O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital.
Qisqa muddatli investitsiyalar - ko‘p hollarda o‘z ichiga davlat xazinasidagi qimmatbaho qog‘ozlarni, pul bozori jamg‘armalarini va tijorat qog‘ozlarini oladi. Qisqa muddatli investitsiyalar pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlari deb tushunilishi mumkin va ular sotib olish qiymati va joriy bozor qiymatidan eng past qiymati bo‘yicha baholanadi.
Balansning joriy aktivlar bo‘limidagi «Qisqa muddatli investitsiyalar» (370-satr) moddasida qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarida (5800) amalga oshiriladigan korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga, davlat obligatsiyalari va mahalliy qarz (zayom) hamda shu singarilarga qisqa muddatli (12 oydan oshmaydigan muddatga) investitsiyalar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqa joriy investitsiyalar aks ettiriladi. Balansning joriy aktivlardagi «Boshqa joriy aktivlar» (380-satr)moddasida 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar» va 5920 «Boshqa joriy aktivlar» schyotlarida yuritiladigan mazkur hisobot davrida inventarizatsiyada aniqlangan va ular bo‘yicha aybdor shaxslar buzilishidan kamomadlar, o‘g‘irliklar va qiymatliklarni shikastlashdan yo‘qotishlar summasi hamda yuqorida keltirilgan bo‘lim moddalarida nazarda tutilmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlar aks ettiriladi. Balansning «II bo‘lim bo‘yicha jami» (390-satr)moddasi bo‘yicha 140, 190, 200, 210, 320, 370, 380-satrlar bo‘yicha joriy aktivlarning jami summa aks ettiriladi. Balansning 400-(satr)moddasida «Balans aktivi bo‘yicha jami» bo‘yicha 130 satr (satr. 012 + 022 + 030 + 090 + 100 + 110 + 120) ning jami hamda 390- satr (satr. 140 + 190 + 200 + 210 + 320 + 370 + 380)ning jamini qo‘shish yo‘li bilan olingan aktivlarning jami summasi aks ettiriladi 130-satr + 390-satr). Xususiy kapital Xususiy kapital. Xususiy kapital ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan iborat bo‘ladi. Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholashga bog‘liqdir. Zarur hollarda ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali analitik kesimda hisobga olinishi mumkin. Xususiy kapital - bu firmadagi mulkdorlarning egalik qilish ulushidir. U qoldiq ulush hisoblanadi, chunki u o‘zida firmaning aktivlaridan majburiyatlar chegirilgandan keyin qolgan summani aks ettiradi. Xususiy kapital o‘z ichiga qo‘yilgan kapital va taqsimlanmagan foydani oladi. Qonunchilik talablariga muvofiq, manbalarni aniqroq aks ettirish uchun xususiy kapital quyi bo‘limlarga ega bo‘ladi. Korporatsiyalar uchun ko‘pincha quyidagi manbalar xarakterlidir: aksiyadorlik kapitali; qo‘shimcha kiritilgan kapital; boshqa kiritilgan kapital; taqsimlanmagan foyda. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling