O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi


Download 5.72 Mb.
bet29/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

15.10. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi.

Hozirgi davrda sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqarishga keng joriy qi-lish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, korxona mablag‘larini ijaraga olish (lizing) munosabatlari.


Ijara munosabatlari deganda nima tushuniladi?
Ijara munosabatlari tushunchasining mohiyati shundan iboratki, bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma asosida ishlab chiqarish vositalari, yer va boshqa mol-mulklarni ma’lum bir muddatga ijara to‘lovi asosida foydalanish uchun oladi. Ijara munosabatlarida ijara haqi muhim rol o‘ynaydi va ijarachi bilan ijara beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Asosiy vosita ijarasi bu, ijaraga oluvchini ho‘jalik faoliyatini mustaqil amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy vosita ob’ektlaridan foydalanishi yoki mulkchilik huquqiga ega bo‘lishga asoslangan shartnomadir.
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijara shartnomasi, ijara haqi miqdori, ijara muddati, tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassam etishi lozim.
Ijaraning quyidagi turlari mavjud:
Ijara muddatiga qarab:
uzoq muddatli ijara - bir yil va undan ortiq muddatga;
qisqa muddatli ijara - bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga;
Mulkni topshirish shartiga ko‘ra:
moliyalashtirilgan;
joriy.
Asosiy vositalarni moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirishda asosiy vositalarni joriy qiymatigacha qayta baholash amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati (agar topshi-riladigan ob’ektdan foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq qiymati (agar topshirishgacha ob’ektdan foydalanilgan bo‘l-sa) va joriy qiymati orasidagi farq, ular moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilgan takdirda kelgusi davrlar daromad (xarajat)lari sifatida aks ettiriladi. Lizing to‘lovi hisoblab yozilishi davomida ular bir maromda (har oyda) moliyaviy faoliyatdan olingan daromadga kiritiladi.
Misol. Lizing beruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshlang‘ich qiymati 350000 so‘mlik bo‘lgan uskunani moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshiradi, 300000 so‘mlik shart-noma qiymati bo‘yicha hisoblab yozilgan eskirish 140000 so‘m.
Provodkalar quyidagicha bo‘ladi:
- shartnoma bahosi bo‘yicha chiqib ketish hamda joriy va uzoq muddatli qismini ajratgan holda butun lizing davri uchun belgilangan lizing to‘lovlarining aks etishi:
D-t 0920, 4810-«Moliyaviy lizing bo‘yicha olinadigan to‘lovlar» - 300000 so‘m
K-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 300000 so‘m.
Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 350000 so‘m
K-t 0130-«Mashina va uskunalar» - 350000 so‘m.
- hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish:
D-t 0230-«Mashina va uskunalarning eskirishi» -140000 so‘m
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 140000 so‘m.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasini aks ettirish quyidagicha bo‘ladi:
D-t 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» - 90000 so‘m
K-t 7230,6230-«Muddati uzaytirilgan daromad» - 90000 so‘m.
- lizing to‘lovlari kelib tushganda:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
K-t 4810-«Lizing bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar».
Bir vaqtning o‘zida moliyaviy faoliyatdan olingan daromaddan muddati uzaytirilgani daromadning tegishli qismini hisobdan chiqarish buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 6230-«Muddati uzaytirilgan daromad»
K-t 9550-«Moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra mol-mulkni topshirishdan olingan daromad».
Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ijara shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijara shartnomasi, ijara haqi miqdori, ijara muddati, tomonlarning ijara shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassam etishi lozim.
Moliyaviy ijara ob’ektlarini keyinchalik moliyaviy ijaraga berish maqsadlarida xarid qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari ularni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" yoki 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoxud boshqa tegishli schyotlar;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarini xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti, 6110 "Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanadigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan qoplanmaydigan va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilganda:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) ijara ob’ektini xarid qilish va uni belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ekti sotuvchi tomonidan ijaraga beruvchini (lizingga beruvchini) chetlab bevosita ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) yetkazib berilsa, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara ob’ektining kirimi va chiqimi to‘g‘risidagi yozuvlar moliyaviy ijara ob’ektining harakatini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining sharti bo‘yicha ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ekti sotib olingan bo‘lsa, lekin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) ma’lum sabablarga ko‘ra uni qabul qilishdan bosh tortsa, mazkur moliyaviy ijara ob’ekti undan foydalangunga yoki chiqib ketgunga qadar kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadi.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Moliyaviy ijara ob’ektlari berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymat bilan moliyaviy ijara ob’ektining boshlang‘ich (agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa) yoki qoldiq (agar ob’ekt berilgunga qadar foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa) qiymati o‘rtasidagi farq 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotida hisobga olinadigan moliyaviy ijara ob’ektlarining qayta baholash natijalarini, ya’ni ushbu moliyaviy ijara ob’ekti bahosining oldingi o‘sishi summasining, ijara ob’ekti bahosining oldingi pasayishi summasidan ortgan summasini hisobga olgan holda tuzatishlar qilingandan so‘ng, kechiktirilgan daromad (xarajat) sifatida aks ettiriladi va ijara (lizing) to‘lovining hisoblanishiga qarab bir maromda (oyma-oy) asosiy faoliyatning boshqa daromadlariga (boshqa operatsion xarajatlariga) olib boriladi.
Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga (lizingga oluvchiga) berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanilmagan bo‘lsa, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlari moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) moliyaviy ijara ob’ektining qayta baholash natijalari (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
d) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarini berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti.
Moliyaviy ijara ob’ektlarining ijaraga oluvchiga berilishi, agar berilayotgan ob’ekt oldin foydalanishda bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni asosiy vositalar tarkibida bo‘lgan holatda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar moliyaviy ijaraga berilganda, ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymatiga:
debet 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
b) asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
v) asosiy vositalarning jamlangan eskirishi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
g) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini yetkazib berish va uni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
d) asosiy vositalarning ushbu ob’ektini qayta baholash natijalari (qoldig‘i) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan daromadlar paydo bo‘lganda:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy vositalarni berish natijasida kechiktirilgan xarajatlar paydo bo‘lganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
Moliyaviy ijara ob’ektlarining moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarning hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan daromadlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida paydo bo‘lgan kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismining hisobot davri davomida bir maromda moliyaviy natijalarga o‘tkazib borilishi:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalar joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) hisoblangan daromadi summasini (ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
debet 4830 "Olinadigan foizlar"schyoti;
kredit 9550 "Moliyaviy ijaradan daromadlar"schyoti.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashishga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar".
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) ijara (lizing) to‘lovlarining kelib tushishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan uzoq muddatli to‘lovlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti;
v) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga oluvchidan (lizingga oluvchidan) oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4830 "Olinadigan foizlar" schyoti.
Moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektining qaytarilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
g) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara ob’ektini muddatidan oldin qaytarishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara to‘xtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara ob’ektining qoplanmagan qiymati summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 4810 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 0920 "Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
b) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash xarajatlarining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplash uchun tan olinishi:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti - joriy qismi;
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha moliyaviy ijara ob’ektlarining berilishi natijasida vujudga kelgan kechiktirilgan xarajatlarning qolgan summalarini moliyaviy natijalarga o‘tkazish:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - joriy qismi;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti - uzoq muddatli qismi;
d) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara ob’ektini yaxshilash bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Ijaraga oluvchida (lizinga oluvchida) moliyaviy ijara bo‘yicha operatsiyalarning hisobi
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan past bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Agar minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda moliyaviy ijara ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara ob’ektining joriy qiymati bo‘yicha tan olinishi lozim.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olib kelingan moliyaviy ijara ob’ektlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara ob’ektlarini ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida aktiv va majburiyat sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha kirim qilish:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti;
b) moliyaviy ijara ob’ektlarini belgilangan maqsadi bo‘yicha foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
v) moliyaviy ijara ob’ektlarini boshlang‘ich qiymat bo‘yicha foydalanishga topshirish (ularning asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilishi):
debet 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800).
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti;
b) Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni ishchi holatda saqlab turish (joriy, o‘rtacha yoki kapital ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar.
Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni hisoblash va ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti;
kredit 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
b) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq moliyaviy ijara bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga:
debet 9610 "Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar" schyoti;
kredit 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
v) ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) ijara (lizing) to‘lovlarining joriy qismi to‘langanda:
debet 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara (lizing) to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) oldin to‘langan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6920 "Hisoblangan foizlar" schyoti;
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
kredit 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va boshqalar) xarajatlari summasi moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qiymatini ko‘paytiruvchi kapital qo‘yilmalar sifatida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet 0860 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
b) kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda:
debet 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyoti;
kredit 0860 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar" schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha eskirish hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi" schyoti.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirilishini qayta baholash buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga:
debet 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ob’ektlari boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘sishi summasiga;
debet 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining o‘sishi summasiga;
kredit 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi bahosining o‘sishi summasiga;
kredit 0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining o‘sishi summasiga;
kredit 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bahosining o‘sishi va jamlangan eskirishlar bahosining o‘sishi summalari o‘rtasidagi farq summasiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi summasiga:
debet 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi bahosining pasayishi summasiga;
debet 0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi bahosining pasayishi summasiga;
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti - ilgari qayta baholash natijasida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ob’ektlarining va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari o‘sishi summasiga yoki ushbu ob’ektlarning ilgarigi baholari o‘sishi summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan qismi doirasidagi summaga;
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ob’ektlarining va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning baholari pasayishi summasining ushbu ob’ektlarni ilgari qayta baholash natijasida baholari o‘sishi summasidan oshgan qismiga yoki ushbu ob’ektlarning ilgarigi baholari o‘sishi summasining ilgarigi baholari pasayishi summasidan oshgan summasiga (ya’ni ushbu ob’ektlar bo‘yicha bahosining pasayishi summasining 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotida hisobga olingan qoldiq summasidan ortgan qismiga);
kredit 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ob’ektlari boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining pasayishi summasiga;
kredit 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining pasayishi summasiga.
Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) mulkiga o‘tishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning o‘z asosiy vositalari tarkibiga o‘tkazilishi, agarda ushbu ob’ektlar bo‘yicha amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari qiymati mavjud bo‘lsa, ularni ham qo‘shgan holda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100 - asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
kredit 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning obodonlashtirishini o‘z asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazilganda, ular bo‘yicha jamg‘arilgan eskirish summalarini o‘tkazish (ko‘chirish):
debet 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirishi summasiga;
debet 0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirishi summasiga;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200 - asosiy vositalarning turlari bo‘yicha);
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘ini to‘lash summasiga:
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti - joriy qismi;
debet 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti - uzoq muddatli qismi;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Ijaraga beruvchiga (lizingga beruvchiga) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish ob’ektlari qaytarilganda, buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 0310 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
kredit 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga;
b) jamlangan eskirish summasiga:
debet 0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning jamlangan eskirish summasiga;
debet 0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi" schyoti - moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning jamlangan eskirish summasiga;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
v) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish qiymatining ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
g) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan mazkur asosiy vositalar ob’ektlarini va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish ob’ektlarini qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
d) ijara (lizing) to‘lovlari jadvali (tartibi) bo‘yicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldig‘i summasiga:
debet 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti;
debet 7910 "To‘lanadigan moliyaviy ijara" schyoti - uzoq muddatli qismi (moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilish amalga oshirilgan hollarda qo‘llaniladi);
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
e) moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish bo‘yicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
j) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 9310 "Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda" schyoti;
z) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyoti;
i) moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijaraga beruvchidan (lizingga beruvchidan) pul mablag‘lari kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari" schyoti.
Mulkni keyinchalik qayta ijaraga olish (lizingga olish) sharti bilan sotish hollarida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) mulkini sotish operatsiyalari oldi-sotdi sifatida qaraladi va sotuvchining buxgalteriya hisobida O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma"ga (2002 yil 23 oktabr, ro‘yxat raqami 1181 - Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 y., 20-son) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyinchalik ijara hisobi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) tomonidan mazkur Nizomda o‘rnatilgan tartibda yuritiladi.
Opyerativ ijara hisobi
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar ijarachida balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 "Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar" schyotining debetida aks ettiriladi. Bunda, operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchida xuddi oldingi kabi asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi.
Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblanganda:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
b) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
kredit 9030 "Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar" schyoti;
v) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda joriy davrga tegishli bo‘lgan va ijaraga oluvchidan kelib tushadigan ijara to‘lovlari (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) hisoblanganda:
debet 4820 "Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9350 "Operativ ijaradan daromadlar" schyoti;
g) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
d) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlarining kelib tushishi:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4820 "Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
e) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha bo‘nak kelib tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar"schyoti;
j) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijarachidan oldin olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti;
kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";
z) mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblanmagan korxonalarda ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijarachidan oldindan olingan bo‘naklar qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6390 "Boshqa olingan bo‘naklar" schyoti,
kredit 4820 "Operativ ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
i) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarning ijaraga beruvchi tomonidan qoplash uchun tan olinganda:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
k) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun ijarachiga pul mablag‘lari o‘tkazilganda:
debet turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Operativ ijara bilan bog‘liq operatsiyalar ijarachining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan va hisobot davriga tegishli (ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq) ijara to‘lovlari hisoblanganda:
debet xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2000, 2100, 2300, 2500, 2600, 2700, 9400 va boshqa schyotlar - operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning belgilangan maqsadiga qarab);
kredit 6910 "To‘lanadigan operativ ijara" schyoti;
b) ijaraga beruvchiga ijara to‘lovlari to‘langanda:
debet 6910 "To‘lanadigan operativ ijara" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
v) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelmagan ijara to‘lovlari bo‘yicha ijaraga beruvchiga bo‘nak to‘langanda:
debet 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
g) ijara to‘lovlari jadvaliga (tartibiga) yoki operativ ijara shartnomasiga muvofiq to‘lov muddati yetib kelganda, ijaraga beruvchiga oldin to‘langan bo‘naklarni qoplashga (hisoblashga) olib borilganda:
debet 6910 "To‘lanadigan operativ ijara" schyoti;
kredit 4330 "Boshqa berilgan bo‘naklar" schyoti;
d) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar amalga oshirilganda:
debet kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) va boshqa tegishli schyotlar;
e) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarilganda, kapital qo‘yilmalar summasini hisobdan chiqarish:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
j) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasiga:
debet 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
z) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida olingan foyda summasiga:
debet 9220 " Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 9320 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda" schyoti;
i) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning berilishi natijasida ko‘rilgan zarar summasiga:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
k) operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni yaxshilash bo‘yicha kapital qo‘yilmalar qiymatini qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablag‘lari tushganda:
debet pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4890 "Boshqa debitorlar qarzlari schyoti.
Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar qaytarib berilganda, balansdan tashqari schyot hisoblangan 001 "Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar" schyoti kreditlanadi.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling