18.2-jadval
Grantlarning ishlatilishini bevosita usulda schyotlarda aks yettirish
№
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Summa
|
Debet schet
|
Kredit schet
|
Asos bo‘luvchi hujjat
|
1
|
Grant hisobidan ish haqi hisoblanganda
|
500000
|
8810
|
6710
|
Hisob-to‘lov qaydnomasi
|
2
|
Grant hisobidan ijtimoiy sug‘urtaga ajratma qilinganda
|
120000
|
8810
|
6520
|
Hisob-kitob
|
3
|
Grant hisobidan materiallar hisobdan chiqarilganda
|
100000
|
8810
|
1000
|
Dalolatnoma
|
4
|
Grant hisobidan safar xarajatlari hisoblanganda
|
60000
|
8810
|
6970
|
Bo‘nak hisoboti
|
5
|
Grant hisobidan turli xizmatlar uchun hisoblanganda
|
200000
|
8810
|
6010,
6990
|
Shartnoma-lar,
schyot-fakturalar
|
6
|
Grantning ishlatilmayin qolgan qismi ustav kapitaliga o‘tkazilganda
|
150000
|
8810
|
8330
|
Qaror, shartnoma
|
7
|
Grantning ishlatilmasdan qolgan qismini rezerv kapitaliga o‘tkazilishiga
|
150000
|
8810
|
8830
|
Qaror, shartnoma
|
Olingan grantlar ishlatilishi hisobining bilvosita usulida uni olgan korxonaning barcha xarajatlari dastlab davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (9410,9420,9430) olib boriladi. Hisobot davri oxirida ushbu schyotlarning debetida to‘plangan summa olingan grant hisobidan qoplanadi va unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8810 «Grantlar»
Kredit 9400 «Davr xarajatlari»
Olingan grantlarning analitik hisobi ularning tushish manbalari va maqsadlari bo‘yicha yuritiladi.
Davlat subsidiyalarining grantlardan bir qancha farqlari mavjud. Bular:
- dotatsiyaga muhtoj va sanatsiyaga tushgan korxonalarga yordam sifatida beriladi;
- ular ma’lum shartlarga ko‘ra ajratiladi;
- tender (konkurs)ga asoslanmaydi;
- korxonada ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni rag‘batlantirish maqsadlarida ishlatiladi;
- pul mablag‘lari yoki moddiy boyliklar ko‘rinishda beriladi.
Buxgalteriya hisobida davlat subsidiyalari ham xuddi grantlar kabi hisoblash tamoyiliga asoslangan holda aks yettiriladi. Bunda mos ravishda 18.2- va 18.3- jadvallarda keltirilgan yozuvlarga o‘xshash yozuvlar qilinadi, faqatgina 8810 schyotning o‘rniga mos ravishda 8820 «Subsidiyalar» schyoti ishlatiladi.
A’zolik badallari hisobini yuritish va maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlarining hisobi
A’zolik badallari mablag‘larining bir qismi uning a’zolari badallari yevaziga vujudga keladigan tashkilotlarda mavjud bo‘ladi. Bunday tashkilotlarga asosan nodavlat, notijorat tashkilotlar, masalan uyushmalar, assotsiatsiyalar, fondlar va shu kabilar kiradi.
Bu turdagi tashkilotlarda a’zolik badallarining miqdori ularning ustav hujjatlari asosida belgilanadi. A’zolik badallarini to‘lagan shaxslarga a’zolik daftarchasi beriladi. Nodavlat, notijorat tashkilotlarda ularning a’zolarini hisobga olish daftari yuritilib, har bir a’zoga identifikatsion raqam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |