18.1-jadval
Grantlarni kelib tushishini schyotlarda aks yettirish
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet schet
|
Kredit schet
|
Asos bo‘luvchi hujjat
|
1
|
Grantlarni asosiy vositalar ko‘rinishida olinishiga
|
15000000
|
0120-0190
|
4890
|
Shartnoma,
schyot-faktura, kirim dalolatnomasi
|
2
|
Grantlarni nomoddiy aktivlar ko‘rinishida olinishiga
|
14000000
|
0410-0490
|
4890
|
Shrtnoma,
schyot-faktura, kirim dalolatnomasi
|
3
|
Grantlarni o‘rnatiladigan jihozlar ko‘rinishida olinishiga
|
3000000
|
0710-0720
|
4890
|
Shartnoma,
schyot-faktura,
kirim dalolatnomasi
|
4
|
Grantlarni tugallanmagan qurilish ob’ektlari ko‘rinishida olinishiga
|
60000000
|
0890
|
4890
|
Shartnoma,
schyot-faktura ,
kirim dalolatnomasi
|
5
|
Grantlarni TMB ko‘rinishida olinishiga
|
20000000
|
1000, 2900
|
4890
|
Shartnoma,
schyot-faktura ,
kirim dalolatnomasi
|
6
|
Grantlarni pul mablag‘lari ko‘rinishida olinishiga
|
15000000
|
5010,
5110
5210,
5500
|
4890
|
Bank ko‘chirmalari
|
Xorijiy valyutada olingan maqsadli tushumlar tegishli schyotlarda Markaziy bankning ushbu mablag‘lar kelib tushgan kuniga ye’lon qilgan kurslari bo‘yicha milliy valyutada hisobga olinadi. Grant ajratilgan va haqiqatda kelib tushgan vaqt o‘rtasida valyuta kursidagi o‘zgarishlar korxonada kurs o‘rtasidagi farq sifatida quyidagicha aks yettiriladi:
Debet 4890 «Boshqa debitorlar qarzlari»
Kredit 9540 «Valyuta kurslari farqidan daromadlar»
Olingan grantlarning ishlatilishi tuzilgan shartnoma shartlariga to‘liq muvofiq bo‘lishi lozim. Korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra olingan grantlarning ishlatilishi hisobda ikkita usulda amalga oshirilishi mumkin. Bular: (1) bevosita usul; (2) bilvosita usul.
Bevosita usulda olingan grantlarning ishlatilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 8810 «Grantlar schyotining debetida aks yettiriladi, bunda qilingan sarflarni ifodalovchi schyotlar kreditlanadi. Ushbu usulda ishlatilmasdan qolingan grantlarning korxona ixtiyorida qoldirilgan qismi ularning rezerv kapitaliga yoki ustav kapitaliga o‘tkaziladi (18.2-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |