O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash


Download 5.72 Mb.
bet33/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

16.2. Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning nomoddiy aktivlari tarkibida 0400-son schyotida quyidagilar aks ettiriladi: patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk, savdo markalari (bunga firma markalari va nashr etiladigan nomlar ham kiradi), mutlaq huquqlar, kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, mualliflik huquklari, mijozlarning ro‘yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish xarajatlari, yani "boshlang‘ich xarajatlar"), nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilimlar, gudvill (firma bahosi), texnikaga oid ko‘nikmalar va h.k.
Nomoddiy aktiv aktiv ko‘rinishida faqatgina, agar u:

  • aktiv talabini qondirsa;

  • o‘lchash imkoniga ega bo‘lsa;

  • o‘z ahamiyatiga ega bo‘lsa;

  • ishonchli bo‘lsa;

  • kelgusida iqtisodiy foyda keltirsa;

  • aniq (ya’ni, undan u ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida ajratilgan holda foydalanilishi mumkin) bo‘lganidagina tan olinadi.

Aktiv, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt undan kelgusida olinadigan alohida sotish, almashtirish yoki taqsimlash imkoniga ega bo‘lsagina, bo‘linishi mumkin.
Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib hisoblanadi:
-xarid qilish, vaqtidagi tannarx qoidasi;
-ko‘rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan daromadning bir vaqtning o‘zida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi;
-hisobdan chiqarish vaqtida, yani chiqib ketishlardan ko‘rilgan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to‘lov va balans qiymati o‘rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BXMS "Nomoddiy aktivlar"ga asosan nomoddiy aktivlarning quyidagicha turkumlanadi:
Patent - bu yuridik jihatdan tan olingan va ro‘yxatga olingan mutloq huqukdir. Patentga tegishli huquq uning egasiga tashqaridan boshqa shaxslar aralashmasligi sharti bilan buyumdan yoki g‘oyadan foydalanish, ularni ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish imkonini beradi.
Patentning tegishli organlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning himoyalanishiga kafolat bermaydi. Ushbu huqukdar sudda muvaffaqiyat bilan himoyalanmaguniga qadar raqobatbardosh bo‘la olmaydi. Shuningdek, sudda huquq himoya qilinishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni patent bahosining bir qismi sifatida kapitallashtirish lozimligi to‘g‘risida umumiy kelishuv mavjud.
Mabodo sud jarayonida yutqazilsa, u bilan bog‘liq xarajatlar ham amortizatsiya qilinmagan patent qiymati ham hisobdan chiqariladi

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling