O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet25/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Misol. Ta’mirlash xarajatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotga o‘tkazilganda:
Bino rekonstruksiyasi:
Pudrat usuli
1) Pudrat tashkilotiga bo‘nak hisoblab o‘tkazildi (15%)
Debet 4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob raqami»

  1. Pudrat ishlari bajarildi

Debet 0810-«Tugallanmagan qurilish»
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar»
3)Bo‘nak hisobga kiritildi (15%)
Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar»
Kredit 4330-«Boshqa berilgan bo‘naklar»

  1. Pudrat tashkilotiga pul mablag‘lari (85%) hisoblab o‘tkazildi

Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob raqami»
4) Bino rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi
Debet 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»
Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish»
Xo‘jalik usuli
Ishlab chiqarish sex binosiga kapital qo‘yilmalar aks ettirildi ta’mirlash xarajatlari aks ettirildi
Debet 0810-«Tugallanmagan qurilish»
Kredit 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar»
Kredit 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar»
Kredit 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar (YaIT)»
Debet 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar»
Rekonstruksiyadan so‘ng binoning foydalanishga topshirilganligi aks ettirildi
Debet 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»
Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish»
Ob’ektni ishchi holatida tutib turish va undan foydalanishdan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydaning belgilangan boshlang‘ich summasini olish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar ular daxldor bo‘lgan hisobot davridagi xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turishga doir xarajatlar (texnik ko‘rikdan o‘tkazish va holatini yaxshilashga oid xarajatlar) hamda ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar ob’ektlarining barcha turdagi ta’mirlanishini (joriy, o‘rtacha, kapital tarzda) o‘tkazish xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi, ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha esa - davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Agar bitta asosiy vositada turlicha foydali ishlatish muddatiga ega bo‘lgan bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo‘lsa, tiklash chog‘ida har bir bunday ob’ektni almashtirish chiqib ketish va mustaqil inventar ob’ektini xarid qilish sifatida hisobga olinadi.
Uchinchi usul xaqiqatdagi xarajatlar AVni ta’mirlashga ilgari barpo etilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqariladi.
Rezerv fondining tashkil qilinishi asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini yil davomida mahsulot va bajarilgan ish, xizmat tannarxiga bir tekis o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ta’mirlash ishlarini olib borish uchun rezerv xo‘jalik yurituvchi sub’ektda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruhsati bo‘yicha tashkil bo‘ladi. Rezerv summasi har oyda, korxona tomonidan mustaqil belgilanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga ko‘shiladi. Normativ besh yil muddatga qat’iy belgilangan summada ishlab chiqilishi lozim yoki asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan foiz ko‘rinishida bo‘ladi. Rezerv summasining to‘g‘ri tashkil qilinganligi va undan to‘g‘ri foydalanish vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi.
Tekshirish smeta, hisob-kitob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Rezerv summasi 8910- «Kelgusida qilinadigan harajat va to‘lovlar rezervi» schyotida hisob qilinadi.
Asosiy vosita ob’ekti foydalanishda bo‘lgan sex kuchi bilan bajarilgan, ta’mirlash ishlari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Ta’mirlash ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo‘jalik usulida ta’mirlash ishlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning remont-mexanika sexi yoki asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa ta’mirlash ishlari mahsus remont-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Tamirlash ishlari pudrat usulida bajarilsa, tugallangan ta’mirlash ishlari «qabul qilish-topshirish akti» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Aktda ta’mirlash ishlarining smeta qiymati, haqiqiy qiymati, ob’ektning nomi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Akt ikki nusxada yozilib, bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga, pudratchi schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini schyotlarga yozish, 8910- «Kelgusidagi harajatlar rezervi va to‘lovlari» schyotidan foydalanilgan holda aks ettirilishi buxgalteriya provodkalari quyidagicha:
Asosiy vositalarni ta’mirlash jarayonida olingan, qaytariladigan chiqindilar, ulardan foydalanish bahosi bo‘yicha qabul qilinadi va asosiy vositalarning tamirlash bo‘yicha haqiqiy harajatlarning kamayishiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan yoziladi:



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling