O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
-jadval Nomoddiy aktivlarning tashkil etish manbalari bo‘yicha dastlabki qiymatini shakllanishi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
16.1-jadvalNomoddiy aktivlarning tashkil etish manbalari bo‘yicha dastlabki qiymatini shakllanishi
Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi. Xalqaro tajribada nomoddiy aktivlarni tan olish BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” asosida moddani nomoddiy aktiv sifatida tan olish tadbirkorlik sub’ektidan modda quyidagilarni qanoatlantirishini namoyish etishini talab etadi: Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, qochonki: (a) tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nomoddiy aktiv bilan bog‘liq kelgusi iqtisodiy manfaatlar olinishi ehtimoli mavjud bo‘lsa; va (b) aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa. Aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo‘ladigan iqtisodiy sharoitlar majmui bo‘yicha rahbariyatning eng yaxshi baholashini aks ettiradigan oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik sub’ekti kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlarning ehtimolini baholashi lozim. Tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishdan keladigan kelgusi iqtisodiy manfaatlar oqimining aniqlik darajasini baholashda malakali mulohaza qilishdan foydalanadi, bunda dastlabki tan olish paytida mavjud dalillarga, ko‘proq tashqi dalillarga asoslanadi. Nomoddiy aktiv dastlab tannarxda baholanishi lozim. 16.3. Nomoddiy aktivlarni kirim qilish va xarakatini hujjatlashtirish. Buxgalteriya hisobi tizimidagi yangi ob’ekt nomoddiy aktivlarning dastlabki hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qo‘shish, moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi. BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” asosida nomoddiy aktivlarni tasarruf qilish yo‘llari: alohida shartnoma asosida nomoddiy aktivni sotib olish biznes birlashuvining qismi sifatida nomoddiy aktivni sotib olish nomoddiy aktivlarning davlat granti yordamida olinishi nomoddiy aktivlarni ayirboshlash yo‘li bilan tasarruf qilish ichki yaratilgan gudvill ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlar Nomoddiy aktivlarning sotib olish manbalari baholash darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Nomoddiy aktivlarning baholari quyidagi turlarga bo‘linadi: shartnoma bahosi, kelishilgan baho, bozor bahosi, balans bahosi. Mulkning, dastlabki qiymati harajatlarga bevosita bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida korxonalarda nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri guruhlanishini taqozo qiladi. Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tuzish va ularning aylanishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda belgilaydilar. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali hizmat qilish muddatlari, dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. Nomoddiy aktivlar ob’ektlari analitik hisobi OS-6 shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi, unda ob’ektning ro‘yhat qilish nomeri, ularning dastlabki qiymati, tehnik-iqtisodiy harakteristikasi, foydali foydalanish muddati va boshqalar aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BXMS) "Nomoddiy aktivlar"ga asosan aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda ular bir paytning o‘zida quyidagi shartlarni bajarishi kerak: a) moddiy-ashyoviy (jismoniy) tuzilishga ega emaslik; b) aktivdan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoki korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalarini amalga oshirishda uzoq vaqt, ya’ni 12 oydan ortik bo‘lgan foydali xizmat muddati yoki muddati 12 oydan oshuvchi odatdagi operatsion siklda foydalanilishi; v) korxona mazkur aktivni kelgusida qayta sotishni mo‘ljallamasligi; g) ishonchlilik, ya’ni aktivning mavjudligini va korxona intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mutloq huquqqa egaligini tasdiqlovchi lozim tarzda rasmiylashtirilgan xujjatlarning (patentlar, guvoxnomalar, boshqa ko‘riklash xujjatlari, patentga, tovar belgisiga bo‘lgan huquqini o‘tkazish (egallash) shartnomasi va sh.k.) mavjudligi; d) korxona uni boshqa aktivlardan farqlash (ajratish) imkoniyatiga egaligi, ya’ni undan ayni ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkinligi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BXMS) "Nomoddiy aktivlar"ga asosan kelib tushgan nomoddiy aktivlar qiymati korxona buxgalteriya balansiga kiritilishi lozim. Nomoddiy aktivlar korxona buxgalteriya balansiga: a) ishlov yakunlanganidan keyin yaratilgan ob’ektning qabul qilinishi-topshirilishi; b) oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektning egallanishi; v) muassislar ulushi tarzida ustav kapitaliga kiritilishi; g) tekinga (xadya shartnomasi bo‘yicha) berilishi; d) davlat subsidiyalari hisobiga egallanishi; e) ayirboshlash; j) nomoddiy aktivlarning ortikcha (hisobga olinmagan) ob’ektlari aniqlanishi natijasida kiritiladi. Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi. Ushbu xujjat Patent idoralarida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Tabiiy resurslarga bo‘lgan (yer, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek, ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni himoya qilinishi. Korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmog‘i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to‘g‘ri va aniq tashkil etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bo‘lgan rekvizitlaridan ozod qilib nomoddiy aktivlarga xos bo‘lgan qo‘shimcha rekvizitlarni qo‘llash mumkin. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik muomalalari amalga oshirib bo‘lingandan so‘ng tuziladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy rekvizitlariga ega bo‘lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning material ko‘rinishi, ob’ektlardan foydalanish muddatlari, asl nushalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), ob’ektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish ob’ektlari va boshqa ko‘rsatkichlar. Shuningdek, qonunga ko‘ra hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjatlar rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko‘rsatiladi. Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 1. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi (NMA –1 shakl). Mazkur dalolatnomaning shakli amaliyotda me’yoriy - huquqiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topmoqda, uning shakli dissertatsiya ilova qismida namuna sifatida taqdim etildi. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qo‘shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko‘rinishida olish, korxonaning o‘zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» NMA-1 shakl bo‘yicha rasmiylashtirilishi lozim. Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har bir ob’ekt uchun bir nushada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib “Umumiy dalolatnoma” tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo‘lgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o‘lchamdagi bir nechta yer maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruhsatnoma (litsenziya) lar bo‘lishi mumkin. Dalolatnomaning asosiy vositalarni hisobga oladigan dalolatnomasidan farqli tomonlari shundaki, avvalo bu shaklning sodda hamda kerakli rekvizitlarga ega bo‘lganligidadir. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga ob’ektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar ob’ektlari bo‘yicha dalolatnomani to‘ldirish aktivning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi. Nomoddiy aktivlar xarid qilish bahosi bo‘yicha aks ettiriladi. Xarid qilish qiymati barcha xarajatlarni, shu jumladan- sotib olish bahosi, tashish bo‘yicha xarajatlar, shuningdek, sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa har xil xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Nomoddiy aktivlarning sotib olinishiniga oid buxgalteriya provodkalari quyidagicha: Dt 6010 Kt 5110 Yetkazib beruvchiga to‘lov Dt 0830 Kt 6010 Kapital qo‘yilmalar hisobidan sotib olish Dt 0400 Kt 0830 Kapital ko‘yilmalar hisobidan kirim qilish Agar nomoddiy aktivlar pulsiz yoki beg‘araz almashish (barter) yo‘li bilan sotib olinsa ularning qiymati bozor narxi asosidan kelib chiqib, olingan huquqlar asosida aniqlanishi mumkin: Dt0830 Kt8530 Dt 0400 Kt 0830 Nomoddiy aktivning firmaning o‘zi tomonidan tashkil qilinishi vaqtida va xarajatlar summasini aniq belgilab olish mumkin bo‘lsa, ushbu aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi. Dt 0830 Kt 1010,6710,6520,2010 Nomoddiy aktivning tashkil qilinish xarajatlari Dt 0400 Kt 0830 Kapital qo‘yilmalar hisobiga kirimga olishda Nomoddiy aktivlar harakatini hisobga oluvchi dastlabki va jamlama xujjatlar tarkibida bizning fikrimizcha ko‘ra quyidagi hujjatlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir: Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling