O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet74/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

1-bo‘lim «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati» deb nomlanadi va unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldig‘i, omborga qabul qilingani xaridorlarga jo‘natilgan va hisobot oyi oxiriga qoldig‘i hisobda qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
2-bo‘lim «Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar» deb nomlanib, unda jo‘natilgan mahsulotlarning analitik hisobi xaridor korxonalar nomiga yozilgan har bir to‘lov talabnomasi bo‘yicha alohida yuritiladi.
3-bo‘lim «To‘langan va to‘lanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomlanib, unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
4-bo‘limda soliq bo‘yicha soliq idoralari bilan hisob-kitob ma’lumotlari keltiriladi.
Hisobot davri oxirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11-jurnal-orderga ko‘chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar schyoti, jo‘natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar keltiriladi. 2-bo‘limda mahsulot sotish bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi.
16-qaydnoma «Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati»

Ko‘rsatkichlar

Bahosi bo‘yicha

Tannarx bo‘yicha

Yezuv uchun asos

Oy boshiga qoldiq, m.s.

18400

17600




Ishlab chiqarishdan qabul qilish, m.s.

28650

24450




Qoldiq bilan jami haqiqiy tannarxning hisob bahosiga nisbati, %

64,2

71,9




Hisobot oyidagi ortib jo‘natilgan mahsulot, m.s.

21300

20500




Oy oxiriga bo‘lgan qoldiq, m.s.

25750

21550






Hisobot davri ohirida 16-qaydnomaning oylik jami summasi 11- jurnal-orderga ko‘chiriladi. Bu jurnal-order ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘limda tayyor mahsulot, realizatsiya bilan bog‘liq xarajatlar scheti, jo‘natilgan tovarlar, sotish, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitob schetlarining krediti bo‘yicha yozuvlar keltiriladi. Ikkinchi bo‘limda mahsulot sotish bo‘yicha analitik hisob ma’lumotlari keltiriladi. 16- qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: sotilgan mahsulotning reja tannarhi, reja va haqiqiy tannarh o‘rtasidagi farq, sotish bilan bog‘liq xarajatlar scheti, soliq, sotishdan olingan tushum va ohirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasiga buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Moddiy javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalari asosida har oyda tayyor mahsulot nomenklaturasi, o‘lchov birligi soniga tayangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi vedomostini to‘ldiradi. Bu yerda hisob baholari bo‘yicha qoldiqlar taksirovka qilinadi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi.

  • 16-qaydnoma va 11-jurnal-order asosida tuziladigan tovarni sotish haqidagi hisobotda quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi: sotilgan mahsulotning reja tannarxi, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq, sotish bilan bog‘liq xarajatlar schyoti, soliq, sotishdan olingan tushum va oxirgi moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zarar summasi.

  • Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromad operatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy naf xo‘jalik yurituvchi subekt tomonidan olingan takdirdagina tan olinadi. Daromadga kiritilgan miqdorni undirish xususidagi noaniqlik vujudga kelgan takdirda, qaytarilmagan miqdor yoki olish mumkin bulmagan miqdordagi pul dastlab tan olingan daromad miqdorining o‘zgartirilishi sifatida emas, balki harajat sifatida tan olinadi.

Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘prok e’tibor berishga chakiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yukori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular esa, o‘z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Donni qayta ishlash korxonalarida tayyor mahsulotlarni ortib jo‘natishni rasmiylashtirish tartibi
Tizimdan tashqari iste’molchilarga don va don mahsulotlari berish buyruq (221-shakl) bilan rasmiylashtiriladi, ularning tizim ichida tashilishi naryadlar (222-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Har bir buyruqqa don mahsulotlari berilishining hisobi kartochkasi yuritiladi. Unda omborga berilgan buyruqlar va ularning bajarilishi, berilgan don va don mahsulotlari va ularning ushlab qolinishi qayd etiladi.
Don mahsulotlarini yuklab jo‘natish va berish hujjatlarida – transport yuk xatlarida va boshqa shaharga yuklab jo‘natish bo‘yicha korxonalar tomonidan yoziladigan schyot-fakturalarda naryad yoki buyruqning tartib raqami ko‘rsatilishi kerak. Buyruqlar va naryadlar don va don mahsulotlari yuklab jo‘natilganini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan birgalikda korxona buxgalteriyasiga beriladi. Korxonaga tushadigan barcha buyruqlar va naryadlar don mahsulotlarini berish uchun olingan va yozilgan buyruqlar va naryadlarni hisobga olish jurnallarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Don va don mahsulotlarining har bir turkumi buyruq (16-shakl) asosida korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan, tortish yo‘li bilan aniqlanadigan (standart og‘irlikdagi qoplarga qadoqlangan mahsulotdan tashqari) miqdor bo‘yicha va korxona laboratoriyasi aniqlagan sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha beriladi (yuklab jo‘natiladi).
Yuk jo‘natuvchida vagon yoki elevator tarozilari bo‘lmasa, og‘irlikni aniqlash jo‘natiladigan stansiyaning vagon tarozilarida temir yo‘lning taroziboni tomonidan yuk jo‘natuvchi bilan birgalikda aniqlanadi va ularning yuk xatdagi imzosi bilan tasdiqlanadi.
Yuklarni tortish natijalari tarozi jurnallariga (28 va 29-shakllar) kiritiladi. Tirkamali avtomobillarda olib chiqib ketilayotgan turkum don bo‘yicha jurnallarda (28 va 29-shakllar) avtomobil va tirkamaning raqami ko‘rsatiladi.
Standart og‘irlikdagi qoplarga solingan un, yorma va makkajo‘xori urug‘liklari, boshqa urug‘larni berish tarozida tortilmasdan amalga oshiriladi, ularning og‘irligi esa qoplar soni va standart og‘irlik yoki har bir yuk o‘rnida yetkazib beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha aniqlanadi.
Berish (yuklab jo‘natish)da don va mahsulotning sifati korxona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi, tekshirish natijalari tekshirish kartochkasiga va jurnalga kiritiladi.
Oluvchilarga yem aralashmasi va omixta yem berishda ularning har bir turkumiga sifat guvohnomasi beriladi (43-shakl).
Sifat guvohnomasini (43-shakl) rasmiylashtirishda korxona laboratoriyasi unda berish paytida aniqlangan mahsulotning amaldagi namligini ko‘rsatadi, sifatning boshqa ko‘rsatkichlari mazkur guvohnoma bo‘yicha aks ettiriladi.
Oluvchi don va mahsulot sifatiga norozilik bildirgan taqdirda, ular oluvchi ishtirokida ko‘rsatib o‘tilgan laboratoriya tomonidan takroran analiz qilinadi yoki namuna sifat to‘g‘risidagi uzil-kesil xulosa uchun vakolatli davlat organiga yuboriladi.
Yuk temir yo‘l stansiyasi yoki bandargohga topshirilgandan keyin korxonaning vakolatli shaxsi stansiyadan (bandargohdan) yuk kvitansiyalari (temir yo‘l kvitansiyalari va daryo yuk xatlari)ni oladi hamda o‘sha kunning o‘zida ularni don mahsulotlarini yuklab jo‘natgan moddiy javobgar shaxsga beradi.
Don va mahsulotning og‘irligi yuk tovar-transport yuk xatiga (21-shakl) imzo cheqilgan holda topshiriladigan haydovchi yoki kuzatib boradigan shaxs ishtirokida moddiy javobgar shaxs yoki tarozibon tomonidan aniqlanadi.
Moddiy javobgar shaxs yuk kvitansiyalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi, ularni qayta tortish jurnali bilan solishtiradi va shundan keyin don mahsulotlarini yuklab jo‘natishga temir yo‘l vedomostlari yoki daryo yuk xatlari (20-shakl) to‘ldirib yuklab jo‘natishni rasmiylashtiradi.
Moddiy javobgar shaxs don va don mahsulotlari yuklab jo‘natilgandan keyingi kundan kechikmay transport-yuklab jo‘natish hujjatlarini hisobot bilan birgalikda korxona buxgalteriyasiga topshiradi.
Don va mahsulot temir yo‘l yoki daryo transportiga yuklanganda ortilgan har bir don va mahsulotning turkumiga laboratoriya sifat guvohnomasi yozadi va unda yuk xati bo‘yicha og‘irlikni va laboratoriya bo‘yicha aniqlangan sifatni ko‘rsatadi, standart og‘irlikdagi qoplarga solingan un va yorma bo‘yicha esa, bundan tashqari, qoplashdagi namlik va yuklab jo‘natish sanasi ko‘rsatiladi.
Donni temir yo‘l transportiga ortishda bitta temir yo‘l xati bo‘yicha bitta oluvchining nomiga bir necha vagonlarga yuklangan donning bir xildagi turkumiga bitta sifat guvohnomasi berishga ruxsat beriladi.
Ushbu hollarda sifat guvohnomasida vagonlarning raqami ko‘rsatiladi. Bunday tartib tarqatish stansiyalarida yuklab jo‘natishda tatbiq etilmaydi.
So‘tadagi makkajo‘xorini yuklab jo‘natishda sifat guvohnomalarida donning amaldagi chiqishi ham ko‘rsatiladi.
Sifat guvohnomasi IChTL boshlig‘i (laboratoriya mudiri) yoki uning o‘rnidagi shaxs tomonidan imzolanadi.
Don va don mahsulotlarini avtomobil transportiga yuklash moddiy javobgar shaxs tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan buyruq (16-shakl) asosida amalga oshiriladi.
Don va don mahsulotlarini avtomobil transportida tashish uchun berish tovar transport xati bilan rasmiylashtiriladi (21-shakl).
Don va don mahsulotlarining har bir turkumiga laboratoriya tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha sifat guvohnomasi yoziladi.
Don va mahsulotni korxona ichida tashishga rahbar tomonidan imzolangan yuk xatlari (19-shakl) rasmiylashtiriladi.
Don va mahsulotni bir hudud doirasida ombordan omborga tashishda og‘irlik bir marta har ikkala moddiy javobgar shaxs hozirligida aniqlanadi.
Don yoki mahsulot bir moddiy javobgar shaxsning ixtiyorida bo‘lgan omborlar bo‘yicha alohida miqdor-sifat hisobi yuritiladigan ombordan omborga tashilganda og‘irlik moddiy javobgar shaxs tomonidan korxona rahbari tayinlagan xodim hozirligida aniqlanadi.
Korxona ichida tashiladigan don va mahsulotning sifati, standart og‘irlikdagi qoplarga solinganlar bundan mustasno, laboratoriya tomonidan aniqlanadi va sifat ko‘rsatkichlari yuk xatida (19-shakl) ko‘rsatiladi.
Don mahsulotlarini korxona ichida tashishga farmoyish (19-shakl) korxona rahbari tomonidan belgilangan muddat davomida amal qiladi.
Navli urug‘liklarning har bir turkumini berishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
a) Urug‘likka attestat (86-shakl) - barcha o‘simliklarning elita urug‘iga va super elitasiga, shuningdek makkajo‘xorining o‘zidan-o‘zi changlangan liniyalari urug‘iga;
b) Urug‘likka guvohnoma (85-shakl) - qolgan barcha reproduksiyalar urug‘iga;
v) Makkajo‘xorining gibrid urug‘lariga guvohnoma (84-shakl) - makkajo‘xorining gibrid urug‘lariga.
Ushbu hujjatlarda nav sifatlari topshiruvchilarning nav hujjatlari asosida, ekish sifatlari esa — urug‘chilik bo‘yicha vakolatli organ tomonidan berilgan Urug‘ning konditsionligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida aks ettiriladi. Urug‘larning namligi urug‘lik ortib jo‘natilgan yoki berilgan kunda korxona laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan tekshirish asosida ko‘rsatiladi.
Urug‘likka attestatlar va urug‘likka guvohnomalar korxona rahbari, IChTL boshlig‘i va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
Navli urug‘larni berishda transport hujjatlariga navli urug‘larning mazkur turkumiga berilgan urug‘likka attestat yoki guvohnoma ilova qilinadi.
Guvohnoma yoki attestat nusxalari yuklab jo‘natilgan urug‘likning schyot-fakturasiga ilova qilinadi va laboratoriyada qoladi.
Ishlab chiqarish jarayonida urug‘liklarning nokonditsion turkumlari aniqlangan taqdirda ularga qo‘shimcha ishlov berish, ularni konditsiyaga yetkazish choralari ko‘rilishi kerak. Ularni konditsiyagacha yetkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda ushbu turkum urug‘lik resurslaridan chiqariladi.
Eksport shartnomasi quyida keltirilgan nizomlarni o‘z ichiga olishi kerak:




Shartnoma bo‘limi

Shartnoma bo‘limining mazmuni




Kirish qismi

Shartnoma raqami, sanasi va kelishuv joyi Yuridik shaxslarning to‘liq nomlari Mas’ul bo‘lgan shaxslarning ism shariflari va ularning mansablariga asos bo‘ladigan hujjatning nomi




Shartnoma mavzusi

Mahsulotning nomi va tasnifi, miqdori va sifati, TIF kodi




Asosiy shartlar va yetkazib berish muddati («INKOTYeRMS-2010»

Mahsulotni olib chiqish va olib kirish bo‘yicha rasmiyatchiliklarning bajarish tartibi Sug‘urtalash, mahsulotga shikast yetganida yoki yo‘qotilganida tomonlar javobgarligi




Shartnoma narxi va umumiy miqdori

Mahsulotning o‘lchov birligi (ish, xizmat) Narxni o‘zgaruvchanligi, usuli va asosi Har bir mahsulot uchun narx va yetkazib berilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar (xizmat turi) uchun umumiy narx




To‘lov usuli

Valyuta To‘lov muddati va to‘lov turi




Mahsulotni yuklash tartibi

Mahsulotni to‘liqligi, iste’mol muddati haqidagi ma’lumotni yetkazish sotuvchi bo‘ynida ekanligini ta’kidlash Mahsulotni yetkazib berish muddati




Mahsulotni topshirish va qabul qilib olish tartibi

Mahsulotni xaridor ma’suliyatiga shartnomada soni, og‘irligi va sifati bo‘yicha keltirilgan talablarga binoan topshirilishi Mahsulotni topshirish va qabul qilish tartiblari




Reklamatsiya

Shartnoma talablariga javob bermaydigan mahsulotga (ish, xizmat) nisbatan shikoyat qilish tartibi Shikoyat qilish tartibi, muddati, ko‘rib chiqilishi va boshqarilishi




Kafolat

Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar bo‘yicha kafolatlar




Mahsulotning kelib chiqishi

Yetkazib berilayotgan mahsulotning (ish, xizmat) kelib chiqishi




Jazo choralari

Penya va/yoki jarima, jabrlangan tomonga nisbatan javobgarlik




«Fors-major» holatlari

Tomonlarni shartnomada keltirilgan javobgarliklarini hal qilib bo‘lmaydigan holatlarda to‘xtatilishi




Arbitraj

Kelishmovchiliklarni hal qiluvchi tashkilot va joyi

Bojxona rasmiylashtiruvini mutaxassislar, ya’ni bojxona brokeri yoki eksportchilar tili bilan aytilganda, deklarant bajaradi.
Siz bojxona brokeriga quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak:
eksport shartnomasining asl nusxasi yoki nusxasi;
transport yuk-xati (temir yo‘l, avtotransport, avia);
hisob-varaq faktura (invoys);
tovar kelib chiqish sertifikati (importchi talab qilganda ST-1 yoki A forma) shakl;
muvofiqlik sertifikati (importerning import qiluvchi xohishiga qarab);
ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan sifat sertifikati va qadoqlash varag‘i (agar bu hujjatlar shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa)
to‘lov borasida YeISVO ga ma’lumot (oldindan to‘lov, sug‘urta polisi, bank kafolati yoki konsignatsiya);
BYuD ni to‘ldiradigan shaxsga ishonchnoma yoki uning pasport ko‘rsatkichlari.
Meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha beriladigan hujjatlar:
gigiyenik sertifikati;
fitosanitariya sertifikati;
karantin tekshiruvi dalolatnomasi;
zararli mikroblardan tozalanganlik akti.
Davlat veterinar nazoratidagi yuklar uchun:
veterinar sertifikati.
BYuD to‘ldirishning elektron variantida deklarant tomonidan kerakli ma’lumotlar AISEDT (baza)ga kiritilishi lozim.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling