O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet42/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Gs=(Tp+L)-(Ga+Na);
Bu yerda: Gs-gudvill sumasi;
Tp-to‘lanadigan pul mablag‘lari;
L-majburiyatlar;
Ga-joriy aktivlarning bozor qiymati;
Na-uzoq muddatli aktivlarning bozor qiymati.
Korxonalarning birlashuvidan inventarga o‘tgan barcha sotib olingan aktivlar va passivlar konsolidatsiyalashgan va hisobot ma’lumotlariga, odatda, sotib olish sanasiga bo‘lgan qiymat bo‘yicha kiritiladi. Sotib olish narxini aktivlarning hisob narxidan, shartnoma bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiyatlarni chegirib tashlaganda ortiq bo‘lishi gudvill sifatida qayd qilinishi lozim. Sotib olish sanasiga oluvchi korxona tomonidan konsolidatsiyalashgan balans tuziladi va bu asosida ishchi jadvallari tayyorlanadi. Bu ishchi jadvalida balans moddalari va uning qiymatlari, tuzatuvchi yozuvlar keltiriladi: Masalan, bir korxona ikkinchi korxonaning 100 foiz oddiy aksiyalarini 1500000 so‘mga sotib oldi, bu summa aktivlarning qoldiq qiymatidan 300000 so‘mga ko‘p. Bu ortiq summani birinchi korxona investori quyidagicha ifodalaydi: 180000 so‘m sotib olingan korxonaning aktivlari qiymatini ko‘paytirish hisobiga va qolgan 120000 so‘m esa investor oladigan gudvill hisobiga. Shuningdek, sotib olish qiymati nominal qiymatidan oshganida amalga oshiriladigan tuzatishlarni ko‘rsatuvchi ishchi jadvalini tuzadi.


16.4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari.

Nomoddiy aktivning bahosi amal qilish muddati mobaynida yoki muvofiqlik qoidasiga binoan nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati mobaynida muntazam ravishda hisobdan chiqarib borilishi lozim. Mazkur jarayon nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinishi deb ataladi.


Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi bo‘yicha asosiy qoidalar «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida amortizatsiyani hisoblash usullarini amaliyotga qo‘llash tartibi keltirilgan. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgunga qadar yoki bu nomoddiy aktivni balans hisobidan chiqarilguniga qadar amalga oshiriladi. Ularga amortizatsiya hisoblashni to‘xtatish esa amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgach yoki ushbu nomoddiy aktiv balans hisobidan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan amalga oshiriladi. Masalan, biz nomoddiy aktivni 2020 yil 5 yanvarda balans hisobidan chiqarsak, unga 2020 yil yanvar oyi uchun bir oylik amortizatsiyani to‘liq hisoblaymiz va 2020 yil 1 fevraldan amortizatsiya hisoblashni to‘htatishimiz lozim bo‘ladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling