O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet17/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

15.1-jadval
Asosiy vosita ob’ektlariga amortizatsiya hisoblash me’yorlari

Guruhlar
tartib
raqami

Kichik
guruhlar
tartib
raqami

Asosiy vositalarning nomi

Amortizatsiya
ning yillik eng yuqori normasi,
foizlarda

I




Binolar, imoratlar va inshootlar







1

Binolar, imoratlar

3




2

Neft va gaz quduqlari

5




3

Neft-gaz omborlari




4

Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari




5

Ko‘priklar




6

Dambalar, to‘g‘onlar




7

Daryo va dengiz prichal inshootlari




8

Korxonalarning temir yo‘llari




9

Qirg‘oqnimustahkamlovchi,
qirg‘oqni himoyalovchi inshootlar




10

Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sig‘imlar




11

Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo sug‘orish tarmog‘i




12

Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i




13

Havo kemalarining uchish-qo‘nish yo‘llari, yo‘lkalari, to‘xtash joylari




14

Istirohat bog‘larining va hayvonot bog‘larining inshootlari




15

Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari




16

Issiqxonalar va parniklar




17

Boshqa inshootlar

II




Uzatish qurilmalari







1

Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari

8




2

Ichki gaz quvurlari va quvurlar




3

Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari




4

Magistral quvurlari




5

Boshqalar

III




Kuch mashinalari va asbob-uskunalar







1

Issiqlik texnik asbob-uskunalari

8




2

Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari




3

Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar




4

Kompleks qurilmalar




5

Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)

IV




Faoliyat turlari bo‘yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)







1

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar

15




2

Qishloq xo‘jaligi traktorlari, mashinalari va asbob-uskunalari




3

Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa o‘lchov texnikasi




4

Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari




5

Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining o‘xshash asbob-uskunalari




6

Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari




7

Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari




8

Nasoslar




9

Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karer hamda yo‘l-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar




10

Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari




11

Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sig‘imlar




12

Neft qazib chiqarish va burg‘ulash uskunalari




13

Boshqa mashinalar va uskunalar

V




Harakatlanuvchi transport







1

Temir yo‘lning harakatdagi tarkibi

4




2

Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari




3

Havo transporti




4

Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti

20




5

Yengil avtomobillar




6

Sanoat traktorlari




7

Kommunal transport




8

Maxsus vaxta vagonlari




9

Boshqa transport vositalari

VI




Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari







1

Kompyuterlar

20




2

Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari




3

Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi




4

Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarga ishlov berish uskunalari

VII




Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar

15

Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda asosiy vositani foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni ko‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi:


To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi ko‘tilayotganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffitsiyentining maxraji bo‘lgan ob’ektning xizmat muddati yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsiyentning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
To‘g‘ri chizikdi usulda amortizatsiya hisoblash. To‘g‘ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:
Iillik amortizatsiya summasi (dastlabki qiymati—tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati.
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud;

  • Asosiy vositaning balans qiymati- 900000 ming so‘m;

  • Tugatilish qiymati- 20000 ming so‘m;

  • Xizmat muddati — 5 yil.

Yillik amortizatsiya summasi = (900000-20000)/5 = 176 000 ming so‘m.
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblashda uning summasi foydalanish muddati davomida bir xil bo‘ladi, jamg‘arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha bir tekisda kamayib boradi.
15.2-jadval
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali

Yillar

Balans qiymati

Iillik amortiza-tsiya summasi

Jamg‘arilgan amortizatsiya

Qoldiq qiymati

1-yil

900000

176 000

176 000

724000

2-yil

900000

176 000

352000

548000

3-yil

900000

176 000

528000

372000

4-yil

900000

176 000

704000

196000

5-yil

900000

176 000

880 000

20000

Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarishni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda shu davr mobaynida 17780000 dona mahsulot ishlab chiqariladi. 1-yilda - 3780000, 2-yilda -4500000, 3-yilda - 3800000, 4-yilda - 3300000, 5-yilda - 2400000 dona mahsulot ishlab chiqarildi. Mahsulot birligiga ketgan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:
(900000-20000)/ 17780000=0,049 har bir mahsulot uchun

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling