O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet156/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Oldindan to‘langan xarajatlar turkumlashda hisobga olinadigan yana bir sohadir. Oldindan to‘langan xarajatlar buyurtma qi-lingan xizmatlarni amalga oshirgunga qadar to‘langan pul mablag‘-laridir: masalan, iyun oyi uchun ijara haqi 31 mayda to‘langan. Qis-qa muddatli oldindan amalga oshirilgan to‘lovlar joriy aktivlar sifatida, uzoq muddatli oldindan amalga oshirilgan to‘lovlar esa uzoq muddatli aktivlar, deb klassifikatsiyalanishi kerak.
Balansning «Kelgusi davr xarajatlari» (190-satr)moddasi bo‘yicha kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (3100) aks ettirilgan, hisobot davrida amalga oshirilgan, lekin u taalluqli bo‘lgan muddat davomida keyingi hisobot davrlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyati xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Bunday xarajatlarga ommaviy axborot vositalari nashriga obuna bo‘yicha xarajatlar, oldindan to‘langan ijara haqi va boshqalar kiradi.
Balansning «Kechiktirilgan xarajatlar» (200-satr) moddasi bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (3200) hisobga olingan vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘ining joriy qismi, diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar va boshqa kechiktirilgan xarajatlar ko‘rsatiladi.
Olinadigan hisobvaraklar - o‘z ichiga shubhali hisobvaraqlarni oladi. Diskontlangan summalar qavs ichida yoki alohida shaklda ko‘rsatilishi kerak.
Joriy aktivlvr tarkibidagi «Debitorlar, jami» (210-satr) moddasida 220, 240, 250, 260, 270, 280, 290, 300, 310-satrlarda ko‘rsatilgan xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xodimlarga berilgan bo‘naklar; budjetga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari; ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi va turli debitorlarning qarzlari summasining umumi sifatida jami debitorlik qarzi ko‘rsatiladi. 211-satrda ma’lumot uchun debitorlik qarzining muddati o‘tkazib yuborilgan qismi ko‘rsatiladi.
Balansning joriy aktivlar tarkibidagi «Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi» (220-satr) moddasida shubhali qarzlar bo‘yicha rezerv chegirilgan holda buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan mahsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzlar ko‘rsatiladi.
Balansning joriy aktivlar tarkibidagi «Ajratilgan bo‘linmalarning qarzi» moddasida (230-satr) hisobi 4110 «Ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan hisoblar»da yuritiladigan ajratilgan bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning joriy qarzi aks ettiriladi. Mazkur modda bo‘yicha axborotlar ma’lumot uchun keltiriladi.
Balansning joriy aktivlar tarkibidagi «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi» (240-satr) moddasida 4120 «Sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan hisoblar»da yuritiladigan sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining joriy qarzlari (ichki idoraviy hisob-kitoblari) aks ettiriladi. Sho‘‘ba va (yoki) qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 oktyabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi»ga (ro‘yxat raqami 580, 1998 yil 28 dekabr) muvofiq bosh jamiyatning moliyaviy hisobotida konsolidatsiyalanishi lozim.
Balansning joriy aktivlar tarkibidagi «Xodimlarga berilgan bo‘naklar» (250-satr) moddasida xodimlarga mehnat haqi bo‘yicha, xizmat safarlariga, umumxo‘jalik xarajatlariga va boshqa kelgusi hisob-kitoblar bo‘yicha berilgan bo‘naklar summasi aks ettiriladi. Xodimlarga berilgan bo‘naklar hisobi xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlarda (4200) yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar tarkibidagi «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» (260-satr) moddasida qonun hujjatlariga muvofiq, muddati bir yildan kam bo‘lgan kelgusi hisob-kitoblar uchun boshqa korxonalarga to‘langan bo‘naklar summasi aks ettiriladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar hisobi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlarda (4300) yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» (270-satr) moddasida budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hamda ortiqcha to‘lovlar aks ettiriladi. Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hisobi 4410 «Budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari(turlari bo‘yicha)» schyotida yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Davlat maqsadli jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» (280-satr) moddasida davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4500) yuritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari va ortiqcha to‘lovlar ko‘rsatiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi» (290-satr) moddasida 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida hisobga olinadigan ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi ko‘rsatiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi» (300-satr) moddasida korxona xodimlarining kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha, xodimlarga berilgan qarzlar (zaymlar) bo‘yicha, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzi va xodimlarning boshqa qarzlari ko‘rsatiladi. Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlari hisobi xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzini hisobga oluvchi hisoblarda (4700) yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Boshqa debitorlik qarzlari» (310-satr) moddasi bo‘yicha hisobi turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi hisoblarida (4800) amalga oshiriladigan turli debitorlarning yuqorida ko‘rsatilgan debitorlar bilan hisob-kitoblar moddalarida aks ettirilmagan qarzlari ko‘rsatiladi, xususan, olinadigan foiz va dividendlar, moliyaviy ijara bo‘yicha joriy to‘lovlar, operativ ijara bo‘yicha to‘lovlar; royalti bo‘yicha olinadigan hisoblar, qarzdorlarligi tan olingan yoki ular bo‘yicha sud yoki boshqa idoraning ularni undirish to‘g‘risida qarori olingan, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga olib borilgan jarimalar, penya va neustoykalar hamda boshqa shaxslarning qarzi aks ettiriladi.
Joriy aktivlar tarkibidagi pul mablag‘lari bankdagi jamg‘armalarga (ochilgan schyotga) yoki boshqa investitsiyalarga yo‘naltirilishi mumkin. Pul mablag‘lari mamuriyatning maqsadidan kelib chiqqan holda, joriy yoki uzoq muddatli investitsiyalar sifatida qaralishi mumkin. Korxona kassasi va joriy hisobida mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan cheklashlar ochib berilishi lozim.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi 320-satrda jami pul mablag‘lari (satr. 330 + 340 + 350 + 360), aks ettirilib, uning tarkibida quyidagilar kiritiladi:
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Kassadagi pul mablag‘lari» (330-satr) moddasida davrining oxirgi sanasiga korxona kassalaridagi, milliy valyuta va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi. Kassadagi pul mablag‘lari hisobi kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarda (5000) amalga oshiriladi.
Balansning «Hisob-kitob hisobidagi pul mablag‘lari» (340-satr) moddasida hisobot davrining oxirgi sanasiga banklardagi hisob-kitob hisoblarida mavjud bo‘lgan, milliy valyutada pul mablag‘lari qoldig‘i aka ettiriladi. Hisob-kitob schyotida milliy valyutadagi pul mablag‘larining hisobi 5110 «Hisob-kitob hisobi» schyotida yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari» (350-satr) moddasida korxonaning banklardagi valyuta hisoblarida mavjud bo‘lgan, hisobot davrining oxirgi sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada baholangan valyuta mablag‘larining qoldig‘i aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining hisobi chet el valyutasidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarda (5200) yuritiladi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlari» (360-satr) moddasida bankdagi maxsus hisoblardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5500), pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600), yo‘ldagi pul mablag‘larini (o‘tkazmalarini)hisobga oluvchi schyotlarida (5700)hisobga olinadigan korxonaning pul mablag‘lari qoldig‘i ko‘rsatiladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling