Muddati uzaytirilgan majburiyatlar. Ayrim kompaniyalar «Muddati uzaytirilgan majburiyatlar» moddasini uzoq muddatli majburiyatlar va xususiy kapital orasiga kiritishlari mumkin. Muddati uzaytirilgan majburiyatlar tasniflanishi qiyin bo‘lgan kredit qoldiqli uzoq muddatli moddalarning balans tasnifi hisoblanadi. Muddati uzaytirilgan majburiyatlarga kiritilgan namunali moddalar - bu uzoq muddatli uzaytirilgan soliqlar, kechiktirilgan daromadlar (uzoq davrda yig‘ilgan daromadlar) va kapital qo‘yilmalarning muddati uzaytirilgan soliq chegirmalaridir.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» (530-satr) ) moddasida 7210 «Diskont (chegirma) ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar», 7220 «Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan muddatli daromadlar», 7230 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» hisoblarida amalga oshiriladigan korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» (540-satr) ) moddasida 7240 «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotida amalga oshiriladigan tashkilotlarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» (550-satr) ) moddasida 7250 «Vaqtinchalik farq bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar», 7290 «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» hisoblarida yuritiladigan, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi ko‘rsatiladi.
Balans passivining “Majburiyatlar” bo‘limidagi «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» (560-satr) ) moddasida 7310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyotida hisobga olingan, kelgusi hisob-kitoblar bo‘yicha bo‘naklar ko‘rinishida boshqa tashkilotlardan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |