O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet165/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Moliyaviy hisobot 2-shaklining «Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)» (220-satr) moddasida asosiy faoliyatning foydasi (zarari) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatning daromadlari summasini (110-satr) qo‘shish va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yo‘li bilan aniqlanadigan korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natijalari aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobot 2-shaklining «Favquloddagi foyda va zararlar» (230-satr) moddasida«Daromadlar (foyda)» ustuni 9710 «Favquloddagi foydalar»hisobining ma’lumotlari, «Xarajatlar (zararlar)» ustuni esa 9720 «Favquloddagi zararlar»schyotining ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirilib, favqulodda voqealar natijalari ko‘rsatiladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar)» (240-satr) moddasida +/- belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo‘shish natijalari aks ettiriladi.
«Foyda solig‘i» (250-satr) moddasida 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» schyotida hisobga olingan hisobot davri boshidan hisoblangan foyda solig‘i summasi ko‘rsatiladi.
«Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar» (260-satr) moddasida qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot foydasi hisobidan to‘lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yil boshidan hisoblangan summasi aks ettiriladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan korxonalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 260-satr bo‘yicha hisoblangan yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq summasini aks ettiradilar.
«Hisobot davrining sof foyda (zarari)» moddasi bo‘yicha (270 qator) ma’lumotlar 240 qator summasidan 250 va 260 qatorlar summalarini ayirish yo‘li bilan topiladi. “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklning «Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» (270-satr) moddasida 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” 2-sonli shaklga «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotnoma»da (280-470-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarni hisoblangan va to‘lanadigan soliqlar va to‘lovlar turlari bo‘yicha aks ettiriladi. Mazkur ma’lumotnomaning 480-satrida korxonalar tomonidan hisobot davri uchun budjetga soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarning hisoblangan va to‘langan jami summasi ko‘rsatiladi. Agarda korxonalarda hisobot davri uchun hisob-kitoblar bo‘yicha qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha manfiy farq mavjud bo‘lsa, «Hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha to‘lanadi» ustuni bo‘yicha 310-satrda ushbu manfiy farq summasi «minus» belgi bilan ko‘rsatiladi.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling