O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «II bo‘lim bo‘yicha jami» (770-satr) moddasi bo‘yicha 490 va 600-satrlar bo‘yicha summa aks ettiriladi
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi (buxgaltyeriya balansiga ilova)
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «II bo‘lim bo‘yicha jami» (770-satr) moddasi bo‘yicha 490 va 600-satrlar bo‘yicha summa aks ettiriladi.
Balans passivining «Balans passivi bo‘yicha jami» (780-satr) moddasida 480 va 770-satrlar bo‘yicha summalar natijasi sifatida olingan passivning jami summasi aks ettiriladi. Balans passivining «Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma» 790-940-satrlarda korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtincha uning foydalanishida yoki tasarrufida bo‘lgan qiymatliklar (operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, mas’ul saqlashdagi, qayta ishlanayotgan va hokazo moddiy qiymatliklar), shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi, shuningdek korxonaning balansdan tashqari hisoblarida hisobga olinadigan ayrim xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish uchun axborot ko‘rsatiladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi (buxgaltyeriya balansiga ilova) Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasida tashkilotning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining hisobot davrining oxirgi sanasidagi holati aks ettiriladi. Ushbu rasshifrovka buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tashkilotning muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lsagina to‘ldiriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2-ustun - «Muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lgan debitor va kreditorlar ro‘yxati»da - debitor (kreditor)dan yuqori turadigan vazirliklar (idoralar) kesimidagi debitorlar va kreditorlar ro‘yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka (idoraga) ega bo‘lmasa, debitor (kreditor) bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomini ko‘rsatish lozim. O‘zbekiston Respublikasining tashqarisidagi muddati o‘tgan qarzlar bo‘yicha debitor (kreditor) nomi (to‘liq yoki umumqabul qilingan qisqartirishlar bilan) qavslarda mamlakatning nomi ko‘rsatiladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2-ustunda 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo‘yicha majburiy tartibda muddati o‘tgan qarzdorlikka ega bo‘lgan debitor (kreditor)ning nomini ko‘rsatish lozim. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 3-ustunda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarida qoplanmagan, muddati o‘tgan qarzdorlikning umumiy summasi ko‘rsatiladi, xususan: a) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 1-satr bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3-ustunning 2 va 3-satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak; b) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 4-satr bo‘yicha muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi, u 3-ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo‘lishi kerak. Muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 211-satri summasiga muvofiq kelishi lozim. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 602-satri summasiga muvofiq kelishi lozim. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 3-ustunda 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo‘yicha 1-satrda aks ettirilgan muddati o‘tgan debitorlik qarzi umumiy summasining quyidagi tartibdagi rasshifrovkasi keltiriladi: a) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2-satr bo‘yicha respublika hududidagi muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; b) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2.1-satr bo‘yicha respublika hududidagi debitorlarning nomlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi; v) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2.2-satr bo‘yicha ichki idoraviy muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi keltiriladi; g) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 2.2.1-satr bo‘yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo‘yicha ichki idoraviy muddati o‘tgan qarz summasi ko‘rsatiladi; d) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 3-satr bo‘yicha respublika tashqarisidagi muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi ko‘rsatiladi; e) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 3.1-satr bo‘yicha respublika tashqarisidagi debitorlar nomlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 4, 5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar muddati o‘tgan debitorlik qarziga o‘xshash holda, ushbu Qoidalarning 96-3 va 96-4-bandlariga muvofiq to‘ldiriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining Tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzlar bo‘yicha: a) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 4-ustunda tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yuzaga kelgan umumiy muddati o‘tgan qarz ko‘rsatiladi, xususan: muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 1-satr bo‘yicha — muddati o‘tgan debitorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 6, 7, 8-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 4-satr bo‘yicha - muddati o‘tgan kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 7, 8-ustunlarda ko‘rsatilgan summaga teng bo‘lishi kerak; b) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 5-ustunda tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra oldindan haq to‘lamasdan yuklab jo‘natilgan (olingan) mahsulot (ish, xizmat) bo‘yicha umumiy muddati o‘tgan debitorlik (kreditorlik) qarzi ko‘rsatiladi; v) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 6-ustunda davlat zaxiralari va jamg‘armalaridan xom ashyo hamda materiallarni yuklab jo‘natish nazarda tutilgan o‘tkazilgan bo‘nak to‘lovlarining summasi ko‘rsatiladi. 6-ustunda aks ettiriladigan ma’lumot faqat muddati o‘tgan debitorlik qarzi qismida to‘ldiriladi; g) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 7-ustunda tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga ko‘ra qarzni qoplash muddati belgilangan muddatdan o‘tgan kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi; d) muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining 8-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq, taqdim etilgan da’volar bo‘yicha sudda ko‘rib chiqish jarayoni borayotgan muddati o‘tgan qarz summasi ko‘rsatiladi. Xuddi shu yerda kreditordan ushbu qarzni undirish to‘g‘risida xo‘jalik sudi qarorlari chiqarilgan muddati o‘tgan qarz ham aks ettiriladi. muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari shaklining Zarurat tug‘ilgan hollarda tashkilotlarga «Tashkilotga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarzlar» bo‘limida qo‘shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan debitorlar va kreditorlar miqdoriga bog‘liq. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Moliyaviy hisobotda joriy aktiv va joriy majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro hisobni o‘tkazish mumkin emas. O‘zaro hisob - bu aktivlardan majburiyatlarni ayirish jarayonidir. U korxonaning amaldagi aniqroq joriy koeffitsentini cheklab o‘tib, yaxshirog‘ini ko‘rsatish imkonini beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag‘lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Buxgalteriya balansi hisobot davrining birinchi kuniga tuzi-ladi. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda xo‘jalik mablag‘lari tarkibi va hajmi sodir bo‘layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o‘zgarib turadi. Yillik hisobot tartibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro operatsiyalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga reyting mazmuni ichki va tashqi foydalanuvchilar va undan foydalanish imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qizuquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarning hajmi, bank ssudalari bo‘yicha qarz-lari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur. Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik fao-liyatini tahlil etish, xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish rezervlarini qidirib topishi, korxona tasarrufida qoladigan sof foyda hisobidan to‘lanadigan jarimalar, penyalar sabablarini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi. Yillik hisobotga tushuntirish xati, korxona rahbarining fao-liyatining yo‘nalishi to‘g‘risidagi ma’ruzasi ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy tahliliy hujjatlaridan biri bo‘lib hisob-lanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reja bajarilishiga ta’-sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: miqdori, assorti-menti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pa-saytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy – konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabi-lar. Tushuntirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Quyida hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan balans shaklini kelti-ramiz. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga 1-sonli ilovasida keltirilgan ba-lansning shakli mazkur qo‘llanmaning ilova qismida keltirilgan. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar tuzishning asosiy maq-sadi bosh va sho‘‘ba kompaniyalar faoliyatini yagona xo‘jalik tashki-lotidek qilib ko‘rsatishdir. Konsolidallashgan hisoblar tuzish va ham sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qo‘yilgan ivestitsiyalar hisobi 8-BHMS bilan tartibga solinadi. Konsolidallashgan balansda bosh va barcha sho‘‘ba korxonalarning moddiy zaxiralari birga qo‘shib ko‘rsatiladi. Konsolidallashgan balansni tayyorlashda bosh va sho‘‘ba kompaniyalarning hisobotlari-dan tegishli moddalar birlashtiriladi. Bosh va sho‘‘ba kompaniyalar orasida sodir bo‘lgan muomalalar natijasi saldolanadi. Masalan, bir kompaniya ikkinchi kompaniyadan bo‘lgan qarzini qaytarilishi yoki ular orasidagi oldi - sotdi muomalalari. Hisobot tuzishda bosh korxona bilan sho‘‘ba korxona orasidagi bunday muo-malalar schyotlarning umumiy yig‘indisi aks ettirilmaydi, chunki oldi - sotdi muomalalari, qarzni to‘lash va uni olish kompaniya ichidagi pul mablag‘larini ko‘paytirib yuboradi. Ikkilamchi hisoblashda yo‘qotish maqsadida bir qancha muoma-lalar bo‘yicha bartaraf qilish, yoki tuzatish usulidan foydalaniladi. Tuzatish usulida faqat hisobotni tayyorlash jarayonida foydala-niladi va bosh ham sho‘‘ba firmalarining buxgalteriya registrlarida aks ettirilmaydi. Hech qanday konsolidallashgan hisob registri yuritilmaydi. Guruhlar ichidagi saldo va muomalalar to‘liq bartaraf qili-nishi kerak. Basharti konsolidallashda foydalanilayotgan moliyaviy hiso-botlar turli hisobot sanasiga tuzilgan bo‘lsa, bosh korxona tuzgan moliyaviy hisobot sanasi bilan sho‘‘ba korxonalar tomonidan tuzil-gan hisobot sanasi orasida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari nati-jalariga tuzatish kiritish zarur. Lekin barcha hollarda ham moliya-viy hisobotlar tuzilgan sanalari orasidagi muddatning farqi uch oydan oshmasligi kerak. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlarni yagona hisob siyosatidan foydalanib tuzilishi kerak. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling