O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet37/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

boshlang‘ich qiymat - nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki ularni xarid qilish bo‘yicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar qiymati (pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari summasi yoki boshqa koplamaning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va koplanmaydigan soliqlar (yigimlar), shuningdek foydalanishga topshirish xarajatlari hamda aktivdan mo‘ljallanganligiga qarab foydalanish uchun uni ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogliq bo‘lgan boshqa xar kanday xarajatlar;
joriy qiymat - nomoddiy aktivlarning muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlaridagi qiymati yoki bitim tuzishni xoxlagan, xabardor, bir-biriga bogliq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
qoldiq (balans) qiymati - boshlangich (qayta tiklash) qiymat bilan jamgarilgan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan o‘lchovi;
tugatish qiymati - aktivning foydali xizmat muddati oxirida uni tugatish vaqtida aktiv evaziga olish mo‘ljallangan, aktivni hisobdan o‘chirish xarajatlari chiqarib tashlangan aktivning taxminiy (baholangan) qiymati;
amortizatsiya qiymati - moliyaviy hisobotda aks ettirilgan aktiv boshlangich (qayta tiklash) qiymatining mo‘ljallangan (baholangan) tugatish qiymati chiqarib tashlangan summasi;
Nomoddiy aktivlar barcha turlarining boshlang‘ich qiymati ularning dastlabki bahosi hisoblanadi va ular buxgalteriya hisobiga mana shu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Pul to‘lash evaziga tassarruf qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • huquqni o‘tkazish (egallash) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) to‘lanadigan summalardan;

  • ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat poshlinalari, patent poshlinalaridan va huquq egasining mutloq huquqlari o‘tkazilishi (egallanishi) munosabati bilan amalga oshirilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlardan;

  • bojxona boji to‘lovlari va yig‘imlaridan;

  • nomoddiy aktivlarning egallanishi munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarning summalaridan (agar ular koplanmagan bo‘lsa);

  • nomoddiy aktivlarning egallanishi bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summalardan;

  • nomoddiy aktivlarni egallashda vositachilik qilgan shaxslarga to‘lanadigan haqdan;

  • nomoddiy aktivlarni yetkazish (yaratish) tavakkallarini sugurta qilish bilan bogliq xarajatlardan;

  • aktivdan mo‘ljallanganligiga qarab foydalanish uchun uni ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogliq bo‘lgan boshqa xarajatlardan.

  • tassarruf qilingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, pulni o‘tkazganlik uchun bank vositachilik haqi, nomoddiy aktiv chet el valyutasiga olinganida valyutani konvertatsiya qilish vositachilik haqi va boshqa bank xizmatlari), shuningdek egallash shartnomalarini tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bogliq xarajatlar hamda aktivlarni egallash bilan bevosita bogliq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular vujudga kelgan hisobot davrida xarajatlar deb e’tirof etilishi lozim.

  • tassarruf qilingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash vaqtida, agar shartnoma shartlarida to‘lov muddatini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, amaldagi xarajatlar buxgalteriya hisobiga kreditorlik qarzining qayd etilgan boshlangich summasi bo‘yicha qabul qilinadi. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz tarzidagi xarajatlar to‘la yoki qisman qarz kapitali hisobiga egallangan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.

Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, faqatgina agarda:

  • (a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nomoddiy aktiv bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy manfaatlar olinishi ehtimoli mavjud bo‘lsa; va

  • (b) aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa.

Aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo‘ladigan iqtisodiy sharoitlar majmui bo‘yicha rahbariyatning eng yaxshi baholashini aks ettiradigan oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik sub’ekti kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlarning ehtimolini baholashi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishdan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlar oqimining aniqlik darajasini baholashda malakali mulohaza qilishdan foydalanadi, bunda dastlabki tan olish paytida mavjud dalillarga, ko‘proq tashqi dalillarga asoslanadi.
Tarmoq korxonalarda nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini shakllantirish tartibini quyidagicha ifodalash mumkin (16.1-Jadval).

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling