Takrorlash uchun savollar
Transfert bahoga ta’rif bering.
Korxona faoliyatini rivojlantirishda oqilona transfert baho siyosatini ishlab chiqishning zarurati nimada?
Transfert baho va xarajatlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvining qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud?
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymat yondashuvining qanday afzalliklari bor?
Korxonada transfert bahoni belgilash qanday talablar asosida amalga oshiriladi?
Transfert bahoni shakllantirish usullariga izoh bering.
Transfert bahoni shakllantirishda mahsulotni zararsiz sotilishini belgilash qanday ahamiyatga ega?
34-BOB. KORXONA SEGMENTAR HISOBOTI.
34.1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari.
34.2. Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari.
34.3. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida.
34.4. Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash.
Tayanch so‘z va iboralar: transfert baho, baho siyosati, qiymatli yondashuv, faol yondashuv, xarajatlar yondashuvi, o’zgaruvchan xarajatlar plyus foyda, haqiqiy tannarx plyus qo’shimcha foyda, shartnomaviy bozor bahosi, demografiya, siyosat va huquq, iqtisodiyotdagi o’sish.
34.1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari
Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi.
Biznes segmenti - bu korxonaning ma`lum qismini yoki nisbatan mustaqil bqlinmasini muayyan vakolatlar va mas`uliyat berish maqsadida ajratishdir.
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita: xo’jalik va geografik turlari ajratib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |