17.5. Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni turli shartlar bilan realizatsiya qilishni hisobda aks ettirish.
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va xuquqlarini belgilovchiasosiy hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnomashartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa,u holda ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak shartnoma bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga qarab aniqlanadi. Tayyor mahsulotlarni haridorlarga jo‘natish haridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Shartnomada quyidagi atama va tushunchalar amaliyotda qo‘llanilishi mumkin:
Spot - 1) Savdoda kullaniladigan va nakd tovarni bildiradigan atama, nakd tovarlarga kelishuv va haqiqiy tovarlar yuzasidan birja kelishuvlari,
2) valyutani sotish yoki darhol yoki juda tez yetkazish (2-ish kunida) uchun kerak bulgan tovar baxosi,
3) tonnajga ega bulgan sudno, taxminan fraxtlash talablariga javob beradi.
Tarif - miqdorlar tizimi bulib, unga kura xizmatlar uchun tulov olinadi. Eng kup tarkalganlari: yuklarni, yulovchilarni tashish uchun - transport tariflari, elektroenergiya, gaz, suv va boshqalardan foydalanish uchun - maishiy xizmat tariflari, tovar-larni davlat chegarasidan utkazish - bojxona tariflari.
Fraxt - transportning turli kurinishlarida yuklarni tashish uchun tulov. Tashuvchi bulib, avtotashkilot, temir yul, avtokompaniya, kema kompaniyalari, shuningdek, aralash tashishni bajaruvchi vositachi ham katnashishi mumkin. Fraxt tulovining tartibi va fraxt xajmi fraxt shartnomasida tomonlar urtasida kelishib olinadi. Eksport - tashki bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni davlat chegarasidan chiqarish (xorijga chiqarish).
Do'stlaringiz bilan baham: |