O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
Litsenziat (litsenziya shartnomasi buyumidan foydalanish huquqini olgan shaxs) nomoddiy aktivlardan olgan daromadlari undan foydalana boshlangan davrdan boshlab;
patent bo‘yicha ixtirolar seleksiya yutuqlari 5 (besh) yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasi 2 (ikki) yil davomida; guvohnoma bo‘yicha tovar belgisi va hizmat ko‘rsatish belgisi-1 (bir) yil davomida. Ushbu Soliq kodeksning 58-moddasi "T" bandiga muvofiq jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadiga quyidagilar qo‘shilmaydi. Patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxs (litsenziar) o‘z ishlab chiqarishida intellektual mulkdan foydalanishdan yoki ularga litsenziyani sotishdan olingan daromad miqdori harakat muddati darajasida foydalanish boshlangan paytdan, shuningdek, litsenziat sanoat mulkidan foydalana boshlangan paytdan: patent bo‘yicha ixtirolar va seleksiya yutuqlari-5 (besh) yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha ixtirolar va guvohnomalar bo‘yicha sanoat namunalari- 3 (uch) yil davomida; dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasi-2 (ikki) yil davomida. Nomoddiy aktivlaridan foydalanib olingan daromadlar (foyda)dan Soliq Kodeksinig 31-moddasi 13-bandlarida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlarinig muddatlari tugatilgandan so‘ng korxona buxgalteriyasida olingan daromad miqdori aniqlanib, belgilangan foizlarda daromad solig‘i hisoblab chiqiladi. Nomoddiy aktivlardan foydalanishdan olinadigan daromadni yalpi daromad miqdoridagi ulushi haqida axborotlarga ega bo‘lish maqsadida yangi schyotlar rejasida alohida schyot ochish kerak deb hisoblaymiz. Ushbu schyotlar rejasida «Daromadlar va xarajatlar» deb nomlangan 9-bo‘limidagi 9000-«Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari»ga nomoddiy aktivlardan foydalanishdan olingan daromad ulushini to‘liq hisobga olish maqsadida 9060-«Patent yoki litsenziya asosida ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotini kiritishni taklif qilamiz. Soliq Kodeksining 31-moddasiga asosan sub’ekt schyotida mahsulot (ishlar, hizmatlar) sotishdan kelgan daromadlaridan hisoblanayotgan soliq stavkalaridan ma’lum vaqt davomida to‘lovlardan ozod qilinadi. Shuningdek Soliq Kodeksining 71-moddasida intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni olganlik uchun patent bo‘yicha bojlar, ro‘yxatga olish yig‘imlari va litsenziya to‘lovlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan. Xo‘jalik sub’ektlari o‘zlarining mol-mulkidan, shuningdek, nomoddiy aktivlariga ega bo‘lganligi uchun, ushbu kodeksning 90-moddasiga asosan, nomoddiy aktivlarining yillik balansi o‘rtacha qoldiq qiymatidan 3,5 foiz miqdorida mol-mulk solig‘ini to‘lash majburiyatini oladi. Tarmoq korxonalarida «Pul oqimlari to‘g‘risida»gi hisobotida pul mablag‘larining harakatini 9-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti qoidalariga muvofiq tarzda tuzadilar. Mazkur standartning 11-bandida operatsion faoliyatdan pul oqimi sub’ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi deb belgilanadi va royalti bilan bog‘liq pul mablag‘lari tushumi operatsion faoliyatining asosiy pul oqimlari sifatida ifodalanadi. Patent egasi (litsenziar) royalti, "Paushal-to‘lov» va «plast-kost» ko‘rinishidagi (sanoat mulki ob’ektlaridan foydalanish huququni berganligi uchun) litsenziatdan olgan daromadlarini, shuningdek, litsenziat esa royalti, «Paushal-to‘lov» va «plast-kost» ko‘rinishidagi (intellektual mulkdan foydalanganligi uchun) litsenziarga to‘lovlarning umumiy qiymati «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» shaklida ham aks ettirilishi lozim. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasiga ko‘ra litsenziat litsenziarga qat’iy belgilab qo‘yilgan bir yo‘la yoki davriy shaklda haq to‘laydi. Xo‘jalik sub’ektlarining birlashuvida yoki bir sub’ekt ikkinchi bir sub’ektning sof aktivlari va ishlab chiqarish faoliyati huquqini sotib olishi oqibatida bir iqtisodiy birlikka qo‘shilishidan gudvill (Goodwill) paydo bo‘ladi. Gudvillning paydo bo‘lishini quyidagi formula orqali ifodalanadi: Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling