358357-288916= 69441
3. Marjinal daromad koeffitsientini chiqarib tashlaymiz:
69441: 358357=0,19
4. Ostonaviy tushum (zararsizlik nuqtasi)ni aniqlaymiz:
45568: 0,19= 239831,6
Ostonaviy tushumni hisoblab topgach, uning g`rdamida mahsulotni zararsiz sotish bahosi aniqlanadi:
239831,6:205dona=1169,9
Demak, mahsulotni bir birligini sotish bahosi 358357: 205dona=1748,08 so’m bqlsa, bir birlikka to’g`ri keladigan foyda summasi 578,18 so’mni tashkil etadi.
Baho ishlab chiqarish bilan bog`liq barcha xarajatlarni qoplashi va korxonaga foyda keltira boshlashiga imkon berish uchun uni sotiladigan mahsulotga qanday belgilash lozim? Bu savolga javob berish uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.
2-misol. Korxona 5000 dona mahsulot sotishni rejalashtirgan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan qzgaruvchan xarajatlar 1600 so’mni tashkil etadi Doimiy xarajatlar - 2000000 so’m. Korxona 3000000 so’m miqdorida foyda olishni mqljallagan. Mahsulotni qanday bahoda sotish kerak?
1. Dastlab, marjinal daromad hajmini aniqlaymiz. Buning uchun doimiy xarajatlarga foydaning rejalashtirilgan hajmini qo’shamiz.
2000000 so’m+3000000 so’m = 5000000 so’m
2. Bir birlik mahsulotga to’g`ri keladigan marjinal daromad summasini topish uchun yalpi marjinal daromad summasini sotiladigan mahsulotlar miqdoriga bqlamiz:
5000000 so’m:5000dona = 1000 so’m.
3. Mahsulot birligi bahosini aniqlash uchun qzgaruvchan xarajatlar orqali hisoblangan marjinal daromad summasiga doimiy xarajatlar va foydani qo’shish natijasida aniqlangan marjinal daromad summasini qo’shamiz:
1600 so’m+1000 so’m = 2600 so’m
Zararsizlik bahosini tahlil qilishga doir yuqorida keltirilgan formulalar mahsulotning belgilangan hajmini sotish jarag`nida foydaning ma`lum darajasiga erishish uchun sotishning zararsiz bahosini aniqlashga kqmaklashadi.
Demak, moslashuvchan transfert baho siyosatini yuritish va unga ta`sir etuvchi ichki va tashqi omillarni chuqur tahlil qilish, iste`molchilarni rag`batlantirish hamda tovar bozoridagi raqobatda ustunlikka erishish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |