagilar bilan bog’liq:50Asosiy materiallar: Kontraktga kiritiladigan materiallar maxsus sotib olingan materiallardan hamda pudratchi omboridagi materiallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda tegishli xarajatlar kontrakt schetining debetiga yoziladi. Ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi: Kontrakt hisobiga o’tkaziladigan mehnat harajatlari rejalar va xujjatlarni tuzish bilan bog’liq ofis ishlari (jumladan aniq ishchilar maoshi va ish vaqti hisobi), bevosita zavodda (korxonada)gi ishlab chiqarish operatsiyalari va qurilish uchastkasidagi ishlarni o’z ichiga olishi mumkin. Qurilish joyidagi kontrakt bo’yicha barcha ishlarga bevosita mehnat sifatida qaraladi. Quruvchilarning turli uchastkalardagi ish vaqtini hisoblash ish vaqtini hisobga olish tabeli orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunday mehnat bo’yicha barcha xarajatlar kontrakt hisobiga kiritiladi. Bevosita xarajatlar- Materiallar va mexnatdan tashqari kontrakt bo’yicha bevosita xarajatlar borki, ularning ahamiyati katta. Bu toifaga ikki asosiy modda, ya’ni ishlab chiqarish qurilmalari va subpudrat bo’yicha ishlar kiradi.Ishlab chiqarish qurilmalari- Ishlab chiqarish qurilmalari va uskunalar kontrakt uchun maxsus sotib olingan bo’lishi mumkin. Bunday holatda kontrakt schyoti sotib olingan uskunalarning tannarxi bo’yicha debetlanadi. Yoki ishlab chiqarish uskunalari boshqa kontraktlarga berilishi mumkin. Bu holda qisman hisobdan chiqarilgan qiymatga ega bo’lamiz va bu qiymatga kontrakt schetimiz debetlanib, qaysi kontrakt schetidan chiqarilsa, shu schet kreditlanadi. Har bir hisobot davrining oxirida mulk hisobidagi ishlab chiqarish qurilmalarining qoldiq qiymati, miqdori kontrakt schetida kredit provodkasi sifatida bo’ladi, ya’ni qoldiq kelgusi davrning boshlanishiga o’tkaziladi. Buxgalteriya provodkalarining sof natijasi shundan iboratki, ishlab chiqarish qurilmalarining amortizatsiyasi avtomat ravishda kontrakt schetiga kirim qilinadi. Ishlab chiqarish qurilmalari ma’lum kontrakt bo’yicha foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya ushbu ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilmagani uchun ijara bo’yicha sarflarga yagona jurnal provodkasi beradi va bu sarflarga kontrakt scheti debetlanadi.Subpudrat bo’yicha ishlar. Konrakt katta bo’lsa yoki ishning ma’lum jihatlari bo’yicha mutaxassislarning faoliyati bilan bog’liq kontrakt bo’lsa, kompaniya subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi bajargan har qanday ishning tannarxi kontraktning bevosita xarajatlari hisoblanadi va kontrakt schetini debetida hisobga olinadi.Bilvosita xarajatlar- Ko’p pudratchilar o’z xarajatlarini alohida kontraktlarga taqsimlashga urinmaydi, chunki ko’pincha ular bevosita xarajatlarga nisbatan qiymati juda oz bo’ladi. Shunga qaramay, bunday bilvosita xarajatlar ayrim kontraktlarga taqsimlansa, u holda kontrakt schetiga ancha miqdorda summa kirim qilingan bo’lar edi.Ekspert xulosasi va ushlab qolinadigan summa51- Har bir kontraktning qiymati ijrochi va mijoz o’rtasida kelishiladi va u kontrakt qiymati deb yuritiladi. Kontarkt juda katta bo’lib, ishlar ko’p oyga, hatto yillarga cho’ziladigan bo’lsa, pudratchi o’z mijozidan kontrakt qiymatiga muvofiq oraliq to’lovlarini olishni kutadi. Bunday to’lovlar o’sha paytgacha kontrakt bo’yicha bajarilgan ishlarning hajmiga muvofiq bo’ladi. To’lovlar tartibi quyidagicha:Ekspert xulosasi- Kontrakt bo’yicha ishlar bajarilishiga qarab, buyurtmachining eksperti xulosa beradi, unda kontrakt qiymatining ijrochi bajargan ish hajmiga mutanosib to’lanishi mumkin bo’lgan qismi ko’rsatiladi. Ko’p hollarda ijrochi bunday bosqichda oraliq to’lovi miqdoriga schet-faktura beradi.Ushlab qolinadigan summa-Kontarktni bajarish davrida ijrochi odatda qiymatning ekspert xulosasida aniqlangan qismini oladi. Buyurtmachi ushlab qoladigan summa «Ushlab qolinadigan pul miqdori» sifatida ma’lum. Bu summa ijrochiga kontrakt tugallanib, har qanday nuqsonlar to’g’irlangandan so’ng beriladi.Tugallangan kontrakt bo’yicha tushuntiriladigan foyda- Kontrakt uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lsa, ijrochi o’z hisobotlarida kontrakt bo’yicha foydani ko’rsatishiga yo’l qo’yiladi. Ishning tugallanish foizi usuli bir necha yil davomida foyda olinmay, birdaniga kontrakt tugallangan yilda foyda paydo bo’ladigan noizchillikdan qutilishga imkon beradi. Tugallanmagan kontraktda foydaning qanday miqdorini tan olish mumkinligi to’g’risida qaror qabul qilish chog’ida quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:52Oraliq foydani tan olishdan avval kontrakt muvaffaqiyatli chiqishi aniq bo’lishi lozim. Har qanday foyda ushbu sanada kontrakt bo’yicha bajarilgan ishlarga mutanosib olinishi kerak. Kontrakt bo’yicha kutilayotgan umumiy yo’qotishlar miqdoriga nisbatan mumkin qadar tez chora ko’rish zarur. Oraliq foydani hisoblash- Tugallanmagan loyiha bo’yicha foydani hisoblash besh qadamdan iborat:1-qadam. Kontraktni amalga oshirishning umumiy qiymatini aniqlang (narxi qayd etilgan kontrakt uchun kontrakt qiymati umumiy qiymat hisoblanadi). Bu qadamni (a) deb ataymiz. 2-qadam. Kontraktni bajarish davomida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xarajatlarning umumiy miqdorini hisoblang. Bu bandni (b) deb ataymiz, u ikki elementdan iborat: 1.Shu sanaga qadar qilingan qayd etilgan xarajatlar, plyus qo’shiladi 2.Kontraktni bajarish uchun kelgusida zarur bo’ladigan taxminiy xarajatlar. 3-qadam. Kontrakt bo’yicha nazarda tutilgan taxminiy foyda (a)dan (b)ni ayirib tashlash bilan aniqlanadi. 4-qadam. Shu sanada tushuntiriladigan foyda shu vaqtda bajarilgan ish hajmini aks ettirishi lozim. Bu quyidagicha hisoblanadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling