O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet271/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Marjinal daromad usuli tenglamalar usulining turlaridan biri hisoblanadi. Bunda zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Zararsizlik nuqtasi

=

Doimiy xarajatlar

Marjinal daromad normasi

Chidamlilikning marjinal zaxirasi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan olinadigan haqiqiy tushumning sotishni zararsizligini ta’minlovchi ostonaviy tushumdan oshib ketishini ko‘rsatuvchi kattalikdir. Bu ko‘rsatkich quyidagi formula bilan topiladi:



Chidamlilik marjinal zahirasi

=

Haqiqiy tushum-Ostanaviy tushum

Haqiqiy tushum*100%

Zararsiz sotuv vaqtida mahsulot bahosini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Mazkur formula yordamida ishlab chiqarish hajmini belgilash, sotish va zarur darajada foyda olish imkonini beradigan bahoni belgilash mumkin.
Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi samarasini aniqlash tartibi
Ishlab chiqarish dastagi (leverage, so‘zma-so‘z tarjimada richag, dastak) - bu korxona foydasini samarali boshqarishning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni o‘zaro mutanosibligiga asoslangan mexanizmidir. Uning yordamida sotish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda korxona foydasi o‘zgarishini taxminlash, shuningdek, zararsiz faoliyat yuritish nuqtasi topiladi. Korxona xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchanga bo‘lishga asoslangan marjinal usuldan foydalanishda ishlab chiqarish dastagi mexanizmini qo‘llanishi zaruriy shartdir.
Ishlab chiqarish dastagi samarasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
yoki
bu yerda,
- ishlab chiqarish dastagi samarasi;
- marjinal daromad;
- doimiy xarajatlar;
F- foyda.
Ushbu formula yordamida topilgan ishlab chiqarish dastagi samarasining qiymati korxona tushumi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda foydaning o‘zgarishini taxminlash imkonini beradi.
Ushbu holat quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

bu yerda,
DF - foydaning o‘zgarishi, % da;
DT - tushumning o‘zgarishi, % da.
Yanada aniqroq tasavvur qilish uchun ishlab chiqarish dastagi samarasini «Andijonsut» aksiyadorlik jamiyatining 2019 yilgi ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqamiz, (so‘mda).

  1. Sotishlar summasi (tushum) 575454

  1. O‘zgaruvchan xarajatlar 444096

  1. Marjinal daromad (1q-2q) 131358

  2. Doimiy xarajatlar 74045

  3. Asosiy faoliyat(operatsion)

foydasi (3q-4q) 57313

  1. Sotilgan mahsulot hajmi, dona 1050

  1. Bir birlik mahsulot bahosi, so‘m 548,05

  1. Ishlab chiqarish dastagi

samarasi (3q:5q) 2,29
Bizning misolimizda ishlab chiqarish dastagi samarasi 2,29 birlikni tashkil etadi (131358:57313). Bu shuni anglatadiki, korxona tushumi 1%ga pasayganda, foyda 2,29%ga qisqaradi, tushum 23%ga pasayganda esa, biz rentabellik ostonasiga yetamiz ya’ni foyda nol bo‘ladi. Faraz qilaylik, tushum 10%ga qisqardi va 517908,6 so‘mni tashkil etdi (575454x10:100). Bunday sharoitda korxona foydasi 22,9%ga qisqaradi va 27232,02 so‘mni tashkil etadi.

bu yerda,
-ishlab chiqarish dastagi;
-sotilgan mahsulot hajmi, dona;
B-bir birlik mahsulotning bahosi;
-bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar;
-doimiy xarajatlar.
Ishlab chiqarish dastagi korxona rahbarlariga xarajatlar va foydani boshqarish, yuqori foyda olish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashuvchi moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich hajmining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

  • o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar;

  • sotish bahosi va hajmi;

  • yuqoridagi omillar kombinatsiyasi (moliyaviy va ishlab chiqarish dastaklarini hisoblashda zanjirli bog‘lanish usulini qo‘llash).

Shuningdek, sotishlar hajmini o‘zgarishi foydaning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarga nisbati turlicha bo‘lgan korxonalarda bir xilda bo‘lmasligi mumkin. Bunda korxona xarajatlarining umumiy summasidagi doimiy xarajatlarni solishtirma og‘irligi qancha past bo‘lsa, korxona tushumi o‘zgarishi sur’atlariga nisbatan foyda hajmi shunchalik o‘sadi.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmining namoyon bo‘lishi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Ishlab chiqarish dastagining ijobiy samarasiga korxona mahsulot ishlab chiqarishning zararsiz nuqtasini bartaraf etgandan keyingina erishish mumkin. Bunda korxona o‘zining avvalgi doimiy xarajatlarini qoplash uchun marjinal daromadning yetarli miqdorini belgilaydi;
2. Sotish hajmining bundan keyingi ortib borishi va zararsizlik nuqtasidan uzoqlasha borishi bilan ishlab chiqarish dastagi samarasi pasaya boradi. Sotish hajmini o‘sishining har bir keyingi foizi foyda summasining o‘sishini ta’minlaydi;
3. Ishlab chiqarish dastagi mexanizmi teskari yo‘nalishga ham ega ya’ni sotish hajmini pasayishida korxona foydasi hajmi ham kamayib boradi;
4. Ishlab chiqarish dastagi va korxona foydasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud, korxona foydasi qancha yuqori bo‘lsa, ishlab chiqarish dastagi samarasi shuncha past bo‘ladi va uning teskarisi ham kuzatiladi;
5. Ishlab chiqarish dastagi samarasi faqat qisqa muddatda yuzaga keladi ya’ni korxona doimiy xarajatlari qisqa vaqt oralig‘idagina o‘zgarishsiz qoladi. Sotish hajmini ortishi jarayonida doimiy xarajatlar summasining navbatdagi o‘zgarishi ro‘y berishi bilanoq korxona zararsizlikning yangi nuqtasini belgilashi va unga o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini muvofiqlashtirishi lozim.
Korxona tovar bozorining sotish hajmi pasayishi mumkinligini belgilab beruvchi noqulay kon’yunkturada, shuningdek, korxona iqtisodiy faoliyatining ilk bosqichlarida zararsizlik nuqtasi bartaraf etilmaganda, doimiy xarajatlarni pasaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘riladi. Shuningdek, tovar bozorining qulay kon’yunkturasida va chidamlilikni ma’lum marjinal zaxirasi mavjudligida doimiy xarajatlarni iqtisod qilishni amalga oshirishga bo‘lgan talablar ancha pasayishi mumkin. Bunday sharoitlarda korxona asosiy ishlab chiqarish vositalarini qayta jihozlashi va yangilashi, real investitsiyalar hajmini ancha kengaytirishi lozim. Zarurat tug‘ilganda har bir korxona doimiy xarajatlar summasi va hajmini pasaytirish uchun yetarli darajada resurslarga ega bo‘lishi zarur. Ushbu resurslar tarkibiga tovar bozorining noqulay kon’yunkturasida ustama xarajatlar (boshqarish xarajatlari)ni imkon darajada qisqartirish, amortizatsiya ajratmalarini kamaytirish maqsadida nomoddiy aktivlar va asbob-uskunalarni foydalanilmayotgan qismini sotish, asosiy vositalarni sotib olmasdan ularni operativ lizing shartnomasi asosida olish, kommunal xizmatlar hajmini qisqartirish va h.k.lar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlarni tejashning asosiy zaxiralari qatoriga quyidagilar kiritiladi: xodimlar mehnat unumdorligini oshirish hisobiga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xodimlari sonini kamaytirish, tovar bozorining noqulay kon’yunkturasi sharoitida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari hajmini qisqartirish, xomashyo va materiallarni yetkazib berishning korxona uchun qulay sharoitlarni yaratish va bosho‘.
Ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni aniq maqsadga yo‘naltirish va boshqarish, beqaror bozor sharoitida ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni tezkor o‘zgartirib borish hamda korxona foydasini oshirishga imkon beradi.
Shunday qilib, CVP - tahlili korxona rahbarlariga o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga, ishbilarmonlik riskini pasaytirish imkonini yaratadi. Uni universal formulasini qo‘llash orqali o‘tkaziladigan tahlil sifatini oshirishga erishiladi.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling