O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot


Download 5.72 Mb.
bet164/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

20.5. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning maqsadi. Moliyaviy natijalar to‘grisidagi hisobot xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini ko‘rsatadi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usuldan iborat bo‘ladi.


1998 yil 14 avgustda 474 sonli O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1- BHMS moliyaviy natijalar to‘grisidagi hisobotda quyidagi majburiy elementlar bo‘lishi lozim ko‘rsatilgan:
1. Realizatsiyadan tushgan mablag;
2. Operatsiya faoliyatining natijalari;
3. Moliyaviy faoliyat natijalari;
4. Favqulodda foydalar va zararlar;
5. Shu davrdagi sof foyda yoki zarar.
O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartining 3- BHMS “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” (1998 yil 27- avgustda 484-sonli O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan) moliyaviy natijalar to‘grisidagi hisobotda quyidagilarni ochib berish ko‘rsatilgan:
1. Savdo-sotiqdan tushgan sof tushum;
2. Savdo-sotiqning yalpi moliyaviy natijalari;
3. Asosiy faoliyatdan keladigan boshqa operatsion daromadlari va xarajatlari;
4. Asosiy xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalari (foyda yoki zarar);
5. Moliyaviy faoliyatga doir boshqa daromadlar va xarajatlar;
6. Xo‘jalik umumiy faoliyatining moliyaviy natijasi;
7. Favqulodda foyda va zarar;
8. Daromad soligi to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natijalar (foydalar yoki zararlar);
9. Hisobot davridagi sof foyda (zarar).
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 3 - milliy buxgalteriya hisobi standarti «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ga binoan joriy bux-galteriya ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)larni sotishdan sof tushum» (010-satr) moddasida mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum ko‘rsatiladi, bunda soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i) hamda qaytarilgan tovarlar va tayyor mahsulotning qiymati, xaridorning sotish narxlaridan chegirmalari chegiriladi.
010-satr asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldiriladi. Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga (lizingga) berish hisoblangan korxonalar 010-satr bo‘yicha joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summasini aks ettiradilar. Vositachi korxonalar 010-satrda komission haqlar summasini aks ettiradilar.
«Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi» (020-satr) moddasidasotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi schyotlarda (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi summasi ko‘rsatiladi. Savdo korxonalari ushbu satr bo‘yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar.
Hisobotning 010 - qator 90 «Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining tegishli 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” (9010 - 9030) subschyotlaridan olinadi. Bu schyotlarning summasidan 9050 - «Sotilgan to-varlarning qaytarilishi va chegirmalar» schyotining summasi chiqarib tashlanadi.
Hisobot shaklining 020 - qator summasi 9110 - «Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schyotining tegishli subschyotlari 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” (9110 - 9140) dan olinadi.
Hisobot shaklining 030 - qator summasini topish uchun 010 - qator summasidan 020 – qator summasini ayirib tashlash kerak. «Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)» (030-satr) mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi o‘rtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Davr xarajatlari, jami» (040-satr)moddasi bo‘yicha 050, 060, 070-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi.
Davr xarajatlari tarkibidagi «Sotish xarajatlari» (050-satr) moddasida 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida amalga oshiriladigan: mahsulotni sotish xarajatlari, ya’ni mahsulotni iste’molchiga yetkazish, transport vositalariga ortish bilan bog‘liq xarajatlar, marketing bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar va xodimlarning xarajatlari va hokazolar aks ettiriladi. «Sotish bo‘yicha xarajatlar» moddasida (050 qator) sotish bo‘yicha xarajatlar aks ettirilib, ular bosh kitobdan yoki oborotlar vedostidagi 9410 - «Sotish bo‘yicha xarajatlar» schyotidan olinadi.
Davr xarajatlari tarkibidagi «Ma’muriy xarajatlar» (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobi 9420 «Ma’muriy xarajatlar» schyotida yuritiladigan: korxonani boshqarish xarajatlari, boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo‘jalik maqsadidagi xonalarning ijara haqi va boshqa ma’muriy xarajatlar ko‘rsatiladi. «Ma’muriy xarajatlar» moddasi bo‘yicha (060 qator) ma’lumotlar bosh kitobdan yoki oborotlar vedostidagi 9420 - «Ma’muriy xarajatlar» schyotidan olinadi
Davr xarajatlari tarkibidagi «Boshqa operatsion xarajatlar» (070-satr) moddasidahisobi 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»schyotida amalga oshiriladigan: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlariga haq to‘lash xarajatlari, kompensatsiya va rag‘batlantirish xususiyatdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar, bank, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq, zararlar, jarimalar, penyalar va operatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog‘lanmagan va xarajatlarning favqulodda moddalari sifatlariga ega bo‘lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. «Boshqa operatsion xarajatlar» moddasi bo‘yicha (070 qator) ma’lumotlar ma’lumotlar bosh kitobdan yoki oborotlar vedostidagi 9430 - «Boshqa ma’muriy xarajatlar» schyotidan olinadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari» (090-satr) moddasida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarida 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”,9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”, 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”, 9340 “O‘tgan yillar foydalari”, 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”, 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”, 9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”, 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”, 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” (9300) amalga oshiriladigan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda, undirilgan jarima va penyalar, o‘tgan yillar foydasi, operativ ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning daromadlari, tekin (bepul) moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar ko‘rsatiladi.
«Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)» (100-satr) moddasida mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)dan (030-satr) davr xarajatlari summasini (040-satr) ayirish hamda asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar summasini (090-satr) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadigan korxonani asosiy faoliyatining moliyaviy natijalari ko‘rsatiladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shakl ning «Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami» (110-satr) moddasida 120, 130, 140, 150, 160-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi. Mazkur satrdagi moliyaviy faoliyat daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtiruvchi
Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” schyotlardan olinadi . Bular 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”, 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”, 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”, 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”, 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”, 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotlari hisoblanadi.
«Dividendlar shaklidagi daromadlar» (120-satr) moddasida 9520 «Dividendlar ko‘rinishida daromadlar»schyotida yuritiladigan: O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxona egaligida bo‘lgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi.
«Foizlar shaklidagi daromadlar» (130-satr) moddasida 9530 «Foizlar shaklidagi daromadlar»schyotida yuritiladigan, uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishida daromadlar ko‘rsatiladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni moliyaviy ijaraga berish hisoblanmagan tashkilotlar «Moliyaviy ijaradan daromadlar» (140-satr) moddasida 9550 «Moliyaviy ijaradan daromadlar»schyotida yuritiladigan mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olgan daromadlarini aks ettiradilar.
«Valyuta kursi farqidan daromadlar» (150-satr) moddasida 9540 «Valyuta kursi farqidan daromadlar»schyotida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromadlar aks ettiriladi.
«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» (160-satr) moddasida 9510 «Royalti ko‘rinishida daromadlar», 9560 «Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar». 9590 «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyotlarida amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashlarni o‘tkazishdan daromadlar, royalti ko‘rinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar ko‘rsatiladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, jami» (170-satr) moddasida180, 190, 200, 210-satrlar bo‘yicha jami summa aks ettiriladi. Mazkur satrdagi moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtiruvchi “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar” schyotlardan olinadi . Bular 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar”, 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”, 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”, 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” schyotlari hisoblanadi.
«Foizlar shaklidagi xarajatlar» (180-satr) moddasidahisobi 9610 «Foizlar shaklidagi xarajatlar»schyotida amalga oshiriladigan, bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari ko‘rsatiladi.
«Moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlar» (190-satr) moddasidahisobi 9610 «Foizlar shaklidagi xarajatlar»schyotida yuritiladigan moliyaviy ijara bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari aks ettiriladi.
«Valyuta kursi farqidan zararlar» (200-satr) moddasidahisobi 9620 «Valyuta kursi farqidan zararlar» schyotida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo‘yicha va balans tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari aks ettiriladi.
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» (210-satr) moddasidahisobi 9630 «Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari» va 9690 «Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar» schyotlarida amalga oshiriladigan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling