18.7. Maqsadli tushumlar hisobi.
Maqsadli jamg‘armalar - bu maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari, a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishini o‘zida aks ettiradi. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 8800- “Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar”da olib boriladi.
Maqsadli tushumlarni korxonaning xususiy kapitali sifatida aks ettirish uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak
a) mablag‘larning maqsadli yo‘nalish bo‘yicha ishlatilishi;
b) mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning yo‘qligi;
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
8800- “Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar” ning tarkibida quyidagi turkumlarga ajratib schyotlar ochiladi:
8810 “Grantlar”;
8820 “Subsidiyalar”;
8830 “A’zolik badallari”;
8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari”
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”.
«Maqsadli tushumlar» tushunchasi respublikamizning ayrim qonunlarida va qonun osti hujjatlarida keltirilgan. Chunonchi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonun»da maqsadli tushumlarga ta’rif berilmagan bo‘lsada, biroq ularning korxonalar xususiy atamasi.
Maqsadli tushumlar deganda, umuman olganda ularning nomlanishidan kelib chiqqan holda, korxonalarga o‘zga shaxslardan biron bir maqsad uchun olingan yoki ularning ixtiyotirda qoldirilgan mablag‘lar tushuniladi.
Maqsadli tushumlar korxonalarda biron bir aktiv ko‘rinishida, masalan pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar, to‘lanmagan yoki voz kechilgan kreditorlik qarzlar ko‘rinishida vujudga keladi.
Xalqaro va milliy amaliyotda maqsadli tushumlar turli yelementlarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, bizning respublikamizda amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra maqsadli tushumlar tarkibiga hozirgi paytda grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli mablag‘lar kiritiladi (18.6-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |