O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’linmaga o’tkazilgan
- 28.2. Ekvivalent birliklarni hisoblash
- Shartli (ekvivalent) birliklarni aniqlash
- 28.3. Boshqa jarayonga o‘tkaziladigan tayyor mahsulotni va tugallanmagan ishlab chiqarishni o’rtacha tortilgan usuli va FIFO usuli bo’yicha baholash
- 2) FIFO usuli
Jarayonli kalkulyatsiyadan odatda ishlov berishning bir necha bosqichidan o’tadigan bir xil mahsulotni ko’plab ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bunda mahsulot bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisobini vaqtning ma’lum davri bo’yicha yuritish maqsadga muvofiqdir. Kimyo, un yorma, oyna va lak bo’yoq sanoati bunga misol bo’ladi. Xarajatlar bo’linmalar bo’yicha yoki muayyan davrdagi jarayonda to’planadi. So’ngra umumiy xarajatlarning solishtirma xarajatlarini aniqlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot birligi miqdoriga taqsimlanadi.54
Bu usulda xarajatlar hisobot davrida alohida bo’linmalar bo’yicha yoki ma’lum vaqt davomidagi jarayonga to’planadi. Har bir bo’linma uchun «Tugallanmagan ishlab chiqarish» scheti ochiladi. Mahsulot birligiga ishlov berilib tayyor bo’lganga qadar u bir necha bo’linma yoki jarayondan o’tadi. Har bir bo’linmada xarajatlar mahsulotga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish jarayonining oxirida ushbu xarajatlar mahsulot birligiga ketgan umumiy xarajatlarni aniqlash uchun jamlanadi. Masalan, 1000 dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, mahsulot birligiga xarajat 6,5 sh.b.ni tashkil etadi (6500/1000) Jarayon bo’yicha kalkulyatsiyalashda barcha ishlab chiqarish xarajatlari va tayyorlangan mahsulot birligi miqdori ishlab chiqarish hisobotida yig’iladi:
Miqdor
28.2. Ekvivalent birliklarni hisoblash Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir.55 Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan barcha mahsulot birliklariga ma’lum davrda ishlov berish tugallangan bo’lganda hisoblar oson bo’lar edi. Amalda davr boshida (oxirida) mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan birliklarga ham taqsimlanishi kerak. Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi: 1. Mazkur hisobot davrida boshlangan va tugallangan buyumlarning umumiy miqdoriga va 2. Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish ustida bajarilgan ishlar aks ettiruvchi yig’masiga teng bo’ladi. Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari ishlov berish xarajatlari deb atalgan guruhga birlashtiriladi hamda butun ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi. Shu sababli materiallar bo’yicha shartli birliklar ishlov berish bo’yicha shartli birliklar miqdoridan farq qiladi. Shartli (ekvivalent) birliklarni aniqlash: Barcha ishlab chiqarish faqat tugallangan birlikka olib borganda, ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta mahsulot birligi bo’lsa va 80 %iga ishlov berish tugallangan bo’lsa, ekvivalent ishlab chiqarish 800 birlikni tashkil qiladi (1000 x 80 %). Ekvivalent ishlab chiqarish materiallar va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha alohida hisoblanadi56. Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta birlik bo’lib, 90 % materiallar bo’yicha tugallangan va 50 % qo’shilgan xarajatlar bilan tugallangan bo’lsa, materiallar bo’yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni (1000 x 90 %) va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari o’rtacha tortilgan usuldan va FIFO usulidan foydalanib, tugallanmagan ishlab chiqarishga, tayyor mahsulotga, sotilgan mahsulotning tannarxiga o’tkaziladi. 28.3. Boshqa jarayonga o‘tkaziladigan tayyor mahsulotni va tugallanmagan ishlab chiqarishni o’rtacha tortilgan usuli va FIFO usuli bo’yicha baholash Kalkulyatsiyalashning jarayonli usulida o’rtacha tortilgan usuldan yoki FIFO usulidan foydalanish mumkin. 1) O’rtacha tortilgan usul O’rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlarini davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bilan o’rtacha miqdorga keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr davomida tugallangan mahsulot birliklarini tugallangan ishlab chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo’shish bilan aniqlanadi. So’ngra umumiy xarajatlar (davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga xarajatlarni aniqlash uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi. 2) FIFO usuli FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyumlar davr boshida tugallanishini, so’ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga kiritilishini nazarda tutadi. FIFO usuli tushunish uchun murakkab bo’lsa ham o’rtacha tortilgan usulga nisbatan aniqroq natija beradi, eng muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi. Bunday yondashuv davr davomida ekvivalent birliklarni ishlab chiqarish natijasida vujudga kelgan joriy xarajatlarni taqsimlashga olib keladi. Ekvivalent ishlab chiqarish uch elementdan iborat:57 1. Davr boshiga tugallanmagan ishlab chiqarishdan tugallangan birliklar; 2. Ishlov berish boshlangan va tugallangan birliklar; 3. Davr oxirida ishlov berish qisman tugallangan birliklar. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling