O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartining
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Opyerasiya faoliyati.
O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartining 3- BHMS “Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot” (1998 yil 4- noyabrda 519-sonli O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan) Pul oqimlari to‘grisidagi ma’lumotlarni ochib beradi.
Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsiya faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablagiga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablagining sof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‘grisidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘griligini tekshirish chogida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chogida zarur bo‘ladi Pul oqimlari - pul mablaglari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat. Pul oqimlari to‘grisidagi hisobot - hisobot davrida pul mablagi oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi. Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati. Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotish. Moliya faoliyat - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablagi va qarz mablaglari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi. Opyerasiya faoliyati. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning operatsiya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshiradigan operatsiya faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati ssudalarni to‘lash, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Operatsiya faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘grisidagi axborotdan operatsiya faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi. Operatsiya faoliyatidan pul oqimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Operatsiya faoliyatidan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi: 1. Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul; 2. Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablaglari tushumi; 3. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari; 4. Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar; 5. Sugurta kompaniyasining sugurta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari; 6. Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa; 7. Savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari; 8. Boshqalar. Operatsion faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari hajmi kor-xona faoliyati samarasining hal etuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib hisob-lanadi. Chunki u tashqi moliyalash manbalarisiz qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash, dividendlar to‘lash va yangi kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Operatsion faoliyatidan bo‘lgan pul mablag‘lari harakati birin-chi navbatda, daromad olish bo‘yicha asosiy faoliyat natijasi bo‘lib hisoblanadi. Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablag‘larining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag‘larining qoldiqlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi. Operatsion faoliyat bo‘ymcha sof pul kirimi/chiqimi pul oqimlari to‘g‘risida hisobot 4-sonli shaklning 010, 020, 030, 040-(satrlar) moddasida pul mablag‘lari harakati aks ettiriladi. «Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari» (010-satr) moddasida hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar uchun korxonaning bankdagi hisoblariga va kassasiga kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi . Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling